O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 102,08 Kb.
səhifə2/11
tarix08.06.2023
ölçüsü102,08 Kb.
#126773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ingliz tilida

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Kirish

MUNDARIJA


Kirish
I BOB Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilida tog’, tor daralar, g’orlarini o’rgatishning ilmiy nazariy asoslari

    1. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ingliz tilida tog’lar, tor daralar, g’orlarini o’rgatishning metadologik asoslari

    2. Maktabgacha ta'limda ingliz tilini o’rgatishning ilmiy-pedagogik asoslari va turli xil metodlardan foydalanish ahamiyati

II BOB Ingliz tilini maktabgacha ta'lim tashkilotlarida o’qitishni didaktik loyihalashtirish

    1. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tilida tog’lar, tor daralarni o`rgatishda harakatli o`yinlar orqali o`qitishning didaktik asosi va eksperimental tadqiqi

    2. Maktabgacha ta'lim tashkilotida tog’, tor daralar, g’orlarni o’rgatish loyihasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar ro’yxati

Kirish




Mavzuning dolzarbligi: Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko’nikmasi proffessionl ta‘limning ajralmas qismlaridan biri bo’lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko’rsatkichi yuqori bo’lganligi sababli, ularda til o’rganishga bo’lgan talab yuqoridir. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta‘limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Bunday bilimlarni insonlar dastlab maktab, kollej, litsey, keyinchalik institutlarda, o’quv kurslarida yoki mustaqil ravishda xorijiy tilni o’rganishga yordam beruvchi asosiy ma‘lumot to’plamlari bilan tanishgan holda o’rganadilar. Bugungi kunda turli darajadagi til bilimiga ega kishilar uchun o’quv materiallarining katta to’plamlari mavjud. Ushbu maqsadga yetishishda muvaffaqiyatga erishish, o’qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga bog‘liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o’qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usullarni birlashtirib o’qituvchi muayyan ta‘lim dasturlarini yechishga qodir bo’ladi. Shu munosabat bilan o’qituvchilar va talabalar xorijiy tillarni o’qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak. Natijada maqsadlariga erishish uchun eng samarali usullarni tanlay bilish ko’nikmalari shakillanadi. Bunda o’qitish va o’rganishning bir necha metodlaridan foydalanish samarali natija beradi. O’qitish kichik bosqichlarda amalga oshiriladi va o’quvchining mavjud bilim tizimiga asoslanadi.2 Zamon ilgarilab borgani sari har sohada yangilik ko’payib bormoqda. Til o’rgatishda ham turli uslublar paydo bo’lmoqda. Ingliz tilini o’rgatishda o’rganuvchining salohiyat va darajasi, yoshidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o’rgatish yaxshi natija beradi. Bunda o’quvchilar boshlang‘ich bosqichda o’qitish, o’rta bosqichda o’qitish, yuqori bosqichda o’qitish asosida guruhlarga bo’linadi. Har bir bosqich uchun o’qituvchi tomondan maxsus dastur ishlab chiqiladi.
Bugungi kunda maktablarda va Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida interfaol o’yinlar orqali dars o’tish an’anaga aylanib bormoqda. Ma’lumki, darsning turli xil
o’yinlar asosida o’tilishi o’quvchilarning imkoniyatlarini namoyish etish, diqqatni jamlash, bilim va ko’nikmalarini oshirish va kuchli bo’lishlarini ta’minlaydi. Hammamizga ma'lumki har bir tarixiy va ijtimoiy tuzum yangilanish barobarida òsha tarixiy-ijtimoiy tizimga asoslangan ta'lim va tarbiya usulini o’zgartirish va isloh etish talab etiladi. O’zbekiston Respublikasi "Kadrlar tayyorlashning milliy tizimi va "Ta'lim to’g'risidagi qonun" da e'titof etilganidek, islohotlarni amalga oshirishga mas'ul bo’lgan jamiyat qatlami yoshlarni iymon-e'tiqodli, vatanga muhabbat va o’z kasbiga sadoqat ruhida tarbiyalashni ota-onalar, tarbiyachi va murabbiylar oldiga oliy maqsad qilib qo’yadi. Shu nuqtai nazardan maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning ilk bosqichi bo’libgina qolmay balki bolani yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashning ilk pog'onasi hamdir. Shuning uchun Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiyani yuqori darajadagi saviyada berilishi bolalarning kelasi bosqichlarda qiynalmasdan muvaffaqiyatga erishishiga yordam beradi.

Yüklə 102,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin