O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
FARG‘ONA VILOYAT MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT KENGASHI
RESPUBLIKA MA’NAVIYAT VA MA’RIFAT MARKAZI FARG‘ONA VILOYATI BO’LIMI
“ANVAR OBIDJON IJODINING MA’NAVIY-MA’RIFIY AHAMIYATI”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazish bo‘yicha
MAQOLALARNI TAYYORLASH TALABLARI
Matn formati: Microsoft Word (*.doc, .docx);
Sahifa formati: A4 (210x297 mm);
Oriyentatsiya: kitob shaklida, albom shaklidagi qabul qilinmaydi;
Hoshiya: (yuqoridan, pastdan, o‘ngdan, chapdan); 2,5 x 2,5 x 3,0 x 1,5 sm;
Shrift: Times New Roman, o‘lchami (kegl) – 14;
Qator oraliq intervali: 1,5 (bir yarim);
Maqola hajmi: 3-10 betgacha.
Adabiyotlar: maqolaning oxirida “Foydalanilgan adabiyotlar” nomi bilan rasmiylashtiriladi. Matnda adabiyotlarga iqtibos kvadrat qavs ichida adabiyotning tartib raqami, verguldan so‘ng sahifa raqamini ko‘rsatish bilan beriladi [1, 10-b.]. Sahifa ostida matndan so‘ng beriladigan iqtibos ma’n etiladi.
Maqola matnining tuzilishi va joylanishi:
- maqolaning nomi (katta harflarda, qalin shrift, o‘rtadan yoziladi);
- muallif(lar)ning F.I.O. to‘liq (kichik harflarda, qalin shrift, o‘rtadan yoziladi);
- ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi (o‘rtadan yoziladi);
- ish (o‘qish) joyi (o‘rtadan yoziladi);
- annotatsiya (kegl 12, hajmi 20 so‘zdan kam bo‘lmagan, eni bo‘yicha yoziladi);
- tayanch so‘zlar (kegl 12, hajmi 5 ta so‘zdan kam bo‘lmagan, eni bo‘yicha yoziladi);
Maqolaning nomi, muallif (lar) F.I.O. (vergul bilan), annotatsiya, tayanch so‘zlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida va yozuvida. Ish joyi va lavozimi tarjima qilinmaydi.
- bir qator tashlab – maqolaning asosiy matni (kegel 14, qatorlar oraliq intervali – 1,5, xat boshi – 1,25 sm, eni bo‘yicha yoziladi);
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (eni bo‘yicha yoziladi).
Rasmiylashtirish talablariga javob bermagan, ilmiy yangilik, xulosaga ega bo‘lmagan materiallar tahrir qilinmaydi va chop etilmaydi.
Maqolani rasmiylashtirish namunasi:
MAQOLANING NOMI
Umurzakov Rustamjon Maxamadovich
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Farg‘ona davlat universiteti
e-mail: ........................
Annotatsiya: 3 tilda. matn, matn, matn, matn, matn.
Tayanch so‘zlar: 3 tilda. matn, matn, matn, matn, matn.
Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.Matn. Matn. Matn.Matn. Matn. Matn.Matn. Matn. Matn.Matn. Matn. Matn.Matn. Matn. Matn. [1, 26-b.].
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Solijonov Y. Anvar Obidjon poetik olami. – T.:Yangi asr avlodi, 2022. – 216 b.
AXBOROT XATI
Viloyat Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023-yil uchun mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi”ga asosan O‘zbekiston xalq shoiri, bolalar adabiyotining yirik vakili Anvar Obidjon xotirasini abadiylashtirish, uning ijodiy merosini chuqur o‘rganish maqsadida Farg‘ona davlat universitetida 2023-yil 31-may kuni “Anvar Obidjon ijodining ma’naviy-ma’rifiy ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi.
Konferensiyada qatnashish uchun xorijiy davlatlar va respublikaning yetakchi olimlari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, jurnalistlar, tayanch doktorantlar, magistrantlar hamda mustaqil tadqiqotchilar taklif etiladi.
Anjuman materiallari to‘plam shaklida e’lon qilinadi. Unga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi:
1. Anvar Obidjon ijodi va hozirgi o‘zbek she’riyati
2. Anvar Obidjon ijodi va hozirgi o‘zbek prozasi
3. Anvar Obidjon ijodining o‘zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni
Konferensiya tili: o‘zbek, ingliz, rus tillari.
Maqolalarni qabul qilish muddati – 2023-yil 10-maygacha.
Konferensiya to‘plamida maqola e’lon qilish bepul.
Tashkiliy qo‘mita manzili:
Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri, B.Marg‘inoniy ko‘chasi, 105-uy. FarDU filologiya fakulteti, 27-xona, adabiyotshunoslik kafedrasi.
Maqolalarni elektron shaklda quyidagi telegram manzillariga yuborish mumkin:
@gulnozaa_a , @Shohruxbek_Maxmidjonov
Mas’ul xodimlar: Gulnoza Abdullayeva Tel. +998937390725
Shoxruh Mahmidjonov Tel. +998916663396
Dostları ilə paylaş: |