Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Loyiha – qoʻyilgan muammoni hal qilish rejasidir. Dasturiy vositani loyihalash



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Loyiha
– qoʻyilgan muammoni hal qilish rejasidir.
Dasturiy vositani loyihalash
- bu amaliy xarakterga ega boʻlgan masalani 


177 
hal qilish yoʻlida uning tashkil etuvchilari va ular oʻrtasidagi mantiqiy 
bog‘lanishlar zanjirini dastur ishlab chiqish uchun qulay koʻrinishda ifodalash 
demakdir.
Dasturiy vosita ishlab chiqish uchun loyihalarni individual hamda andozali 
usullardan birida qurish mumkin. Individual loyihalar odatda boshqalariga 
oʻxshamagan va alohida yondosuv talab qiladigan masalalar uchun ishlab 
chiqiladi. Andozali loyihalar esa tayyor loyihalarni tahrirlash asosida quriladi.
Andozali loyihalar nusxalanuvchan (koʻp marta foydalanishga yaroqli) 
hisoblanadi va quyidagi sinflarni oʻz ichiga oladi:

elementli – masala yoki uning axborot, dasturiy, texnik, matematik 
tashkiliy ta’minotidagi mavjud andozalar asosida quriladi;

osttizimli – andoza elementlari sifatida funksional toʻlaqonlikni 
ta’minlovchi va axborot tashuvchilar bilan eng kam bog‘lanishlarga ega boʻlgan 
alohida osttizimlar asosida ishlab chiqiladi; 

obyektli – tashkil etuvchilariga xos xususiyatlar va ular ustida bajarish 
mumkin boʻlgan amallarni oʻzaro bog‘lovchi koʻrsatmalar negizida hosil qilinadi; 

modulli - masala tashkil etuvchilarining toʻliq funksionalligini 
ta’minlovchi modullar va ularni oʻzaro bog‘lovchi vositalar yordamida yaratiladi. 
Har bir andozali loyiha xususiy funksional elementlar bilan birga ularning 
batasfsil tavsiflovchi hujjatlar hamda dasturga qoʻyiladigan talablarga mos 
ravishda sozlash vositalariga ega boʻlishi lozim. 
Masalalarni tashkil etuvchilarga ajratish mezonlariga koʻra dasturiy 
vositalarni loyihalash jarayoniga yondoshuvlar ikki xil boʻladi:
1. funksional-modulli; 
2. obyektga asoslangan. 
Funksional-modulli yondoshuvda har biri umumiy jarayonning alohida 
ostmasalasini hal qilishga qaratilgan modullarga ajratiladi. Soʻngra, bu modullar
funksionallik nuqtai-nazaridan bir-biriga bog‘lanadi. Bu usulning afzalligi 
shundaki, loyihalash jarayonida uchrashi mumkin boʻlgan muammolar joriy yoki 
navbatdagi bosqichlarda hal qilinadi. 


178 
Obyektga asoslangan yondoshuvda loyiha tayyor obyektlar va ular 
oʻrtasidagi bog‘lanishlar nazarda tutiladi.
Ta’limda loyiha usulidan foydalanish talabalarga qoʻyilgan ta’limiy yoki 
amaliy muammoni bosqichma-bosqich hal qilish orqali kutilgan yechimga erishish 
rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirishni oʻrgatish nazarda tutadi. Bu 
usulning eng muhim xususiyati talabalar tomonidan bilimlarning mustaqil 
egallanishi bilan belgilanadi. Bunday vaziyatda oʻqituvchi boshqaruvchi va 
maslahatchi vazifasini oʻtaydi.
Loyihaviy texnologiyalar loyiha usulini amalda qoʻllash uchun zarur boʻlgan 
barcha vosita va uslubiyotlarni oʻz ichiga oladi.
Loyihalar usuli XX asrning boshlarida Amerikalik faylasuf-pedagog Djon 
Dyui (1859-1952) va uning shogirdi U. X. Killpatriklar tomonidan taklif etilgan 
boʻlib, unda ta’lim jarayonini oʻquvchining hayotdan olingan bilimlarga qiziqishi 
va uni egallash maqsadida faol intilishi asosida tashkil qilish gʻoyasi ilgari suriladi. 
Mazkur olimlar maxsus tashkil qilinadigan tajribalar oʻtkazish orqali olingan 
bilimlarni haqiqiy ta’lim deb hisoblashadi [III.59].
Dj. Dyuining fikriga koʻra, “Bajarish orqali oʻqitish – bu oʻquvchilarning 
muammolarni mustaqil hal qilishga qaratilgan faoliyatini tashkil qilish demakdir. 
Loyiha usuli ana shunday usullardan biri boʻlib qolishi kerak”. Bu g‘oyalar aynan 
predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini oʻqitishda oʻz aksini topadi.
Talabalar taklif qilinayotgan bilimlarni faol oʻzlashtirishi uchun ularni 
haqiqatdan ham oʻziga kelgusi faoliyatida foydali boʻlishini his qilishi lozim. 
Buning uchun talabalar oldiga kasbiy ahamiyatga ega boʻlgan muammolarni 
qoʻyish kerak boʻladi. Bunday muammolarni hal qilish jarayonida talabalar 
natijalarni koʻrish, anglash, amalda qoʻllash, tajriba oʻtkazish kabi 
kompetensiyalarni egallaydilar. Ular ta’lim olish jarayonida ”Bilishim kerak 
boʻlgan barcha bilimlar menga albatta kerak boʻlishini hamda ulardan qayerda va 
qanday foydalanishni bilaman” [III.50] shiori ostida harakat qiladilar.
Yakka, juft yoki guruhlar shaklida qoʻllanishi mumkin boʻlgan zamonaviy 
loyihaviy texnologiyalar asosida talabalar quyidagi koʻnikmalarni egallaydilar:


179 

mavjud axborot fazosidan oʻzi uchun foydali ma’lumotlarni saralash va 
foydalanish;

ma’lumotlarni mustaqil ishlash; 

ma’lumotlarga nisbatan tanqidiy fikrlash; 

muammolarni hal qilishda bir nechta soha boʻyicha bilimlarni 
integratsiya qilish; 

bilimlarni amalda qoʻllash. 
Odatda, loyihalar usuli mashgʻulotlarda hayotdan olingan koʻp qirrali 
konkret muammolarni hal qilishda qoʻllanadi. Bunday muammolar amaliy 
xarakterda boʻlib, fan va texnikaga xos boʻlgan turli bilim, texnologiya hamda 
ijodiy sohalar boʻyicha koʻnikma va malakalarni birgalikda qoʻllashni nazarda 
tutadi. Ishlab chiqilgan loyiha yuzasidan olingan natijalar (yoki qabul qilingan 
qarorlar) amalda qoʻllash uchun yaroqli boʻladi. Aynan ana shu jihatiga koʻra, 
loyihaviy texnologiyalarni Oliy oʻquv yurtlarida talabalarga dasturlash tillarini 
oʻqitishda foydalanish yaxshi samara beradi, deb hisoblanadi.
Ochiq manbalarning tahlili bir qator olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari 
zamomaviy 
ta’lim 
tizimida 
loyihaviy 
texnologiyalardan 
foydalanish 
muammolariga bagʻishlanganligini koʻrsatmoqda. Bu oʻrinda Lipes-Pimental 
[III.99], B.Lenz [III.96], I.S.Islambekova [III.25] va boshqa olimlarning ilmiy-
tadqiqotlarini tilga olish mumkin. Xususan, Rossiyalik I. B. Nevzorova oʻz ilmiy-
tadqiqot ishlarini kollejlarda boʻlajak dasturchilarni loyihaviy faoliyatga tayyorlash 
muammolarini oʻrganishga bagʻishlagan [III.41]. Biroq, ochiq manbalarda 
hozircha dasturlash tillarini, ayniqsa, predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillarini 
oʻqitishda loyihaviy texnologiyalaridan foydalanish uslubiyotiga bagʻishlangan 
tugallangan ishlar mavjud emas.
Raqamlashgan jamiyatda inson ishtiroki ulushini munimallashtirilgan holda, 
asosiy amaliyot “aqlli” texnologiyalar zimmasiga yuklanadi. Bu masalani hal qilish 
uchun kishilarning shaxsiy, kasbiy va boshqa turdagi faoliyatlarida uchraydigan 
masalalar uchun algoritmlar quriladi va ular asosida dasturiy vositalar ishlab 
chiqiladi. Algoritm va loyihalarni “reja” ma’nosida talqin qilish mumkin boʻlgani 


180 
uchun, ularni mohiyati jihatdan bir xil tushuncha deb qarasa boʻladi. Chunki, 
algoritm ham, loyiha ham dastur ishlab chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Odatda, algoritm buyruqlarini turli shakllarda (formula, matn, blok-sxema) 
ifodalash mumkin. Bu usulda algoritmning buyruqlari soni unchalik koʻp 
boʻlmaganda (masalan, 20-30 ta) yaxshi natija beradi. Amallar sonining ortishi 
algoritm hajmini kattalashib ketishi hamda koʻrgazmalilikning yoʻqolishiga sabab 
boʻladi. Oqibatda, algoritmlarni oʻqish, tushunish, tahlil va tahrir qilishda 
murakkabliklar yuzaga keladi. Bu holat dasturchilar uchun bir qator noqulayliklar 
tugʻdiradi. Katta dasturiy tizimlar uchun loyiha usulidan foydalanish bunday 
muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Loyihalarni ham algoritmlar kabi ifodalash mumkin, ammo ularni graf yoki 
UML-diagrammalar shaklida qurish koʻrgazmalilikni oshiradi, foydalanish uchun 
qulaylashtiradi, oʻqish, tushunish, tahrirlash va tahlil qilish jarayonini 
soddalashtiradi.
Ma’lumki, yangi dasturiy vositalarni ishlab chiqish toʻrtta bosqichdan iborat 
boʻladi: 
1. masalani loyihaoldi oʻrganish;
2. loyiha qurish; 
3. dastur ishlab chiqish; 
4. amaliyotga tatbiq etish. 
Loyihaoldi oʻrganish jarayonida qoʻyilgan masala doirasida berilgan barcha 
talablar aniqlanadi va ularni bajarish yuzasidan g‘oyalar ilgari suriladi. Soʻngra, 
loyiha qurishga kirishiladi. Ishlab chiqilgan loyihalar quyidagi xususiyatlarga ega 
boʻlishi lozim: 

dastur ishlab chiqish uchun yaroqli va qulay boʻlishi; 

ihtiyoriy boshlang‘ich ma’lumotlar uchun qoʻyilgan masalaning kutilgan 
toʻg‘ri yechimini kafolatlashi; 

mumkin boʻlgan variantlar ichida eng maqbul ekanligi; 

yangi masalalar uchun moslashuvchanligi; 

uzilishlarning boʻlmasligi;


181 

amalda foydalanishning soddaligi.
Mashg‘ulotlarda talabalardan amaliy xarakterdagi masalalar uchun dastur 
ishlab chiqish talab qilinadi. Bunda talaba mustaqil ishlaydi va dastlab, qoʻyilgan 
muammo uchun loyiha (reja) quradi, soʻngra ana shu loyiha asosida dastur ishlab 
chiqadi. Natijada talabada turli shakl va mazmundagi masalalar uchun loyiha 
ishlab chiqish koʻnikma va malakalari rivojlanadi. Loyiha ishlab chiqish 
jarayonida talaba

shaxsiy tajribalariga suyanadi; 

tegishli soha bilimlarini integratsiya qiladi; 

muammoni hal qilishning eng maqbul usullarini izlaydi va amalda 
qoʻllaydi. 
Predmetga yoʻnaltirilgan dasturlash tillarini loyiha texnologiyalari asosida 
oʻqitishga qaratilgan ta’lim va tarbiya tizimi talaba hayotini uzluksiz qayta 
qurishga yordam beradi va uni yuqori darajalarga koʻtaradi, ta’lim muassasi esa 
talabalarni zamonaviy jamiyatda roʻy berayotgan dinamik oʻzgarishlarga hamda 
notanish muammolarni raqamlashgan texnologiyalar asosida hal qilishga 
tayyorlaydi.
Mashg‘ulotlarda loyiha texnologiyalaridan foydalanish jarayonida talabalar 
ta’limiy maqsadlarga boʻyicha raqamlashgan jamiyatda muhim hisoblanadigan bir 
qator shaxsiy fazilatlarni egallaydilar (3.6.1-jadvalga qarang).

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin