O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti


Pedagogik texnologiyada ta’limni individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish



Yüklə 65,27 Kb.
səhifə3/6
tarix10.06.2023
ölçüsü65,27 Kb.
#127978
1   2   3   4   5   6
Azimova M

1.2 Pedagogik texnologiyada ta’limni individuallashtirish va tabaqalashtirishga erishish
Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi. Unda:
• pedagog faqat birgina talaba bilan o‘zaro munosabatda bo‘ladi;
• bir talaba faqat o‘qitish vositalari (kitoblar, kompyuter va b.) bilan o‘zaro aloqada bo‘ladi. Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi.
Shaxsiy yondoshish deganda:
• pedagogikaning tamoyili bo‘lib, unga ko‘ra pedagog o‘quv — tarbiya ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda ayrim talabalar bilan individual model 39 bo‘yicha o‘zaro munosabatda bo‘lish hamda individual xususiyatlarga asoslanish;
• o‘quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;
• barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga alohida rivojlanish uchun psixologik-pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi. O‘qitishni individuallashtirish:
• o‘quv jarayonini tashkil yetish bo‘lib, unda o‘qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan bog‘lanadi;
• individual yondashuvni ta ‘minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik va tashkiliy-ma ‘muriy tadbirlardir. Shunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlaiga ko‘ra o‘qitishni individuallashtirish o‘quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi. O‘qitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab berildi:
• Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasi;
• A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnalogiyasi;
•V.D.Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida o‘qitish texnalogiyasi. Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy konsepsiya hozirgi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilarning maktabdagi va uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan. Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual o‘quv vazifalari, joriy o‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr yetilgan ish daftarlarini tushunadi. A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida tashkil yetish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi. A.S.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil yetishidir:
• Birinchi qism – barchani o‘qitish;
• Ikkinchi qism – ikki parallel jarayon: o‘quvchilarning mustaqil ishlari va o‘qituvchining ayrim o‘quvchilar bilan individual ishlashi, ya’ni umumlashtirilgan sxemalardanfoydalanish, almashinib turuvchijufi o‘qituvchi bo‘lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazifalar va b. Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga ye’tibor berishga, barchaning kuchi yetadigan hamda o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o‘quv jarayonini tashkil yetishga imkon beradi. Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud:
• individuallashtirish o‘qitish jarayoni strategiyasidir;
• individuallashtirish – individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
• barcha o‘rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan foydalanishning mumkinligi;
• individual ishlarni o‘quv faoliyatining boshqa shakllari bilan integratsiyalash;
• individual suratda, uslubda o‘rganish. Individuallashtirish texnologiyasining umumiyxususiyatlariga quyidagilar kiradi;
• o‘zlashtira olmaslikka olib keluvchi omillarni qayd qilish; • fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko‘nikmalarni yegallash asnosida individual kamchiliklarni tuzata olish usullari;
• oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bo‘linmasligi hamda iroda sustligi kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish;
• qobiliyatli va iste’dodli o‘quvchilarga nisbatan o‘quv jarayonini opedagogik texnologiyaimallashtirish (ijodiy faoliyat, sinfva sinfdan tashqari ishlarni hisobga olish); • o‘qitish jarayonini tanlash yerkinligini berish;
• umumiy o‘quv malakalari va ko‘nikmalarini shakllantirish;
• o‘quvchilarning o‘z-o‘ziga mos baho bera olishini shakllantirish;
• (o‘qitishning texnik vositalaridan, shuningdek, EHMdan foydalanish. O‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi: Batov tizimi. AQShda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismga bo‘linadi: Birinchi qism- butunicha sinf ishi. Ikkinchi qism- individual mashg‘ulotlar. Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan o‘quvchilar bilan yo umum tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi. Yuqori qobiliyatli kategoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan kamroq qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi shug‘ullanadi. Tramp rejasi - bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu o‘qitish shakllarimng shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg‘ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi. Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat katta guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, proffcssorlar leksiya o‘qiydilar. 10-15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar. Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlarga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi 41 individual ishlarga yesa 40% ajratiladi. Odatdagi sinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas. Dasturlashtirilgan o‘qitish XX asrning 50-yillari boshida paydo bo‘ldi. U amerikalik psixolog B.Skinner nomi bilan bog‘liq. U materiallarning o‘zlashtirilishini boshqarishning samaradorligini oshirishda, axborotlarni qismma-qism uzatishning muntazam programmasi asosiga qurish va uni nazorat qilishni tavsiya etdi. V.P.Bespalko bilish faoliyatini tashkil yetish va boshqarish namunasidagi pedagogik texnologiya tasnifini tavsiya etdi. U o‘qituvchi va ta’lim oluvchi (boshqariluvchi) munosabatlarini quyidagicha belgilaydi:
• berk- (o‘quvchilarning nazorat qilinmaydigan va tuzatilmaydigan faoliyati); • davriy (nazorat, o‘z-of’zini nazorat qilish, o‘zaro nazorat);
• tarqoq - (frontal) yoki yo‘nalganlik (individuallik); • goh (og‘zaki) yoki avtomatlar (o‘quv vositalari) orqali. V. P.
Bespalko texnologiyasi turlari:  klassik leksiya metodida o‘qitish (boshqaruv-berk, tarqoq, qo‘lda);  audiovizual texnik vositalarda o‘qitish (berk, tarqoq, avtomatlashtirilgan);  «konsultant (maslahatchilar)» tizimi (berk, yo‘naltirilgan, qo‘lda);  o‘quv adabiyotlari yordamida o‘qitish (berk, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan) - mustaqil ish;  «kichik guruhlar» tizimi (davriy, tarqoq, qo‘lda) - guruhlardagi o‘qitishning tabaqalashtirilgan usuli;  kompyuter o‘qitishlari (davriy, tarqoq, avtomatlashtirilgan);  «repetitor» tizimi (davriy, yo‘naltirilgan, qo‘lda) - individual o‘qitish;  dasturlashtirilgan o‘qitish (davriy, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan), ular uchun oldindan programmalar tuzib qo‘yiladi. Dasturlashtirilgan o‘qitishning beshta asosiy tamoyili farqlanadi: 1. Boshqarish qurilmalarining muayyan bosqichliligi (ierarxiya) tamoyili. Bu programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasining ierarxiya tuzilmasida avvalambor pedagog turadi, va bu fanda dastlabki umumiy mo‘ljal hisoblanadi; o‘qitishning murakkab nostandart vaziyatlarida individual yordam va korreksiya o‘rin oladi. 2. Qayta aloqa tamoyili. U o‘quv faoliyatining har bir tadbiri bo‘yicha o‘quv jarayonini boshqarishning davriy tashkil yetish tizimini talab qiladi. Bunda awalo to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi - zaruriy harakat obrazi to‘g‘risidagi axborot boshqaruvchi obektdan boshqariluvchiga uzatiladi. Qayta aloqa, V.P.Bespalko ta’kidlashicha, pedagog uchungina emas, balki ta’lim oluvchiga ham zarur birinchisiga korreksiya uchun, ikkinchisiga esa o‘quv materialini tushunish uchun. 42 Ichki va tashqi qayta aloqa ham mavjud. Ichki qayta aloqa ta’lim oluvchilarning o‘z natijalarini va o‘zining aqliy faoliyati xarakterini mustaqil korreksiya qilish uchun xizmat qiladi. Tashqi qayta aloqa ta’lim oluvchiga bevosita o‘quv jarayonini boshqaruvchi qurilmalar vositasida yoki pedagog tomonidan ta’sir etishda amalga oshiriladi.
3. O‘quv materialini yoritish va uzatishda amalga oshiriladigan odimlovchi texnologik jarayon tamoyili. Odimlovchi o‘quv tadbiri - bu texnologik usul bo‘lib, unda o‘kuv materiali programmada axborot bo‘laklari va o‘quv vazifalari (bilim va malakalarni samarali o‘zlashtirishni ta’minlashga xizmat qiladigan va ta’lim oluvchining bilimlarni o‘zlashtirishning muayyan nazariyasini aks ettirgan)ning kengligi bo‘yicha alohida, mustaqil, lekin o‘zaro bog‘langan va opedagogik texnologiyaimal bo‘lgan qismlardan iboratdir. To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta aloqa uchun zarur bo‘lgan axborotlar to‘plami, bilish harakatlari va qoidalarining ta’limiy programma odimini hosil qiladi. Bu odim tarkibiga uch o‘zaro aloqador kadr (zveno) qo‘shiladi: axborot, qayta aloqa tadbiri va nazorat. Odimlovchi o‘quv tadbirlari izchilligi programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasi asosini tashkil etuvchi ta’limiy programmani hosil qiladi. 4. O‘qitishda individual namuna va boshqarish tamoyili davom ettiriladi. Bu tamoyil ta’lim oluvchining har biriga shunday axborot jarayonini yo‘naltiradi va tavsiya etadiki, u ta’lim oluvchiga mashq jarayonida, tezlikda oldinga siljishga imkoniyat beradi, chunki uning bilish kuchi unga muvofiq ravishda boshqaruvchi tomonidan uzatilgan axborotga, moslashishga qulay bo‘ladi. 5. Programmalashtirilgan o‘quv materialini uzatish uchun maxsus texnik vositalardan foydalanish tamoyili. Programmalashtirilgan o‘qitish texnologiyasini ilmiy asoslash bir qator ta’limiy programmalarni farqlash imkoniyatini beradi: • rayon programmalar; • tarmoqlanuvchi programmalar; • soddalashtirilgan programmalar; • aralash programmalar; • algoritm; • blokli o‘qitish; • modulli o‘qitish; • bilimlarni to‘la o‘zlashtirish; Ravon programmalar – bu nazorat topshiriqlari va o‘quv axborotlarining almashinib turuvchi u qadar katta bo‘lmagan bloklari ketma-ketligidir. Ravon programmada ta’lim oluvchi to‘g‘ri javob berishi shart. Ba’zan yehtimol deb 43 topilgan javoblardan birini shunchaki tanlaydi. To‘g‘ri topilgan javobda u yangi o‘quv axborotiga ega bo‘ladi. Agar javob to‘g‘ri chiqmasa, axborotni qaytadan o‘rganishga tavsiya etiladi. Tarmoqlanuvchi programma. Ta’lim oluvchi noto‘g‘ri javob berganda, unga qo‘shimcha o‘quv axboroti beriladi va u ta’lim oluvchiga nazorat topshiriqlarini bajarish, to‘g‘ri javob qaytarish va o‘quv axborotlarining yangi bo‘laklarini olish imkoniyatini beradi. Soddalashtirilgan programma. U ta’lim oluvchiga yangi o‘quv materialini murakkablik darajasiga qarab tanlab olish, uni o‘zlashtirish jarayonida u yoki bu tarzda o‘zgartirish, oddiy ma’lumotnoma, lug‘at va qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Aralash programma. U ravon, tarmoqlanuvchi, soddalashtirilgan programma bo‘laklarini o‘zida qamrab oladi. Algoritm. U aqliy va amaliy tadbirlar izchilligini belgilovchi tafsilotdir. U o‘qitishning mustaqil vositasi hamda ta’limiy programmlarning qismi bo‘lishi ham mumkin. Blokli o‘qitish. Bu moslashuvchan programma asosida o‘quvchilarning turli-tuman intellektual tadbirlar va yegallagan bilimlaridan o‘quv vazifalarini yechishda foydalanish imkoniyatlarini ta’minlaydi. Quyidagi izchil bloklar farqlanadi: • axborot bloki; • test-axborot (o‘zlashtirishni tekshirish); • korreksion-axborot (noto‘g‘ri javob qaytarilganda qo‘shimcha o‘qitish); • muammoli blok: olingan bilimlar asosida vazifalami yechish; • tekshirish va korreksiya bloki. Modulli o‘qitish. U modullar bo‘yicha tuzilgan o‘quv programmalari asosida o‘qitishni tashkil yetishdir. Modul kurs mazmunini uch sathda qamrab oladi: to‘la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan. Programma materiallari bir vaqtning o‘zida barcha yehtimol ko‘rilgan kodlarda: rasm, test, ramzlar va so‘z bilan berilishi mumkin. O‘qitish moduli o‘quv materialining avtonom (mustaqil) qismi bo‘lib, quyidagi komponentlardan tashkil topadi: • aniq ifodaga ega bo‘lgan o‘quv maqsadi (maqsadli programma); • axborotlar banki: o‘qitish programmasi shaklidagi ayni o‘quv materiali; • maqsadlarga erishish bo‘yicha metodik qo‘llanma; • zaruriy malakalarni shakllantirish bo‘yicha amaliy mashgulotlar; • qo‘yilgan modul maqsadiga qatiy muvofiq keluvchi nazorat ishi. Bilimlarni to‘la o‘zlashtirish texnologiyasi. O‘quv materiallari bir necha bo‘laklaiga bo‘linadi: o‘zlashtirilishi tegishli bo‘lgan o‘quv 44 unsurlari, undan so‘ng bo‘limlar bo‘yicha tekshirish uchun materiallar ishlab chiqiladi, undan so‘ng o‘qitish, tekshirish - joriy nazorat, korrektirovka va qayta, o‘zgartirilgan tarzda ishlab chiqish - o‘qitish. Hozirgi davr o‘quv jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tatbiq qilish bilan xarakterlidir. Pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta’lim texnologiyalarining ilmiy asoslarini ishlab chiqish, pedagogik innovatsiyalar, mualliflik maktablari va yangi texnologiyalarni yeksperiment qilish bilan bog‘liqdir. Bu tajribalar muayyan tizimni ishlab chiqish va umumlashtirishni talab etadi. Pedagogik texnologiyaga yaxlit hodisa sifatida qaraladi. Texnologiyaning interfaol sifatlari, tarkibiy qismlari, tuzilmasi, funksional tavsifi, kommunikativ xususiyatlari, tarixiyligi va uzviyligi tadqiq qilinmoqda. «Texnologiya»,pedagogik texnologiya» tushunchalari hamon tadqiqotlar bo‘lishini taqozo etadi. Pedagogik texnologiyalar tasniflarini asoslash, texnologiya turlari mazmunining yoritilishi, bu texnologiyalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘llarini belgilash ta’limning barcha bosqichlarida uning samaradorligini oshirishga imkon beradi. «O‘qitish tizimining qurama texnologiyasi» saviyasiga va darslarda mavzu bo‘yicha davriylikni rivojlantirishga ko‘ra sinf ichidagi o‘qitishning tabaqalashtirilishi deb qaraladi, Darslar har bir mavzu bo‘yicha ketma-ket joylashgan besh tipdan iborat bo‘ladi: 1) mavzuni umumiy tahlil qiluvchi darslar (ular leksiyalar deb yuritiladi); 2) ta’lim oluvchilarning mustaqil ishlari jarayonida o‘quv materialining chuqurlashtirib ishlab chiqishini ko‘zda tutgan, tuzilgan seminar mashg‘ulotlari (bunday darslar uchtadan beshtagacha bo‘lishi mumkin); 3) bilimlarni umumlashtirish va tartibga tushirish (gurahlash) darslari (mavzular bo‘yicha sinovlar); 4) fanlararo materiallarni umumlashtirish (mavzular bo‘yicha vazifalarni himoya qilish); 5) dars-praktikumlar. Keyingi bosqichda o‘qituvchi o‘quvchilarning saviyalariga ko‘ra tabaqalashtirish ishlarini tashkil yetadi. Bu ish yangi materialni berish, uni mustahkamlash va takrorlash, bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiyada uchta tabaqalashtirishning turli darajadagi qiyinchiliklari: «A»,«V»,«S» dasturlari ajralib turadi. Dasturlar quyidagi vazifalarni hal qiladi: • muayyan darajadagi bilim, malaka va ko‘nikmalarni yegallashni ta ‘minlaydi; 45 • talim oluvchilarning ma ‘lum darajadagi mustaqilligini ta’minlaydi; «S» dasturi tayanch standart sifatida qayd qilinadi. Uni bajarish orqali ta’lim oluvchilar fan bo‘yicha o‘quv materialini, uni qayta tiklay olish darajasida o‘zlashtiradilar. «S» dasturi vazifalarini nisbatan qiyin dasturga o‘tmasdan oldin har bir o‘quvchi bajara olishi lozim. «V» dasturi mavzuni qo‘llash bilan bog‘liq masalalarni yechish uchun zarar bo‘lgan o‘quv va aqliy faoliyatining umumiy va o‘ziga xos usullari bilan birga yegallashni ta’minlaydi. Ushbu dasturga kiritiladigan qo‘shimcha ma’Iumotlar birinchi bosqich materiallarini kengaytiradi, asosiy bilimlarni isbotlaydi, namoyish yetadi va oydinlashtiradi hamda tushunchalarning amal qilish va qo‘llanishini ko‘rsatib turadi. «A» dasturi o‘quvchilarning bilimlarini to‘la anglash, ijodiy qo‘llash darajasiga ko‘taradi. Bu dasturda ijodiy qo‘llash istiqboli tobora takomillashib boruvchi ma’lumotlar, chuqurlashtiriladigan materiallar, hamda uning mantiqiy asoslanganligi joylashtirilgan. Materiallarni takrorlashda turli darajadagi vazifalarni yerkin tiklash metodikasi qo‘llanadi. Tabaqalashtirilgan vazifalarni nazorat qilishda individuallikka o‘tiladi va u chuqurlashtiriladi


Yüklə 65,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin