O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 75,67 Kb.
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü75,67 Kb.
#207299
1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL ISH.JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

Ikkinchidan, muloqot umuminson manfaatlariga qaratilgan bo‘lishi, aksincha taraflarga hech qanday foyda keltirmaydigan biror bir g‘oyaviy-aqidaviy masalalar atrofida qolib ketmasligi kerak. Shu bilan birga inson huquqlaridan sanalgan sof e’tiqodga nisbatan bo‘ladigan yondashuvlarni aniq belgilab olish, zulm, adovat, quvg‘in va buzg‘unchilikning barcha ko‘rinishlariga qarshi kurashish hamda har bir muloqotdan keyin tomonlarning bayonotlar bilan chiqishiga erishish zarur. Ushbu bayonotlarda e’tiqod vakillarining huquqlari ayrim buzg‘unchi tomonidan buzilib turishini aks ettirish, buni faqatgina siyosiy, qonuniy, kuch ishlatish ko‘rinishidagina emas, balki haqiqat, adolat, diniy manfaatlar nuqtai nazaridan ham bayon etish.
Uchinchidan, sivilizatsiya va madaniyatlar o‘rtasidagi muloqotga tegishli har bir masalada islom bilan bog‘liq jihatlarni atroflicha bayon etish. Har bir muloqotga kirishuvchi rasmiy musulmon vakili amaliy, ilmiy, fikriy, madaniy masalalarning barchasida muloqot mavzularini shunday darajada puxta tuzishi kerakki, xohlagan kishi unga xohlagan paytda yoki imkoniyat bo‘lganda qo‘shilishi mumkin bo‘lsin.
Islom olamidagi tsivilizatsiyalar o‘rtasidagi muloqotni amalga oshiruvchilar yuqorida aytilgan yo‘nalishda ish yuritsalar, avvalambor islom ummatining oliy manfaatlariga xizmat qiladigan ijobiy natijalarga erishgan bo‘lar edilar. Shuningdek manfaatlarni himoya qilish, muammolar hal etilishiga yordam bergan, xalqaro aloqalar rivojlangan dunyoda esa, tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishiga hissa qo‘shgan hamda Allohga bo‘lgan imon ziyoda bo‘lgan va insonlarning yashashi yaxshilangan bo‘lar edi.


Xulosa:

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, islom sivilizatsiyasi asrlar osha o‘zining yangilanib turuvchi, o‘zgarishlar bilan hamohang bo‘ladigan, rivojlanishlarga moslashadigan, insoniyat sivilizatsiyalariga zid bo‘lmaydiganligini isbotlab berdi. Islom sivilizatsiyasi bunyodkorlari bo‘lgan musulmonlar taraqqiyot va uning mazmun-mohiyatini o‘zlashtirdilar, uning asoslarini yaratdilar, hayotlarida amaliy jihatlarini shakllantirdilar. Islom sivilizatsiyaning ortga qaytish bosqichida esa, musulmonlar islom asoslari va islom sivilizatsiyasining bosh maqsadi bo‘lgan rivojlanish g‘oyasidan chekindilar. Natijada ular zaiflashdi va taraqqiyotdan qolib ketdilar. Lekin islom sivilizatsiyasining asoslari salomat, zamonlarning o‘tishi uni o‘zgartirib yubormadi. Shu tarzda musulmonlarning faoliyatlari ularning sivilizatsiyasida aks etmoqda. Ularning o‘zlari islom tsivilizatsiyasining ham quruvchilari va ham saqlovchilaridirlar. Shunday ekan, musulmonlarning taraqqiyotdan ortda qolishi islom sivilizatsiyasining qismatiga aylandi.


Bugun islom olami insoniyat tamaddunini rivojlantirishga yaqin turibdi va qo‘ldan boy berilgan barcha sohani egallashga harakat qilmoqda. Chunki bashariyatga ma’rifatning turli sohalarini taqdim qilgan va taraqqiyotni ato etgan islom sivilizatsiyasi yana rivojlantirish salohiyatiga ega. U go‘yo qalin bulutlar orasidan chaqnab chiqadigan zarrin nurlardek olamni yoritishi mumkin.
Aniqki, islom sivilizatsiyasi ertaning sivilizatsiyasi. Islom dunyosi bugungi holida qolib ketmaydilar, bu uzoq davom etmaydi ham. Chunki bu holat tabiiy jarayon va insoniyatning hayot yo‘liga to‘g‘ri kelmaydi. Musulmonlar o‘z tsivilizatsiyalarini yangidan barpo qilishlari uchun o‘zaro jipslashishlari va bir-birlariga yordam berishlari lozim. Shundagina ularning tsivilizatsiyalari barcha insoniyatga yana namuna bo‘la oladi. Aslida ham islom sivilizatsiyasining rivojlanishi musulmonlarning buguni va kelajagi uchun ulkan mas’uliyatdir.



Yüklə 75,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin