I.Bob.O‘rta Osiyo tekisliklari suv havzalari tarqalgan umurtqali hayvonlar
1.1 Suyakli baliqlar sinfi–osteichthyes
Baliqlar suvda yashovchi dastlabki umurtqali hayvonlar bo’lib, butun tana tuzilishi suv muhitida yashashga moslashgan. Suzgich qanotlari, odatda, parda bilan o’zaro tutashgan qattiq yoki yumshoq nurlardan tashkl topgan. Vertikal joylashgan dum, bitta yoki bir nechta orqa va anal suzgich qanotlari toq, ko’krak va qorin suzgich qanotlari juft suzgich qanotlardir.
Suyakli baliqlar terisida shilimshiq modda ishlab chiqaruvchi bir hujayrali bezlar ko’p bo’lib, odatda, suyak tangachalar bilan qoplangan. Ko’pchilik suyakli baliqlar tanasining ikki yoni bo’ylab yon chizig’i o’tadi. Ichki skeleti asosan suyakdan tashkil topgan. Nafas olish organi jabralardir.Jabralari ustida suyakli jabra qopqog’i joylashgan. Baliqlarning xilma-xil shaklga ega bo’lishi ularning biologiyasiga, muhitga moslashuviga va genetik xususiyatlariga bog’liq.3
1-rasm. Suzgich qanot nurlarining xillari:
a – tikanli; b – yumshoq (1-shoxlanmagan; 2 –tishchali; 3 – shoxlangan)
2 –rasm. Baliqlarning jabrasi:
1 – jabra yoyi; 2 – jabra o’simtalari; 3 – jabra yaproqlari.
3-rasm. Baliqlar tashqi ko’rinishining sxemasi:
1 – orqa suzgich qanoti (1a – tikanli qismi ; 1b – yumshoq qismi); 2 – ko’krak suzgich qanoti; 3 – qorin suzgich qanoti; 4 – anal suzgich qanoti; 5 – dum suzgich qanoti; 6 – yon chizig’i; 7 – jabra qopqog’i; 8 – burun teshigi; 9 – dumining bandi.
4 – rasm. Baliqlarni o’lchash sxemasi:
ac – tanasining uzunligi; ab – tanasining umumiy uzunligi; ad – boshining uzunligi;
ae – tumshug’ining uzunligi; am – antidorsal masofa; ef – ko’zining diametri;
fd – boshining ko’z orti bo’limi; gh – boshining balandligi; ji – tanasining eng baland qismi; kl – tanasining eng past qismi; mt – orqa suzgich qanotining uzunligi;
nc – postdorzal masofa; oc – dumi bandininguzunligi; qp – anal suzgich qanotining uzunligi; tr – ko’krak suzgich qanotining uzunligi; su – qorin suzgich qanotining balandligi; ts – ko’krak va qorin suzgich qanotlari orasidagi masofa.
Suyakli baliqlarni aniqlashda 1,2,3 va 4- rasmlardan hamda quyidagi o’lchamlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Tanasining uzunligi – tumshug’ining uchidan dum suzgich qanotining asosigacha bo’lgan masofa (aс).
Tanasining umumiy uzunligi – tumshug’ining uchidan dum suzgich qanotining uchigacha bo’lgan masofa (ab).
Boshining uzunligi – tumshug’ining uchidan jabra qopqog’ining keyingi qirrasigacha bo’lgan masofa (ad).
Tumshug’ining uzunligi – tumshug’ining uchidan ko’zining oldingi qirrasigacha bo’lgan masofa (ae).
Orqa va anal suzgich qanotlarining uzunligi – shu qanotlarning oldingi va oxirgi qirralari o’rtasidagi masofa (mt, qp).
Ko’krak va qorin suzgich qanotlarining uzunligi – qanotlarining asosidan uchigacha bo’lgan masofa (dr, su).
Dum bandining uzunligi – anal suzgich qanotining asosidan dum suzgich qanotining asosigacha bo’lgan masofa (oc).
Antidorsal masofa – tumshug’ining uchidan orqa suzgich qanotining birinchi sho’lasigacha bo’lgan masofa (ao).
Postdorsal masofa – orqa suzgich qanotining keyingi asosidan dum suzgich qanotining asosigacha bo’lgan masofa (vertikal chiziq bo’ylab(fs).
Tanasining eng baland qismi- orqasining eng baland nuqtasidan qornining eng past nuqtasi orasidagi masofa (ji).
Boshining balandligi – boshi tanaga qo’shilgan joy (gh).
Orqa va anal suzgich qanotlarining balandligi – eng uzun shu’lalarining uzunligi bilan o’lchanadi (mt, qp).
Ko’z orqasidagi bo’shlik – ko’zning keyingi qirrasidan jabra qopqog’ining keyingi qirrrasigacha o’lchanadi(fd).
Boshining yo’g’onligi (qalinligi) – boshining eng keng qirralari orasidagi masofa.
Ko’zlar orasidagi masofa yoki peshana kengligi – ko’zlarning ichki qirralari orasidagi masofa.
O’zbekistondagi suvlarda yashaydigan baliqlarning hammasi shu’la qanotlilar – Actinopterigii kenja sinfiga kiradi. Bizdagi shu’la qanotlilar 2 ta katta turkumga bo’linadi. 4
Dostları ilə paylaş: |