O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi guliston davlat universiteti pedagogika fakulteti kurs ishi mavzu: Ishbilarmonlik òyini usuli va undan foydalanish



Yüklə 490 Kb.
səhifə6/14
tarix02.06.2023
ölçüsü490 Kb.
#121998
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ishbilarmonlik òyini usuli va undan foydalanish.

«Vakolatli ta’lim» texnologiyasi. Ushbu texnologiya 1995 yilda AQSHda “Ayollar yetakchiligi” deb nomlangan treninglardan boshlangan bo’lib, ta’limning xalqaro texnologiyasi sifatida 1997 yildan boshlab Ukrainada shakllandi va keyinchalik Ozarbajon, Gruziya, Qozog’iston, Qirg’iziston, Litva, Moldova, Tojikiston hamda O’zbekistonga tarqaldi. 2002 yilda Afg’oniston, Birma va Indoneziyada tegishli treninglar tashkil etildi. Hozirgi paytda dunyoning turli mamlakatlarida bu texnologiyaning shakllanish va joriy ettirilish jarayonlari davom etmoqda.
3 Ta’limda o’yinli mashg’ulotlardan foydalanish maqsad va vazifalari.
Ta’limning ushbu texnologiyasini ayni kunlarda mutaxassislar quyidagicha t’riflaydilar: “Vakolatli ta’lim-genderlik adolati va zo’ravonliklarsiz munosabatlar asosida tashkil etiladigan o’quv jarayoni bo’lib, u bevosita tajriba orqali ta’lim olish yo’li bilan guruhning o’z-o’zini tashkil qilish ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatlarini beradi”. 
Vakolatlash pedagogikasi ta’lim dasturlarining boshqa turlari bilan ta’limga nisbatan umumiy yondashuvlarga ega. O’zaro faoliyatda ular bir-birini boyitadi va kuchaytiradi. 
Vakolatlash ta’limini joriy etishning quyidagi tartibi eng maqbul hisoblanadi:
- tasdiqlangan va rasmiylashtirilgan o’quv reja (ayrim o’quv fani, integrativ kurslar yoki ularning tarkibiy mavzulari);
- rasmiylashtirilgan o’quv reja (ta’lim muassasasi tomonidan tashkil etilgan va rasmiy reja bilan bog’langan darsdan tashqari ishlar-ularning sinfdan va maktabdan tashqari turlari farq qilinadi);
- norasmiy o’quv reja (kutilmagan yoki favqulodda mashg’ulotlar tashkil qilish va ularni ta’lim amaliyotiga alohida reja yordamida joriy etish).
“Vakolatli ta’lim” texnologiyasiga muvofiq mashg’ulotlar alohida tayyorgarlikdan o’tgan o’qituvchi-trenerlar tomonidan tashkil etiladigan va o’tkaziladigan treninglar tarzida amalga oshiriladi. Maxsus tayyorgarlikdan o’tgan va ma’lum yo’nalishda ta’lim berish (rahbarlik qilish) hamda mashqlar bajarish bo’yicha yo’l-yo’riq ko’rsatuvchi mutasaddi shaxsni trener deyiladi.
Ta'lim jarayonidagi o'quvchming faolligi, didaktikaning asosiy tamoyillaridagi biri boiib kelgan va shunday bo'lib koladi. O'quvchming faolligi, maqsadli yo'naltirilgan boshqaruvchi pedagogik ta'sirlar va pedagogik muhitning tashkil etilishi natijasidir. O'quvchilaming faolligini ta'minlovchi, o'qitish texnologiyalaridan biri - pedagogik ishbilarmonlik o'yini hisoblanadi. O'yin faoliyatiga qiziqish, o'quvchilaming o'z-o'zini ifoda etish, ro'yobga chiqarish kabi ehtiyojlarini qondiravchi, musobaqalashish elementlari orqali ta'minlanadi.

Yüklə 490 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin