154
texnologiyalaridan biri sifatida tan olinadi. Hoʻjalik
yuritishning barcha
sohalaridagi kabi ta’lim jarayoniga ham aqlli (smart) texnologiyalarning kirib
kelishi uning samarasini oshirishga xizmat qiladi. Kelajagi porloq hisoblangan bu
texnologiya sohasida Oʻzbekistonda ham katta ishlar olib borilmoqda [I.5].
Sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim tizimida qoʻllash bilan bogʻliq
muammolar bir qator pedagog olimlar (jumladan, Rossiyalik N.P.Strujkin [III.58],
I.P. Xvostova [III.66], Amerikalik Y. Liu va Lein Ren [III.98] va boshqalar)
tomonidan keng oʻrganilmoqda.
“Mutaxassislarning bashoratlariga koʻra, yaqin kelajakda sun’iy intellekt va
mashinali oʻrganish texnologiyalaridan foydalanish ta’lim tizimi evolyutsiyasining
asosiy omiliga aylanadi. Marketsand Markets tahliliy ma’lumotlariga koʻra, 2023
yilga borib ta’lim uchun sun’iy intellektning jahon bozoridagi ulushi 3,68 milliard
dollargacha oshadi (2018 yildan beri oʻrtacha yillik oʻsish sur’ati 47 foiz)...
Masofaviy ta’limga boʻlgan ehtiyoj sun’iy aql texnologiyalarini ta’lim
sohasiga
integratsiyalashuvini tezlashtirdi. ELearning Industry platformasi ekspertlarining
hisob-kitoblariga koʻra, yaqin bir necha yil ichida ta’limni
boshqaruv
vositalarining 47% dan ortig‘i SIATT imkoniyatlari bilan jihozlanadi” [IV.7].
Oʻquv jarayonida SIATT dan foydalanish quyidagi ta’imiy muammolarni
hal qilishga koʻmak beradi:
a)
holis va haqqoniy baholash
– talabalar bilimini mavjud obyektiv va
subyektiv shart-sharoitlarni e’tiborga olmagan holda baholash.
Odatda talabalar
faoliyatini nazorat qilish va baholash oʻqituvchilar tomonidan amalga oshiriladi va
har doim ham holis va haqqoniy boʻlmasligi mumkin. SIATT ana shu jarayonni
begʻaraz, xolis va haqqoniy baholash vositasi boʻlishdan tashqari, oʻqituvchilarni
bir hildagi, mashaqqatli va zerikarli boʻlgan talabalar
bilimlarini tekchirish va
baholash amaliyotidan ozod qiladi, oʻqituvchilarga oʻzi
ustida ishlash, ta’lim
jarayoni samarasini oshirish yoki talabalar bilan qoʻshimcha shugʻullanish uchun
koʻproq vaqt ajratish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: