O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti pedagogika kafedrasi pedagogika va psixologiya fanlarini o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi mavzu



Yüklə 102,08 Kb.
səhifə10/11
tarix08.06.2023
ölçüsü102,08 Kb.
#126773
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ingliz tilida

Taqdimot qo’yish: O’qituvchi taqdimotni yoqadi, har bir bosilganda, klaviaturada bir tabiat mintaqalari paydo bo’ladi bolalar imkon qadar tezroq har bir tabiat mintaqasining ingliz tilida nomlashlari kerak, kim ko’proq aytsa dars oxirida qo’shimcha stiker beriladi.

  • Video qo’yish: https://youtu.be/HNadLaRrcZM

    Dars oxirida o’qituvchi natijalarni sarhisob qiladi, og'zaki so’rov o’tkazadi.


    Xulosa


    Xulosa qilib shuni alohida ta’kidlash kerak, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya bеrishning asosiy maqsad va vazifalari bolalarni aqliy va jismoniy jihatdan rivojlantirish va maktabga tayyorlash, ularning ruhiyati, shaxsiy qobiliyati, intilishi va ehtiyojlari milliy va umuminsoniy qadriyatlar hududiy xususiyatlarni hisobga olgan holda rivojlanishni ta'minlash, ularni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish jarayoni oldiga qo`yilgan maqsad va vazifalarning bajarilishiga erishish ushbu “Bolalarni rivojlantirish va maktabgacha tayyorlash” tayanch dasturi asosida amalga oshiriladi. O`yinlardan didaktik maqsadlarda foydalanishga oid yo`nalish XVIII asrda pеdagoglar faoliyatida kеng rivojlandi. O`yinda bolaning insoniy faoliyatining eng umumiy, eng asosli ma'nodagi xatti-harakati namoyon bo`ladi. Shaklan va mazmunan rang-barang bo`lgan o`yinlar bolani mavjud hayotiy hodisalar doirasiga olib kiradi, bunda kattalarning bilim, ko`nikma va malakalari, harakat usullari, ijtimoiy tajribalarini oldindan o`zlashtirish ta’minlanadi. O`yinda bolaning o`z tеngqurlari va kattalar bilan bo`ladigan munosabat, muomala usullari shakllanadi, hissiyot va didi tarbiyalanadi. Syujеtli-rolli o`yinlar mazmunining o`ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. O`yin bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir. Syujеtli o`yin aqliy tarbiya vositalaridan biridir. Bola o`yinda atrof muhitdagi voqеa va hodisalarni aks ettirib ularni hayolan qayta tiklaydi. Bunda bu obrazlar va taassurotlardan foydalanadi. Bola tasvirlayotgan hodisalar haqidagi bilimlarni o`z mushohadalarida ifodalaydi, bu uning konkrеt buyumdan u haqida fikrlashga o`tganini bildiradi.


    O’zbekistonda maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o’qitish va o’rganish tizimi takomillashib borayotgan bugungi kunda ta'lim jarayonida ingliz tilini zamonaviy texnologiyalar asosida, interfaol uslublar ishtirokida o’qitishni samarali tashkil etish texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish dolzarb masalalardan biri
    hisoblanadi.Amal
    ga oshirilgan mazkur ilmiy kurs ishi ta'lim tizimini takomillashtirish, didaktik o’yinlar vositasida, ilg'or pedagogik texnologiyalar orqali ingliz tilini o’rgatish samaradorligini oshirishga qaratilgan. Shuningdek, birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasidagi "Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori" mavzusidagi so’zlagan nutqidan kelib chiqqan holdaqabul qilingan "Ta’lim to’g‘risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash bo’yicha milliy dastur (1997 yil 29 avgust) ning amalda qo’llanilishi bugungi shaxs faoliyatidan, uning ijtimoiy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi omillaridan yanada unumliroq foydalanish yo’llarini izlashga da’vat etadi. Bu esa, avvalo inson ma’naviyati, ruhiyati va ijtimoiy kamoloti bilan shug‘ullanuvchi psixologlar oldiga bir muncha jiddiy va mas’uliyatli vazifalarni qo’yadi. Bu vazifalarning bajarilishi esa har bir shaxs va uning faoliyatini bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot tamoyillari qo’ygan talablar asosida qaror toptirishga ko’maklashuvchi psixologik xizmat jarayonining muvaffaqiyatli tatbiq etilishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Zero, shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy-tatbiqiy yo’nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko’pgina olimlar o’z fikr-mulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar. Bu jarayonlarni ta'minlash maqsadida olib borilgan nazariy va eksperimental kurs ishi natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:

    • ta'lim to’g'risidagi qator xujjatlar, qarorlar bilan birga bir qancha sohaga tegishli adabiyotlar ko’rib chiqildi. Shu bilan birga, chet tillarni kichik yoshdagi bolalarga samarali o’qitishning dolzarb masalalariga yo’naltirilgan o’zbekistonlik olimlar va xorijlik pedagoglarning asarlari va ilmiy maqolalari tahlilga etilib, ijobiy fikrlaridan foydalanildi;

    • maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ingliz tili darsini didaktik loyihalashtirish maqsadida, ingliz tilini didaktik o’yinlar, zamonaviy interfaol metodlar, innovatsion

    texnologiyalar hamda AKT vositalariyordamida o’rgatishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari o’rganildi va tahlil qilindi;

    • maktabgacha ta'lim muassasalaridagi ingliz tili mashg'ulotlari kuzatildi, metodik tavsiyalar ishlab chiqildi, mavzularga oid namunaviy dars rejalari tuzildi, tajriba-sinovdan o’tkazildi va o’quv jarayoniga tatbiq etildi;

    • kurs ishi maqsadiga mos texnologiya vositalari tanlandi va ingliz tilini o’rgatish jarayoniga tatbiq etildi.

    Shunday qilib, ingliz tili mashg'ulotlari mavzusiga mos didaktik va kompyuter o’yin turlarining tanlanishi, o’yin texnologiyasida o’rganiladigan material mazmunining o’ziga xosligi va o’quv topshiriqlarining hisobga olinishi, tarbiyalanuvchilarning o’yin faoliyatini tashkil qilishda o’yin tuzilishining e'tiborga olinishi dars samaradorligini ta'minlash vositasiga aylandi.
    Maktabgacha ta'lim muassasalarida ingliz tilini o’rgatishda quyidagi tavsiyalar asosida ish ko’rilishi maqsadga muvofiq:

    • ingliz tili mashg'ulotlari maqsadi, mazmuni va uslubi jihatidan tarbiyalanuvchilar guruhining bilim va talablariga yo’naltirilishi lozim;

    • mashg'ulot rejasi har bir bolaning talablari, imkoniyatlari va ehtiyojlariga to’g'ri kelishi shart;

    • ingliz tili mashg'ulotlari bolalarning dunyo to’g'risidagi tasavvurlari bilan bog'lanishi, ular uchun muhim hisoblangan o’yin elementlari orqali boshqa sohalarda ham ularning qobiliyatlarini rivojlantirish lozim.

    Yüklə 102,08 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin