Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

shaxsiy bulut
- bitta tashkilot doirasida tashkil qilingan bulut

ommaviy bulut
- bu keng jamoatchilik tomonidan bepul foydalanish 
uchun moʻljallangan infratuzilma; 

gibrid bulut
– ikki yoki undan ortiq turdagi bulutli infratuzilma; 

ijtimoiy bulut
- umumiy maqsadlarga ega boʻlgan foydalanuvchilar 
uchun moʻljallangan bulut. 
Bulutli texnologiyalar oʻz foydalanuvchilariga quyidagi shakllardagi xizmat 
turlarini taklif etadi:

IaaS
– infratuzilma sifatidagi xizmatlar

PaaS
- platforma shaklidagi xizmatlar;


163 

SaaS
– dasturiy ta’minot sifatidagi xizmatlar; 

DRaaS
– favqulodda ma’lumotlarni qayta tiklash sifatidagi xizmatlar. 
Ma’lumotlarning internet tarmoqlarida saqlanishi foydalanuvchilariga katta 
qulayliklar taqdim etgani uchun, bulutli texnologiyalar tarafdorlari safi borgan sari 
kengayib, asta-sekinlik bilan ta’lim tizimiga ham kirib kelmoqda. Bulutli 
texnologiyalar ta’lim jarayoni ishtirokchilari uchun quyidagi imkoniyatlarni 
taqdim etadi:
- jarayon ishtirokchilari uchun ochiqlik; 
- ta’limiy resurslarning umumiyligi; 
- resurslardan foydalanishdagi individuallik va mobillik
- vaqt va makon ahamiyatining yoʻqligi; 
- hamkorlik va oʻzaro muloqot; 
- individual ta’lim va mustaqillik. 
Bulutli texnologiyalar oʻz ichiga ta’lim jarayoni ishtirokchilari uchun bilim 
berish va olishga oid koʻplab xizmat turlarini koʻrsatishga moʻljallangan internet 
texnologiyalarini (tarmoqlar, serverlar, ilovalar, xizmatlar va b.) oladi. Bu 
texnologiyalar tegishli ta’lim muassasi yoki fan doirasida ishlab chiqilgan barcha 
ta’limiy resurslarni umumiy “bulutlarda” saqlashga imkon beradi. Bu resurslardan 
bulutli texnologiyalar yordamida oʻqituvchi va talabalar internet tarmoqlariga 
bog‘lanish imkoniga ega boʻlgan ihtiyoriy mobil qurilma yordamida, turgan joyi 
va vaqtidan qat’iy nazar, onlayn yoki offlayn usullardan birida foydalanishni 
ta’minlanadi. Muhimi shuki, ma’lumotlar y yoki bu foydalanuvchining 
kompyuterida emas, balki maxsus serverlarda saqlanadi. Serverlar mijozlarga 
(oʻqitivchi va oʻquvchilarga) ta’limga oid ma’lumot omborlari hamda 
foydalanuvchilarning virtual ish oʻrinlari bilan onlayn yoki offlayn ishlash 
imkoniyatlarini taqdim etuvchi ilovalar ishini boshqaradi va ta’minlaydi.
Bugungi kunda, ta’lim tizimi ishtirokchilari oʻrtasida quyidagi xalqaro 
serverlar bulutli texnologiya xizmatlarini koʻrsatish sohasida katta obro’ 
qozondilar:


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin