155
avtomatlashtirish, interfaol usulda oʻqituvchilar bilan savol-javob qilish, on-layn
oʻtkazilgan mashgʻulot
samaralarini tahlil qilish, yangilari uchun mavzu va
materiallarni tanlash, har bir talabaning
individual xususiyat,
imkoniyat va
ehtiyojlarini hisobga oladigan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish.
c) talabalarga yordam berish
-
dasturlashgan ta’limiy ilovalar yordamida
talabalarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish. Dasturlashgan ta’limiy
ilovalar talabalarning individual xususiyat, imkoniyat, ehtiyoji hamda bilimlarni
egallash tezliklariga moʻljallanganligi ta’lim jarayoni samarasini oshirishga imkon
beradi,
bilimini mustahkamlaydi, koʻnikma va malakalarini rivojlantirishga yoʻl
ochadi.
d) oʻrganishga boʻlgan ragʻbatni oshirish -
mashgʻulotlarni tashkil etish
shakli, usuli va mazmunini boyitish hamda samaradorlik darajasini orttirish.
SIATT da ta’ilimy oʻyin elementlaridan foydalanish ta’lim oʻquv
jarayonini
yanada faol, interfaol va qiziqarli boʻlishini ta’minlaydi.
IV. Ta’limda 5G texnologiyalaridan foydalanish.
Bugungi kunda mobil
aloqa vositalaridan ta’limda keng foydalanilayotganligi hech kimga sir emas. 5G
simsiz texnologiyalari har bir foydalanuvchiga internet resurslari (shu jumladan,
ta’limiy) billan ishlash uchun tutilib qolish ehtimolliklarini
pasaytiradi hamda
yuqori aloqa tezligini ta’minlaydi. 5G standarti barcha ilovalar, xizmatlar, obyekt
va qurilmalarni ishonchli va xavfsiz simsiz tarmoqlarga "hamma narsa mobil"
gʻoyasi ostida katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash, bulutli hisoblash, SIATT
va boshqa innovatsion texnologiyalarni birlashtirishga imkon beradi. 2023
yilga
kelib, ta’lim sanoati bozorining raqamli qismini 240 milliard dollarga yetishi
bashorat qilinmoqda va bu jarayon toʻgʻridan-toʻgʻri 5G texnologiyalari bilan
bogʻlanmoqda.
Ochiq manbalarda ta’lim jarayonida mobil ta’lim
texnologiyalaridan
foydalanish uslubiyotiga doir ilmiy tadqiqot ishlari A.A. Kapina [III.27], Esmat
Mirzamaniy [III.100], V.A. Kuklev [III.34] va boshqa olimlar tomonidan
oʻrganilayotganligi haqida xabar qilinmoqda.
Oliy taʼlimda 5G texnologiyalaridan quyidagi
sohalarda foydalanish
156
mumkin:
1. umumiy boshqaruv uchun marketing texnologiyalari;
2. ehtiyojga koʻra ishga tushadigan SIATT;
3. immersiv (talabalarga bir vaqtning oʻzida bir nechta sezgi organlari orqali
ta’sir koʻrsatish) oʻrganish uchun kengaytirilgan olam;
4. aqlli oʻquv binolari uchun koʻproq Internet vositalari;
5. talabalar auditoriyasini kengaytirish uchun onlayn dasturlar.
Dostları ilə paylaş: