O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi fan va innovatsiyalar vazirligi


§1.3. Qo‘l panja bo‘g‘imlari osteoartrozining zamonaviy tekshiruv usullari…



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə2/24
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#203115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
AYGUL DISSERTATSIYA (2)


§1.3. Qo‘l panja bo‘g‘imlari osteoartrozining zamonaviy tekshiruv usullari…..
§1.4. Qo‘l panja bo‘g‘imlari osteoartrozi bilan kasallangan bemorlarning hayot sifati………………………..
II BOB. MATERIALLAR VA TADQIQOT USULLARI………………………
§2.1. Tadqiqot materiallarining klinik tavsifi .......................................
§2.2. Tadqiqot usullari .........................................................................
III-BOB. QO‘L PANJA BO‘G‘IMLARI OA NING KECHISH XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH VA HAYOT SIFATINI BAXOLASH
§3.1. Qo‘l panja bo‘g‘imlari osteoartrozi klinik variantlarining o‘ziga xos xususiyatlari……………………………………………..
§3.2. Qo‘l panja bo‘g‘imlari osteoartrozli bemorlarning rentgenologik tekshiruv natijalarining tahlili……………………………………
§3.3. Qo‘l panja bo‘g‘imlari osteoartrozli bemorlarning ultratovush tekshiruv natijalarining tahlili………………………………
§3.4. Qo‘l panja bo‘g‘imlari osteoartrozli bemorlarda hayot sifatini baholash………………………
IV-BOB. OLINGAN NATIJALAR MUHOKAMASI
Xulosalar ........................................................................................................
Adabiyotlar ro‘yhati .....................................................................................
MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI ANNOTATSIYASI
Mavzuning dolzarbligi. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari osteoartrozi (OA) keng tarqalishi va ayni ishchan davrdagi odamlar orasida uchrashi tufayli ijtimoiy muammo hisoblanadi. Turli izlanishar natijasi kasallik tarqalishi 6,8 dan 51% gacha tashkil qiladi. Asosiy klinik belgilari triadasi: qo‘l panjasidagi og‘riq va uvishish, har xil darajadagi funksional yetishmovchiligi va barmoqlarni difiguratsiyasi hisoblanadi. Klinik belgilarning o‘xshashligiga qaramasdan, kasallik ifodalanganligi bo‘g‘im shikastlanishlari tog‘ay suyakning subxondral bo‘limi sinovial qavat, bog‘lam, kapsula va pereartikulyar mushaklar zararlanishi hisobiga har xil bo‘ladi.
Hozirgi paytda ayni tasnifi yo‘qligiga qaramasdan qo‘l bo‘g‘imi OA ning har xil shakllari bor. Bir qator mualliflar OA ning quydagi turlarini farqladilar : eroziv OA, 1-barmoq OA, barmoqlararo bo‘g‘imlar OA (tugunlar bilan yoki tugunsiz), qo‘l panjalarining barcha bo‘g‘imlarining zararlanishi bilan kechuvchi shaklidir. ()
Ko‘rsatilgan shakllar klinik ko‘rinishi va kechishiga ko‘ra har xil bo‘lib, davolashda differensial yondashilganiga qaramasdan, hozirgi vaqtgacha to‘liq o‘rganilmagan. Bundan boshqa OAni tiplarga bo‘lishga aniq kriteriyalar yo‘q.
Mavjud Xalqaro tavsiyalar muammo yechilishini talab qiladi, lekin qo‘l panja OA variantlari differensiatsiyasi va o‘zgachaliklari haqidagi izlanishlar kam. Ko‘pgina izlanishlar eroziv OA ga bag‘ishlangan bo‘lib, boshqa OA shakllariga tegishli emas. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA klinik belgilari va kechishi farqlari bir nechta asosiy patofiziologik mexanizmlarga bog‘liq. Patogenezning asosiy bo‘g‘imi hisoblangan tog‘ay rezorbsiyasidan tashqari lokal yallig‘lanish va suyak subxondrial o‘zgarishlari ahamiyatga ega, suyak elementlari destruksiyasini aniqlovchi standart rentgenografiya sinovit belgilarini ko‘rsatmaydi, bu esa rentgenologik o‘zgarishlarni ifodalanishini og‘riq va funksional yetishmovchiliklar bilan nomutanosibligiga olib keladi.
So‘nggi 10-15 yil ichidagi yangi diagnostika usullarining ishlab chiqilishi OA patogenezining turli yo‘nalishlarini baholashga imkon berdi. Bunday usullardan biri qo‘l panja bo‘g‘imlari ultratovush tekshiruvidir.
Revmatoid artrit misolida, bu usulning sinovit bilan kechishi aniqlashdagi klinik tekshiruvdagi kortikal yetishmovchilikni aniqlashdagi standart rentgenografiyadan ustun kelishi va sinovit bo‘lgan holatda magnit rezonans tomagrafiyadan qolishmasligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bo‘g‘imlar palpatsiyasidagi o‘g‘riq bilan bo‘g‘imda sinovitning bo‘lishi o‘zaro bog‘liqligi aniqlangan, lekin o‘g‘riq sindromi darajasi va funksional buzilishlarning sinovitdagi buzilish va ifodalanganlikka bog‘liqligi aniqlanmagan.
OA turli tiplari bo‘lishiga qaramasdan, juda kam izlanishlar eroziv va noeroziv variantlarni solishtirilgan. Shuning bilan bir qatorda, bo‘g‘imlar ultratovush tekshiruvi usuli ayni shu variantlarning fenotipik har xilmi yoki turli variantlarning bir patogenezga egami degan savolga javob beradi va qo‘l bo‘g‘imi OSi turli tashxislar mezonlarini aniqlashga yordam beradi.
Amaliy jihatdan, qo‘l bo‘g‘imi OA bor bemorlarning hayot sifatini yaxshilash ahamiyatli. Xalqaro tavsiyalarga ko‘ra, bu kasallikka chalingan bemorlarni baholashda o‘g‘riq darajasi, funksional ish qobiliyati va umumiy o‘z-o‘zini baholash yanada aniqrog‘i uvushish va yallig‘lanish jarayoni bo‘lishiga ahamiyat berish lozim. Hayot sifatini baholashga bag‘ishlangan bir qancha izlanishlar natijasi OA bor bemorlar sog‘ligi, fizik va mental ko‘rsatkichlarining har xilligini ko‘rsatadi. Ehtimol, bu izlanish olib borilgan ish va guruhlarning kamligi, shuningdek OA turli variantlarda kechishi bilan bog‘liq. Yondosh kasalliklar bo‘lmagan holda OA ning eroziv va noeroziv turlarida og‘riq va uvushish darajasi tubdan farq qiladi.
Ko‘p izlanishlarda kuchli og‘riq va funksiya buzilishidan tashqari, osteofitlar va deviatsiyalar hisobiga barmoqlar defiguratsiyasi ko‘rsatilgan. Qo‘l bo‘g‘imi OA asosan 45-65 yoshdagi ayollar orasida ko‘p uchrashi tufayli qo‘l panjasi tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi yani estetik diskamfort bemorlarning hayot sifatiga va psixologik statusiga negativ ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omil hisoblanadi. Qo‘l bo‘g‘imi OA ni baholashda xalqaro tavsiyalarda estetik diskamfortni hisobga olish nazarda tutilganiga qaramasdan adabiyotlarda faqat bir nechta izlanishlar qo‘l panjasi tashqi ko‘rinishi bilan qanoatlanmasligi bilan ko‘rsatilgan. OA ning har xil variantlarida estetik diskamfort deferensial baho berilgan.
Hayot sifatining sezilarli pasayishiga qaramasdan, qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA patalogik oqibatlariga bag‘ishlangan ilmiy ishlar kam va bularda ko‘rsatilgan natijalar estetik diskamfortga o‘xshash standart so‘rovnomalar yo‘qligi sababli aniqlash (interpritatsiyalash) qiyin.
Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA ning har xil variantlarini aniqlash, bemorlar hayot sifatini va estetik diskomfortni baholash bemorlarni davolashda yakka tartibdagi yondashishga yordam beradi, bu esa zamonaviy tibbiyotning asosiy vazifasi hisoblanadi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin