Rasm-3.4.4. Qo‘l panja bo‘g‘imi OA bemorlarda estetik noqulaylik dinamik ko‘rsatkichlari
Tadqiqot olib borish jarayonida, noqulaylik darajasi pasayishi bir necha omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkinli hisobga olindi. Birinchidan, bemorlar qo‘llarning og‘rig‘i va deformatsiyasi shikoyatlari bilan shifokorga faol tashrif buyurganlarida qabul qilindi, ya'ni, maksimal tashvish paytida, takroriy ko‘rik davo buyrilgan va belgilangan vaqt oralig‘ida amalga oshirildi. Ikkinchidan, yuqorida aytib o‘tilganidek, og‘riq va estetik noqulaylik darajasi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va og‘riqni his qilishning pasayishi estetik noqulaylikning pasayishiga olib kelishi mumkin. Va nihoyat, kasallik tog‘risida bilim saviyasini oshirishga yonaltirilgan suhbatni o‘tkazish, bizning fikrimizcha, tashvish darajasini ham pasaytirdi, va undan foydalanish zarurligini ko‘rsatib berdi.
IV-BOB. OLINGAN NATIJALAR MUXOKAMASI
XULOSALAR
Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA turli variantlari bilan og‘rigan bemorlar bir-biridan farqlanuvchi bemorlar guruhini ifodalaydi: eroziv va tarqalgan OA variantlari, falangalararo bo‘g‘imlarning izolyatsiya qilingan OA bog‘imdagi og‘riqning va deformatsiyalangan bo‘g‘imlar soni darajalariga nisbatan sezilarli yuqori ko‘rsatkichlarga ega bolishi bilan ajralib turadi, zo‘ravonligidan oshadi.
Bo‘g‘im rentgenologik tekshiruv amaliyoti jarayonida, bo‘g‘im-aro tirqishlarning ko‘p sonli torayishlari hisobiga, eroziv OA shakli rentgenologik eng murakkab tekshirish usuli hisoblanadi. Bo‘g‘imlar UTT jarayonida esa osteofitlar va sinovitlar ko‘rinishidagi bo‘g‘im o‘zgarishlarini aniqlash eroziv va tarqalgan OA variantlari uchun bir xil ko‘rsatkichlarga ega bo‘ldi. OA chegaralangan shakli, ikkala instrumental tekshirish amaliyotida ham yuqoridagilarga nisbatan past og‘irlikdagi o‘zgarishlar bilan tavsiflandi.
Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA ilan kasallangan bemorlarning hayot sifati pasaygan va kasallik shakli bilan bog‘liq bo‘ladi: og‘riq va funktsional etishmovchilikning maksimal pasayishi eroziv OA shakliga tog‘ri keladi.
Estetik noqulaylik darajasi OA bilan kasal bemorlar hayot sifatida sezilarli ta’sir ko‘rsatib, kasallikning tarqalgan shaklida va yosh ayollarda maksimal darajaga teng. Bunga qoshimcha, bu ko‘rsatkich, rentgenologik va UTT natijalari bilan musbat bog‘liqlikga ega bolib, ijtimoiy omillarda bog‘liqlik aniqlanmadi.
Dostları ilə paylaş: |