Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim


Umar ibn al-Farxan al-Tabariy



Yüklə 105,95 Kb.
səhifə8/10
tarix28.11.2023
ölçüsü105,95 Kb.
#169593
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tarjima va naql harakati hijriy III-asrlarda

3.2. Umar ibn al-Farxan al-Tabariy
Umar ibn al-Farxan al-Tabariy to‘rt mashhur tarjimonlarning biridir. Saʼid al-Andalusiyning 2 fikricha esa, u islomda eng moxir tarjimonlardan biridir. Umar ibn al-Farxan fors tilidan arab tiliga o‘girgan mutaxassislardan biridir.
Taʼkidlash joizki, Umar ibn al-Farxan al-Tabariy xalifa al- Maʼmun davrida "Bayt al-xikma" (Donolik uyi)da tarjima xarakati rivojlanishiga ko‘mak bergan.
Lekin, afsuski, mavjud manbalar Umar ibn al-Farxan al- Tabariyning tarjima soxasida yuritgan faoliyati to‘g‘risida to‘la va mufassal maʼlumotga ega emas. Bor maʼlumotlar al-Tabariyning tarjima soxasida
Amalga oshirilgan ishlarga o‘ta faol ko‘maklashgani va shu xarakat ruxiga kuchli turtki bergani taʼkidlaydi.
Umar ibn al-Farxan tarjima faoliyati bilan bir katorda munajjimlik sohasida xam kalam tebratgan. Bu yo‘nalishda u kator asarlar yozgan. Lekin tarjima sohasidagi saʼy-harakati munajjimlik soxasiga nisbatan ancha sermahsul edi.
Kiftiyning aytishicha: "Umar ibn al-Farxan al-Tabariy tarjima xarakati rahbarlaridan va yulduzlar xarakati buyicha biri edi. U juda dono va aklli olim bo‘lgan. Xalifa Xarun al-Rashid davrida Abbosiylar davlatining vazirlaridan biri Yaxya ibn Xolid ibn Barmak va xalifa al-Maʼmun davrida uning kasridagi va Xurosondagi vaziri al-Fadl ibn Sahl al-Saraxsiy bilan juda yaqin munosabatlar o‘rnatgan. Oxirgisi Umar ibn al-Farxanni kasrga chaqirtirib, xalifa al-Maʼmun bilan uchrashtiradi. Uchrashuvdan sung Umar ibn al-Farxan unga nafakat qator kitoblarni tarjima kilib beradi, balki yulduzlarga va turli ilmlarga bag‘ishlangan ko‘plab asarlarni ham yaratadi. Ular sirasiga Ptolemeyning Abu Yaxʼya al- Batrik tomonidan tarjima qilingan "To‘rt maqola tafsiri kitobi" (se), "Fazilatlar kitobiva "Faylasuflar kelishuvi va ularning chiziqlardagi farklari" Xulosa kilib aytish joizki, Umar ibn al-Farxan al-Tabariyning o‘z davrida orttirgan katta shuxrati va xurmat-ehtiromi bu uning - tarjima va munajjimlik sohasidagi faoliyatining natijasidir.



Yüklə 105,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin