O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi fan va innovatsiyalar vazirligi


Rasm-3.1.1. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlaro OA bemorlarning og‘riq va funktsional holati ko‘rsatkichlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə16/24
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#203115
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24
AYGUL DISSERTATSIYA (2)

Rasm-3.1.1. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlaro OA bemorlarning og‘riq va funktsional holati ko‘rsatkichlari
Shunisi e'tiborga loyiqki, taqqoslash guruhidagi ayollar ham qo‘l bo‘g‘imlaridagi og‘riqlardan shikoyat qilishgan va ma'lum darajadagi funktsional etishmovchilikni ko‘rsatishgan, ammo klinik tekshiruv davomida ularda sezilarli tayanch-harakat patologiyasi aniqlanmagan. Ehtimol, og‘riq subklinik tendinoz bilan (masalan, kompyuterda uzoq vaqt ishlaganda), bo‘yin yoki elkada og‘riq yoki anamnezida bilak sinishi hisobiga jarohatdan keying og‘riq bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Bemorlarni qo‘l bo‘g‘imlarining OA shakli bo‘yicha ajratish natijasida, interfalangeal bo‘g‘imlarning OA kichik guruhida qisqa muddatli boshlanish davomiyligiga va minimal miqdordagi deformatsiyalangan bo‘g‘imlarga ega yosh ayollar ko‘proq, eroziv va tarqalgan variantli OA bemorlarning yoshi nisbatan katta va kasallikning uzoq davom etishi bilan tavsiflanadigan ayollar guruhini tashkil etdi (rasm-5).

Rasm-3.1.2. Har xil turdagi qo‘l bo‘g‘imlari osteoartrozi bilan kasallangan bemorlarning antropometrik va anamnestik ma'lumotlari

Yuqoridagi rasmda ko‘rinib turganidek, barmoqlar-aro bo‘g‘im OA shaklida bemorlar yoshi ortacha 57 (52; 60), tarqalgan OA da 65 (55; 72) va eroziv OA shakllarida 66 (60;70) yoshlarni tashkil etdi.


Bunga qoshimcha OA davomiyligi barmoqlar-aro OA shaklida ortacha 3 yilni (2;4), tarqalgan shaklida 8 yilni (3;15) va eroziv OA shakllarida 10 yilni (5;15) tashkil qildi.
Og‘riqli bo‘g‘imlarning ortacha soni barmoqlar-aro bo‘g‘imlar OA shaklida 1(0; 3), tarqalgan shaklida 1(0; 3) va eroziv shakllarida 2 ta (0; ) tog‘ri keldi.
Deformatsiyalangan bo‘g‘imlarning ortacha soni barmqlar-aro bo‘g‘imlar OAda 6 (3; 9), tarqalgan shaklida 9.5 (5; 12) va eroziv shakllarida 10 (3; 17) tani tashkil qildi.
Bundan kelib chiqadiki, OA klinik kechish shakllarining orasida eng kuchli namoyon boluvchi va hayot sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatuvchi - eroziv shakli hisoblanadi.
Yoshga qarab ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda yoshga qarab og‘riq darajasining ortishi tendentsiyasi namoyon bo‘ldi: masalan, 45-55 yoshdagi kichik guruhda VASH bo‘yicha umumiy og‘riqli bo‘g‘imlar darajasi 42 mm ni tashkil etib, eng og‘riqli bo‘g‘imdagi og‘riq darajasi 57 mm ga teng boldi. Katta yoshdagi guruhda bu ko‘rsatkichlar mos ravishda 54 va 62 mm tashkil qildi (3-rasm).



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin