152
sababli, dasturlash tili buyruqlarining vazifalarini oʻrganishda bir qator
muammolar yuzaga keladi. Misol tariqasida quyidagi oʻquv materiallarini keltirish
mumkin:
oʻzgaruvchi va oʻzgarmaslarning xotiradagi manzili;
ma’lumotlarni kompyuter xotirasida ifodalanishi va
saqlanishi;
qiymat berish buyrugʻining bajarilishi;
takrorlash buyruqlari;
funksiyalar bilan ishlash va h.k.
Keltirilgan mavzular boʻyicha mashgʻulotlarda ma’lumotlarni kompyuter
yordamida
qayta ishlash jarayoni, buyruqlarning bajarilish imitatsiyasi, xotira,
unda ma’lumotlarning ifodalanishi va saqlanishi kabi vaziyatlarni modellashtirish
va namoyish qilish orqali talabalar tasavvurini shakllantirish ta’limiy
ma’lumotlarni chuqur oʻzlashtirishga koʻmak beradi. Bu bilimlar navbatdagi oʻquv
ma’lumotlarini oʻzlashtirishda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: