O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi namangan davlat universiteti


-MAVZU: CHALA SAHRO. SAHRO O`SIMLIKLARI. CHO`L O`SIMLIKLARI



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə16/39
tarix07.01.2024
ölçüsü0,51 Mb.
#202398
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39
O\'simliklar gegrafiyasi

11-MAVZU: CHALA SAHRO. SAHRO O`SIMLIKLARI. CHO`L O`SIMLIKLARI

Kurrai zaminimizning barcha adir mintaqalarida sahro va chalasahrolarni o‘ragan cho‘l va savannalariga tomon o‘simliklarning qoplami siyraklashib boradi. Uning zichligi yog‘in miqdorini kamayishi bilan teng boradi. Sahrolarda o‘simliklarning qoplami ularning suv bilan ta’minlanishi qulay bo‘lgan joylarda yaxshi rivojlanadi xolos. Chalasahrolarda o‘simliklar tarqalgan bo‘lsa u ma’lum me’yorga ega, shu bilan birga sahrolarni o‘simliklari butunlay yo‘q bo‘lgan joylari xam anchagina.


Adir mintaqasining o‘simliklari o‘zini suv bilan ta’minlashning turlicha usullarini hosil qilgan. Ular mavjud suvni imkoni boricha tejab, transpiratsiyani kamaytirish bilan amalga oshiradilar. Sahro o‘simliklarida bargning yaproqlari maydalashadi, ildiz tizimi kuchli rivojlanadi. Bu yerlardagi o‘simliklar keng tarmoqlangan ildizga ega shu boisdan ular katta maydondagi yomg‘ir namini shimib oladi. Boshqalarida ildiz chuqurga kirib yerosti suvlarigacha yetib boradi. Buning yorqin misoli bo‘lib qandim (Calligonum) hisoblanib bu buta Sahroi kabirdan Gobi sahrolarigacha bo‘lgan xududlarda tarqalib uning ildizini uzunligi 30 m chuqurliklarga boradi. Sahro va chala sahrolarda shunday o‘simliklar xam borki, yaproqlari keng yoyilgan bo‘lib erta saxardagi xavo namligini shimib suvga bo‘lgan talabini qondiradi.
Sahro va chalasahrolarda ko‘p yil davom etadigan qurg‘oqchilikka (sabr, bardosh bilan) o‘zida chidamlikni hosil qilganlarni ko‘p turlar tashkil qiladi.
Sahrolarda tarqalgan o‘simliklar bir necha ekologiya guruxlariga bo‘linadi. Birinchi guruxga bir yillik efemerlar deb ataladigan guruh mansub bo’lib, bu gurux o‘simliklari qisqa muddat davomida o‘sadi: ularning urug‘i yomg‘irdan keyinoq unadi va ko‘p hollarda bir necha kunlardayoq xayotiy davrini urug‘ hosil qilguncha tugallaydi. Bu davrda g‘aroyiblik – sahro gullaydi.
Efemer-geofitlar guruhiga ildiz tugunak va piyozboshlari bo‘lgan ko‘p yillik o‘simliklar mansub. Ular yer yuzasida barglari va reproduktiv qismlarini yomg‘irdan keyingina hosil qiladi. Bir necha yillar davom etadigan qurg‘oqchilikni bu o‘simliklar tinim davridagi yerosti qismi bilan o‘tkazadi.
Sahrolarning uchinchi gurux o‘simliklariga qisqa muddat namlanishdagina (tirik) bo‘ladigan poykilogidrid deb ataladiganlari mansub. Bu guruxga ayrim ko‘kyashil suvo‘tlar (masalan, Nostoc commune, Microcoleus vaginatus kabilar), lishayniklar, ba’zi moxlar Selaginella turkumining o‘simliklari va paporotniklari ayrimlari va xatto ba’zi gulli o‘simliklar mansub. Ularning hammasi qurg‘oqchilikni tinim xolida o‘tkazadi. Yomg‘irdan so‘ng ular ko‘karadi, o‘sadi, ko‘payadi keyin yana quriydi.
Sahroda eng ko‘p tarqalgan o‘simliklar kserofitlar hisoblanadi. Ularning yerusti qismi qurg‘oqchilikda xam tirik qoladi. Sahro va chalasahrolardagi kserofitlar asosan qattiq bargli sklerofillashgan. Kuchli rivojlangan va chuqurga kirib boradigan ildizlari qurg‘oqchilik davrida xam o‘ziga suv topa oladi.
Bug‘lanishni kamaytirish uchun ularning bargalari ancha reduksiyalangan va qalin tuklar bilan qoplangan. Ba’zilarida esa barg butunlay yo‘q. Fotosintezni novdalari amalga oshiradi (masalan Halaxilon aphillum). Sahro kserofitlariga Tamaricaceae oilasidan Tamarix, qandim Calligonum, Zygophyllaceae oilasidan Zygophyllum kabilar yorqin misol bo‘ladi.
Sahro va chalasahrolardagi yana bir ekologik gurux bu xaqiqiy sukkulentlar. Bu gurux o‘simliklarning barglari, novdalari, tanasida yoki yerostki qismida ko‘p miqdorda yomg‘ir davridagi suvni tutadi. Ulardagi moddalarning almashinuvi juda sekin ro‘y berganligidan-o‘simlik xam sekin o‘sadi. Xaqiqiy sukkulentlar bo‘lib kaktuslar, ularga morfologiyasidan o‘xshab ketadigan sutlamadoshlar, semizo‘tdoshlar mansub. Sahroi Kabir Yerning eng katta sahrosi bo‘lib Afrikaning shimolidagi Atlantika okeanning qirg‘oqlaridan Nil vodiysigacha bo‘lgan joylarni egallaydi. Uning uzunligi g‘arbdan sharqqa 6000 km dan ortiqroqni, shimoldan janubga 1800 km ni tashkil qiladi. Uning maydoni 9 mln km2 atrofida. Sahroi Kabirning shimolida yiliga eng ko‘pi bilan 200 mm yog‘in yog‘adi, u faqat qishda ro‘y beradi. Juda katta maydonida o‘simlik yo‘q.
Sahroi Kabirning markaziy qismidan ikkita katta floristik paleotrop va golarktik olamlarning chegaralari o‘tadi. Sahroi Kabirning shimolida golarktik olamga mansub o‘simliklar (avvalo O‘rta Dengiz viloyatida tarqalgan) astragal (Astragalus), rezeda (Reseda), zubturum (Plantago), sho‘ra (Salsola) turkumlarining vakillari o‘sadi.
Paleotrop olamning floristik elementlari Sahroi Kabirning janubiy tomoniga xos indigonos (Indigofera, dukkakdoshlar oilasidan), kanop (Hibiscus, gulxayridoshlar oilasidan), kleoma (Cleoma kapersadoshlar oilasidan), akatsiya (mimozadoshlar oilasidan) hamda egrostris (Eragrostis, boshoqdoshlar oilasidan) va xlol (Cyperus, xloldoshlar oilasidan) o‘sadi. Bundan tashqari bu erda faqat Sahroi Kabirdagina uchraydigan o‘simliklar (endemlar) jami floraning 25 %ni tashkil qiladi.
Sahroi Kabirning florasi Janubiy Yevropaning florasidan 10 barobar miqdorda kam. Shunga qaramay Markaziy Sahroi Kabirda 450 turdagi gulli va 75 turdagi boshqa o‘simliklar o‘sadi. Bu joylarda sho‘radoshlar (Chenopodiaceae)-17turkum, butguldoshlar (Brassicaceae)-31turkum zigofillalar (Zygophyllaceae)-7 turkumdan iborat o‘simliklar o‘sadi. Bu qiyosga e’tibor bering: tropiklarda 10 000 km2 maydonda 3000-4000 atrofida, Yevropada 1000-2000 turlar, Sahroi Kabirda 150 turga yetmagan tur o‘simliklar tarqalgan.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin