O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 75,67 Kb.
səhifə3/6
tarix07.01.2024
ölçüsü75,67 Kb.
#207299
1   2   3   4   5   6
MUSTAQIL ISH.JAHON SIVILIZATSIYALARI TARIXI

Xitoy sivilizatsiyasi. Xitoy sivilizatsiyasi mil. avv. ikkinchi ming yillikda paydo bo‘lgan. Unda Hind sivilizatsiyasiga xos jihatlar mavjuddir. Xitoy madaniyatlarini o‘zida birlashtirgan ushbu sivilizatsiyaning moddiy va ma’naviy asoslari mil. av. 1223-1786 yillarda shakllangan. Xitoyliklar bu davrda yondashuvlari turli xil bo‘lishiga qaramay o‘zlarini yer yuzida hurmat va e’tiborga munosib yagona xalq, deb hisoblaganlar.
Xitoy sivilizatsiyasining xususiyati shundaki, u xolis xitoyga taalluqli bo‘lib, unga boshqa sivilizatsiyalar juda kam ta’sir ko‘rsatgan. Chunki Xitoy ikki holatdan tashqari paytlarda boshqa davlatlarga bo‘yin sunmagan. Birinchisi, mo‘g‘ul hukmdorlari davri bo‘lsa, ikkinchisi, XX asrdagi mustamlakachilik bilan bog‘liqdir. To‘g‘ri, mo‘g‘ul iste’losi o‘zidan keyin katta iz qoldirdi, biroq ularning barchasi zamonlar o‘tishi bilan yo‘q bo‘lib ketdi. G‘arb iste’losi esa, Xitoy tsivilizatsiyasiga o‘z ta’sirini o‘tkazib, ma’lum darajada o‘zgarishlarga omil bo‘la oldi. Konfutsiylik ta’limoti Xitoy sivilizatsiyasiga ulkan asos vazifasini bajargan omillardan sanaladi. U o‘z navbatida Xitoyning katta davlat bo‘lib shakllanishi, davlat tizimining mustahkam ildiz otishi va dunyo siyosatiga ta’sir o‘tkazishida o‘z o‘rniga ega. Shu sabab ushbu ta’limot xitoyliklar tomonidan yuksak qadrlanadi.
Yapon sivilizatsiyasi. Sivilizatsiyalar tarixi bilan shug‘ullanuvchi ba’zi tadqiqotchilar Xitoy va Yapon madaniyatlarini yuqori (uzoq) sharq nomi ostida bir tsivilizatsiya deb hisoblaydilar. Lekin shunga qaramay, aksariyat olimlar ularning mustaqil tsivilizatsiyalar ekanligini ta’kidlaydilar. Shunday bo‘lsa-da, shuni ham e’tirof etish kerakki, Yapon sivilizatsiyasi uzoq tarixida Xitoydan ozuqa olgan edi.
Bugungi kunda Yapon sivilizatsiyasining ko‘plab sohalarda taraqqiyotga erishganini, shu bilan bir qatorda o‘zining asl mohiyati, tilini saqlab qolib, ilmiy va sanoat jabhalarida G‘arbdan qolishmay rivojlanayotganini ta’kidlash kerak. Bir so‘z bilan aytganda, u o‘z milliyligini saqlagan holda boshqa madaniyatlarning ijobiy yutuqlarini tez sur’atlarda o‘zlashtiruvchi tsivilizatsiyaga namuna bo‘la oladi, deyish mumkin.
Lotin Amerikasi sivilizatsiyasi. Bugungi Lotin Amerikasi sivilizatsiyasi qadimgi Andik, Anka, Mayya va Astek madaniyatlaridan tashkil topganini hamda Yevropa sivilizatsiyasi ta’sir ostida katoliklik ruhiyati bilan yo‘g‘rilganini aytish mumkin. Bu holat fan, adabiyot, musiqa, ijtimoiy odatlar, binolar qurilishi namunalarida yaqqol kuzatiladi. Shu bilan birga ko‘pgina tadqiqotchilar Lotin Amerikasi tsivilizatsiyasini G‘arb tsivilizatsiyasidan ayri holda shakllanganini hamda uning na Shimoliy Amerika va na Evropa madaniyatiga mos kelishini aytadilar. Ushbu sivilizatsiya o‘zining rang-barangligi, boshqa xalqlarda uchramaydigan xususiyatlari bilan alohida ajralib turadi.

Yüklə 75,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin