O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti


-MAVZU: QISHKI YOMG`IRLI VILOYATLARNING SKLEROFILLARI JAMOASI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə17/39
tarix07.01.2024
ölçüsü0,51 Mb.
#202398
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39
O\'simliklar gegrafiyasi

12-MAVZU: QISHKI YOMG`IRLI VILOYATLARNING SKLEROFILLARI JAMOASI


Reja
1.Sklerofilli jamoalarning tarqalishi
2.O‘rtayerdengizi viloyati o‘simliklari
3. Kaliforniyaning sklerofillar jamoasi
4.Chili viloyat qattiqbargli o‘simliklari
5.Kap viloyat o‘simliklari
6.Avstraliya qattiq bargli o`simliklari.
Yevropaning janubiga borilsa Alpning janubida o‘simliklar qoplamidagi o‘zgarishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shveysariyalik botanik uni quyidagicha ifodalagan:Tog‘ oraliqlaridan chiqishda xuddi sehrli tayoqchaning ta’sirida sodir bo‘lganiday oldimizda janub tabiatining boyligi namoyon bo‘ladi: bu ayniqsa Varso yaqinidagi Izelle darasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. U yerdagi son-sanoqsiz qoyalar va keskin daralar yakkam-dukka aholi turar joylari va kashtanzorlarning ko‘pligi bilan almashadi.
Adabiyot ma’lumotlaridan ma’lumki, O‘rtayer dengizi atroflarining o‘simliklar qoplami turlarining ko‘pligiga qaramay inson ta’sirida shakllangan. Boshqa biror hudud antrogon ta’sirga bunchalik uchramagan. O‘rtayer dengizi atrof hududining tabiati kishilarning xo‘jalikdagi faoliyati natijasida qanchalik darajada o‘zgarishiga yaqqol misol bo‘laoladi. Unumdor tuproqlar allaqachon haydalgan. Haydalmay qo‘riq qolgan hududlarda daraxtlarni kesilishi chorva mollarini (asosan echki) boqilishi hamda yog‘inlarning ta’sirida kuchli o‘zgarishlarga uchragan. Yog‘ochga bo‘lgan talabni ko‘pligidan daraxtlarning ildizlarigacha qo‘porilgan. Chorva mollarini boqilishi tufayli qayta tiklanishni imkoniyati bo‘lmagan. Buni davomchisi sifatida tuproq eroziyasi qachonlardir unumdor bo‘lgan tuproqlarni toshli haqiqiy cho‘lga aylantirgan. Bu hududda hozir tabiiy tarzda shakllangan o‘rmonlar qolmagan.
O‘rtaer dengizidagi bunday tipdagi landshaftlar kurrai zaminimizning boshqa erlari Avstraliya, Chili, Kaliforniya (AQSH) va Kap viloyatida ham bor.
Sklerofilli o‘simliklar jamoalariga xos bo‘lgan zaminimizning barcha joylarida daraxtsimon o‘simliklar odatda past bo‘yli daraxtlar butalardan iborat. Butalar ko‘pincha dengizlardan uzoqda ko‘p tarqalgan. Odatda o‘rtacha kattalikdagi, terisimon bargli bu doimoyashil o‘simliklar qurg‘oqchilikni osonroq, engil tarzda o‘tkazishga moslanishlari natijada qattiq barglilik, boshqacha botanik atama bilan aytilganda sklerofiliyayuzaga kelgan. U namlikni ortiqcha bug‘lanishidan ximoyalaydi; bu maqsadda ko‘plab o‘simliklarda barg yaprog‘ini tuklar bilan qoplanishi, kichiklashib ketishi, yaproqni ninaga aylanishi, arqonsimon novdalarni hosil bo‘lishi hamda efir moylarini ajralishi ro‘y bergan. Qattiq bargli daraxt va butalar yozda tinim davrini o‘taydi, biroq buning uchun ular maxsus moslamalarni hosil qilmaydi. Bunday hududlarda yerosti tuganaklari, piyozbosh, ildizpoyalar, yozning qurg‘oqchiligiga hayotiy davrini tugatadiganlar hamda bir yillik ko‘plab o‘simliklar keng tarqalgan.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin