2.3. Halifa va vazirlarning sohaga qo’shgan hissalari Vazir va tabiblarning tarjimonlikka qiziqishi O‘sha davr vazir va tabiblarining turli tillardagi, xususan, onon tilidagi asar va meroslar tarjimalariga ega bo‘lish niyatlari natijasida tarjimonlar faoliyatiga homiylik qilish keng yoyildi.
Ayni paytda tarjimonlikka katta turtki bergan omillardan yana biri bu arablarning ulardan oldingi xalqlar sivilizatsiyasida erishilgan yutuqlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarga va merosiga ega bo‘lish rag‘batidir. Shu bois islom mashrikida turli vaqtlarda birinchi darajada tabobat va hastaliklar muolajasiga oid tarjimaga so‘ng falsafa va mantiqqa oid matnlarga eʼtibor qaratilgan. Shu o‘rinda taʼkidlash joizki, xalqlar o‘rtasidagi ijobiy munosabatlar va aloqalar o‘zaro tarjima faoliyatini kuchaytirish bilan birga, shu sohada ijod etishni rag‘batlantirib, samarasini yana-da ziyoda qilgan.
Xalifa Al-Maʼmun milodiy 786-8330y xijriy 3-4 asrlar oraligida yashab, tarjima va nakl xarakatining yana-da keng tus olishiga kumak bergan. Aynan shu davrda tibbiyot, matematika, ximiya, falakshunoslik, farmakologiya, tabiatshunoslik, geografiya, musiqashunoslik kabi kilingan.
Shu bilan birga arablar va eronliklar o‘rtasida hamda yoshi ulug arablar va yosh tarjimonlar o‘rtasida o‘rnatilgan kuchli aloqalar birinchi Abbosiylarning oltin davrida (750-847melodiy yy., 132- 232hijriy yy.) tarjima harakatining rivojlanishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda jamiyatning boshqa xalqlar ilm-faniga ehtiyoji bo‘lgani sababli ular to‘g‘risidagi maʼlumotlarni tarjima qilishga kizikish tobora oshgan. Xususan, yukorida qayd etilgan tibbiyot va hastaliklarni davolash bilan birga ularning qishloq xo‘jaligi va sanoatini rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlari doim eʼtiborda bo‘lgan. Shu bilan birga xalifalik tashqarisidagi Xalqlarning maʼnaviy va ruhiy hayoti, adabiyoti, ularning sheʼr sanʼati, novelistikasi xam kiziqish uygotgan.
III BOB. III ASRDA TARJIMA FAOLIYATINI RIVOJIGA HISSA QO‘SHGAN MASHXUR TARJIMONLAR