Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/138
tarix07.01.2024
ölçüsü0,73 Mb.
#201289
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138
Dissertatsiya Otaxanov 1511

Matplotlib
moduli ikki (2D) va uch oʻlchovi (3D) tasvirlar bilan ishlash 
hamda ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish uchun moʻljallangan kutubxona 
hisoblanadi. Bu modul yordamida hosil qilingan tasvirlardan illyustratsiya sifatida 
foydalanish mumkin; 

Keras va PyTorch
modullari sun’iy intellekt, kompyuterlarni neyron 
toʻrlari asosida oʻqitish amaliyotida qoʻllash mumkin boʻlgan koʻplab vosita va
usullarni oʻz ichiga oladi va amaliyotda “aqlli texnologiyalarni” ishlab chiqishda 
keng qoʻllaniladi; 

Itertools 
moduli belgilangan doiradagi amallarni qandaydir ketma-ketlik 
yoki toʻplamning har bir elementiga nisbatan takrorlash jarayonini tashkil qilishga 
koʻmak beruvchi usullar jamgʻarmasidan iborat;

time, datetime 
va
calendar
modullari vaqt, sana va taqvim tipidagi 
ma’lumotlar bilan ishlashga moʻjallangan sinf, usul va funksiyalar kutubxonasidan 
iborat. Bu modullarni majburiy deb tan olishning sababi shuki, axborotlarni 
kompyuter yordamida qayta ishlash bilan shugʻullanadigan hamma mutaxassislar 
vaqt va sanalar bilan ish olib borishlariga toʻgʻri keladi. Bunday muammolarni hal 
qilish imkoniyatlari time, datetime va calendar modullari tomonidan taqdim etiladi;

ScyPy 
moduli NumPy kutubxonasi asosida ishlab chiqilgan boʻlib, 
amaliyotda keng qoʻllanadigan matematika va boshqa fanlarga doir ilmiy hisob- 
kitob ishlarini oson bajarishga yordam beradi.
Qolgan oʻquv soatlarida Pythonning mutaxassislikka oid masalalarni hal 
qilishga moʻljallangan modullarini oʻqitish mumkin. Bunda 3.2.2-jadvaldan 
foydalanish tavsiya qilinadi.
Tajribalar shuni koʻrsatdiki, dasturlash tillari boʻyicha amaliy mashgʻulotlar 
soati yetarli emas. Oʻquv rejasida ajratilgan soatlarga (3.2.1-jadvalga qarang) koʻra 


136 
amaliy jihatdan mustahkamlanishi hamda talabalarda koʻnikma va malakalarni 
hosil qilinishi zarur boʻlgan nazariy mavzular doirasi anchagina keng boʻlib, har 
bir nazariy mashgʻulot boʻyicha 2-4 soatdan ortiq amaliy mashgʻulot 
oʻtkazishning iloji yoʻq. Bir juftlik amaliy mashgʻulot mobaynida oʻrtacha 2-4 ta 
masalalar uchun dasturlarni tahlil qilish mumkin holos. Bu holat belgilangan 
vaqtning sohaga oid koʻplab tipik masalalarni koʻrib chiqish uchun yetmasligini 
koʻrsatadi. Har bir mavzu boʻyicha nazariy ma’lumotlar yuzasidan yetarli 
darajadagi koʻnikma va malakalarni hosil qilish uchun, amaliy mashgʻulotlarni 
ta’lim yoʻnalishining oʻziga xoz xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, talabalarga 
yaxshi tanish boʻlgan va qaralayotgan mavzuga oid masalalar asosida tashkil qilish 
taklif etiladi. Odatda, bunday masalalar turli shakl va mazmunlarda boʻlib, 
yetarlicha katta hajmni tashkil qiladi.
Aytish mumkinki, dasturlash sohasida har bir masalaga kashfiyotchilik 
nuqtai-nazaridan yondashish talab qilinadi. Buni hisobga olinsa, amaliy 
mashgʻulotlarda koʻrib chiqilishi mumkin boʻlgan masalalar soni juda kam. 
Koʻproq masalalarni dasturlash uchun mustaqil mashgʻulotlardan foydalanish ham 
koʻzlangan samarani bermayapti. Buning asosiy sababi quyidagilar:
- bakalavr yoʻnalishlariga xos boʻlgan dasturlashga doir muammolarni 
qamrab olgan oʻzbek tilidagi didaktik materiallarning kamligi; 
- ishlab chiqilgan oʻquv ilovalari uchun natijalarini kompyuter yordamida 
sifatli tahlil qilish imkoniyatining har doim ham mavjud emasligi; 
- sohalar boʻyicha namuna tarzida koʻrsatiladigan tipik masalalar sonining 
yetarli emasligi.
Bu boradagi muammolarni hal qilish uchun mutaxassisliklarning oʻquv 
rejasiga laboratoriya mashg’ulotlarini ham kiritishni taklif etamiz. Bu 
mashgʻulotlar uchun oʻquv soatlarini amaliy mashgʻulot soatlaridan kam 
boʻlmagan miqdorda mustaqil mashgʻulotlar soati hisobidan ajratish maqsadga 
muvofiq deb hisoblaymiz.
Zamonaviy ta’lim tizimida dasturlash tillarini oʻqitish masalasiga uch xil 
yondashuv mavjud:


137 
1)
biror dasturlash tilining boshlangʻich unsurlarini oʻqitish; 
2)
dasturlash tillarini oq’itish jarayonini talabalarga ma’lum boʻlgan 
boshlangʻich unsurlar asosida tashkil qilish;
3)
ilmiy va hayotiy masalalarni yechishda keng qoʻllanayotgan bir yoki bir 
nechta dasturlash tillarini oʻqitish. 
Birinchi yondashuv odatda maktablarning yuqori sinf oʻquvchilariga 
nisbatan qoʻllanadi. Buning sababi shuki, informatika va axborot texnologiyalari 
fani doirasida Davlat ta’lim standarti informatika va axborot kommunikatsion- 
texnologiyalaridan tashqari, algoritmlash hamda Python va Delphi dasturlash 
tillarini oʻqitishni ham nazarda tutadi. Ikkinchi yondoshuv oliy va oʻrta maxsus 
ta’lim muassasalari uchun moʻljallangan. Bunday yondoshuvda asosiy e’tiborni 
talabalarning bilim, malaka va koʻnikmalarini Python dasturlash tilini yoʻnalishlar 
kasbiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tegishli modullarni o’qitish orqali 
kengaytirishga qaratish tavsiya etiladi. Uchinchi yondashuv esa odatda Oliy oʻquv 
yurtlarida kelajakdagi kasbiy faoliyati yuqori dasturchilik malakasi bilan bogʻliq 
boʻlgan bakalavr va magistrlarining tayyorgarlik darajasini belgilashda muhim 
hisoblangan dasturlash tillari (masalan, C#, Java Script kabi) uchun amalga 
oshiriladi. Bu oʻrinda shuni yoddan chiqarmaslik lozimki, mavjud dasturlash 
tillarining birortasi ham oʻz yechimini kutayotgan barcha masalalar uchun toʻla 
ma’noda yaroqli (ya’ni, universal) boʻla olmaydi. Chunki, har bir dasturlash tili 
paradigmasiga koʻra, ma’lum bir sinfga oid (ilmiy-texnik, ma’lumotlar bazasi, 
web-sahifalar tayyorlash kabi) masalalarni yechishga moʻljallangan boʻladi. 
Shuning uchun kelajakdagi kasbiy faoliyati dasturchilik bilan bogʻliq boʻlgan 
talabalarga bir turli paradigmalarni qoʻllab-quvvatlovchi bir nechta dasturlash 
tillarini chuqur oʻqitish tavsiya qilinadi. Bu holda mutaxassis oʻziga ma’lum 
boʻlgan dasturlash tillari va yechimi kutilayotgan masalalarning oʻziga xos 
xususiyatlarini e’tiborga olib, vosita sifatida dasturlash tillaridan birini mustaqil 
tanlash va foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. “Nomutaxassis” bakalavr 
yoʻnalishlarida esa predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillaridan birini (masalan, 
Python tilini) oʻqitish tavsiya qilinadi.


138 
Keyingi oʻn yillikda dasturlash sohasida va zamonaviy ilovalarni ishlab 
chiqishda predmetga yoʻnaltirligan dasturlash tillari juda ham jadallik bilan 
rivojlanib, oʻz foydalanuvchilari oʻrtasida shuhrat qozonib bormoqda. Chunki 
predmetga yo‘naltirilgan dasturlash vositalari borliq olamning turli shakl va 
mazmundagi hodisa, jarayon hamda obyektlarni nisbatan oson, qulay va 
koʻrgazmali usulda oʻrganishga imkon beradi.
Biz dasturlash asoslarini oʻqitish uchun yuqorida keltirilgan usullardan 
ikkinchisini Python dasturlash tili misolida tanlashni taklif etamiz. Bunda, Python 
tilini oʻqitishda dastlab, I – kurs talabalariga dasturlashning maktab “informatika 
va axborot texnologiyalari” kursi doirasida ma’lum boʻlgan boshlangʻich 
unsurlaridan foydalangan holda boshlash mumkin. Bu jarayonda talabalarning 
dasturlash boʻyicha koʻnilkma va malakalarini tenglab olishga erishish ham 
nazarda tutiladi. Buning oqibatida talabalar bilimini Pythonning yangi jihatlarini 
oʻrgatish orqali kengaytirishga erishish imkoniyati yuzaga keladi.
Python tili oʻqituvchisining asosiy e’tibori quyidagi masalalarni hal qilishga 
qaratilishi lozim: 

talabalarning PYDT muhitida ishlash malakalarini rivojlantirish; 

oʻz faoliyatini rejalashtirish qobiliyatini shakllantirish; 

talabalarda algoritm va dasturlarni ishlab chiqish bilan bogʻliq yetarli 
bilim, koʻnikma va malakalarni hosil qilish; 

tasvirli va nazariy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish; 

talabalarni mavjud katta hajmdagi ma’lumotlar oqimi orasidan ehtiyojga 
koʻra zarur ma’lumotlarni izlash, ajratish, qayta ishlash va foydalanishga oʻrgatish. 
Python tilini oʻqitish doirasida biz tavsiya qilgan mavzular (3.2.2-jadvalga 
qarang) ushbu masalalar ta’lim jarayoniga qoʻyilgan ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni samarali hal qilishga koʻmak beruvchi 
asosiy vositalardan biri boʻlib xizmat qiladi.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin