O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Ishbilarmonlik òyini usuli va undan foydalanish



Yüklə 490 Kb.
səhifə9/14
tarix02.06.2023
ölçüsü490 Kb.
#121998
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Ishbilarmonlik òyini usuli va undan foydalanish.

Ishbilarmonlik o'yini texnologiyalari uch bosqichdan iborat
(3.12-rasm).

I. Tаyyorlаsh bоsqichi




1.1.
O’yinni iShlаb chiqiSh

Sцеnаriyani iShlаb chiqiSh

Yo’riqnоmа mаzmunini iShlаb chiqiSh

Mоddiy tа’minоtni tаyyorlаSh

Guruhni ShаkllаntiriSh

1.2.
O’yingа kiriShiSh

Rоllаr tаqismоti

Muаmmо vа mаqsаdlаrni vujugа kеltiriSh

SHаrtlаr, qоidаlаr, rеglаmеnt o’rnаtiSh

Mаslаhаtlаr bеriSh




II. O’TKАZISH BОSQICHI

2.1.
TоpShiriq ustidа guruh bilаn iShlаSh

Mаnbаlаr bilаn iShlаSh

Trеning

Miyalаr hujumi

O’yin tехniki bilаSh iShlаSh

2.2. Guruhlаrаrо munоzаrа

Guruhlаrning chiqiShi

Nаtijаlаrni himоya qiliSh

Munоzаrа qоidаsi

Tаqrizchilаr (ekspеrt) iShi




III. TАHLIL BОSQICHI

3.1.

O’yindаn chiqаriSh

3.2.

Tаhlil

3.3.

IShni bаhоlаSh vа o’zigа bаhо bеriSh

3.4.

Хulоsа vа umumlаShtiriSh

3.5.

Tаvsiyalаr



3.12-rasm. Ishbilarmon o'yinning texnologik sxemasi
O'yinni tayyorlash bosqichi. Bu bosqich o'z navbatida ikki qismdan iborat: o'yinni ishlab chiqish, o'yinga kirishish. O'yinni ishlab chiqish - o'yin senariysini ishlab chiqish, yo'riqnomalar tuzish va moddiy ta'minotni ta'minlashni o'z ichiga oladi. Ishbilarmonlik o'yini, senariyasi quyidagilardan iborat: o'quv maqsadi; o'yin vazifasi, o'rganiladigan muammo tafsiloti; vaziyatning tafsiloti va ishtirok etuvchilarning tasnifi. O'yinga kirishish quyidagilarni anglatadi:

  • guruhni shakllantirish;

  • mashg'ulotlarning bosh maqsadini ifodalash;

  • muammo va vaziyatni vujudga keltirish;

  • rollarni taqsimlash,

  • o'yin reglamentini o'rnatish;

  • materiallar, yo'riqnomalar, qoidalar va ko'rsatmalar to'plamini tarqatish;

maslahatlar berish. Rollar qur'a tashlash yo'li bilan taqsimlanadi. Reglamentga, muloqot etikasiga, faollikni namoyish etishga va o'yirmi oxirigacha ishtirok etilishiga alohida e'tibor qaratiladi.
O'yinni utkazish bosqichi. Bu bosqich - guruh bilan vaziyatni barpo etish ishlari va guruhlararo munozaradan iborat. Ishtirokchilarning roliy holatlari, ishbilarmonlar o'yinini shakliga bog'liq va quyidagicha bo'lishi mumkin.

  1. guruhdagi ish mazmuniga kо'rа - g'oyalarni yaratuvchi va uzatuvchi ishlab chiquvchi, taqlidchi, tashxischi, zukko, xulosa qiluvchi.

  1. ishtirokchilarning tashkiliy vaziyatlariga ko'ra - tashkilotchi, muvofiqlashtiruvchi, yig'uvchi, nazoratchi, murabbiy, boshqaruvchi.

  1. yangilikka nisbatan munosabatiga ko'ra - tashabbuskor, ehtiyotkor tanqidchi, yangilikka qarshilik ko'rsatuvchi (konservator).

  2. uslubshunoslik holatiga ko'ra - uslubshunos tanqidchi, uslubchi, muammochi, dasturchi.

  3. ijtimoiy-psixologik holatiga ko'ra - yetakchi, hurmat qilinuvchi, qabul qilinuvchi, mustaqil, qabul qilinadigan, rad etiluvchi.

O'yin jarayonida hech kim o'yinga ta'sir qilish huquqiga ega bo'lmaydi. Faqat boshlovchigina, zaruriyat tug'ilganida, o'yin ishtirokchilari harakatlariga tuzatishlar kiritishi mumkin.
O'yin natijalarini taxlil etish bosqichi quyidagilarni o'z ichiga oladi: taqrizchilarni chiqishlari, fikrlar almashinuvi, ishtirokchilarning o'z qarorlari va xulosalarini himoya qilishi, yakun yasash.

Ta’lim jarayonidagi o‘quvchining faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib koladi. O‘quvchining faolligi, maqsadli yo‘naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta’sirlar va pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. O‘quvchilarning faolligini ta’minlovchi, o‘qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlik o‘yini hisoblanadi. O‘yin faoliyatiga qiziqish, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini ifoda etish, ro‘yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiruvchi, musobaqalashish elementlari orqali ta’minlanadi.





Yüklə 490 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin