O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi fan va innovatsiyalar vazirligi


§1.2. Qo‘l panja bo‘g‘imlari bo‘g‘imlari osteoartrozining klinik ko‘rinishi, kechish variantlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə7/24
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#203115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24
AYGUL DISSERTATSIYA (2)

§1.2. Qo‘l panja bo‘g‘imlari bo‘g‘imlari osteoartrozining klinik ko‘rinishi, kechish variantlari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari.
Morfologik jixatdan osteoartroz suyak tukimasining umumiy maydonining kamayishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Ushbu jarayonda suyak g‘ovak moddasida joylashgan normal suyak plastinkalari yupqalashib boradi va pirovardida teshik teshik kurinishiga kiradi, trabekulalarning galvirsimon tizimi esa bora-bora mo‘rtlashib boradi va ko‘p xollarda o‘z butunligini yoqotadi. Trabekulalar borgan sari yupqalashib so‘rilib boradi, ular orasidagi masofa kattalashib boradi, bu esa o‘z navbatida suyak ko‘migi bo‘shliqlarining kengayishiga olib keladi. Yoshga bog‘lik atrofiyadan farqli ularoq, osteoporozda ko‘p hollarda, saqlanib qolgan trabekulalarning kompensator ravishda qalinlashuvi kuzatilmaydi. Kortikal suyak endostal kavatining govak moddaga o‘tish jarayonida uning yupqalashuvi kuzatiladi, lekin suyak usti qavati ostida kam mikdorda bolsada osteonlar saqlanib qoladi. G‘ovaksimon suyakda yangi suyak hosil bo‘lish jarayoni buziladi, chunki bu erda o‘sish yuzalari bo‘lmaydi. Shunga bog‘lik holda osteoporoz g‘ovak moddani nisbatan ko‘p miqdorda saqlovchi umurtqalar, son suyagi boyinchasi, bilak suyagi distal qismi kabi sohalarda anchayin erta rivojlanadi [4].
Umumiy hisobda, 14 mln odam osteoartrozdan aziyat chekadi. Bundan tashqari 20 mln dan ortiq odamda STMZ ning kamayishi aniqlanadi, yani osteopeniya [17]. Ayollarda osteoartroz tarqalganligi bo‘yicha anologik ko‘rsatkichlar Shimoliy Amerika va G‘arbiy Evropaning bir qator mamlakatlari orasida aniqlangan [5, 18]. Suyak to‘qimasi doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bir paytning o‘zida ikkita qarama qarshi jarayon: suyak hosil bo‘lishi va suyak rezorbsiyasi davom etib boradi, bu ikkila jarayonning qanchalik balansda bo‘lishiga ko‘ra suyak sifati va chidamliligi, uning mineral zichligi turli holatda bo‘ladi. Esterogenlar etishmasligi bo‘lganda ushbu balans suyak to‘qimasini yuqotilishi tomonga salbiy o‘zgaradi. Shunga qaramasdan estrogenlar etishmasligi suyak mineral zichligi kamayishining yagona sababi emas. Suyak remodellanish holati fosfor-kalsiy almashinuvi holati, paratireoid gormonlar, D-vitamini, o‘sish gormoni, kalsitonin, tireoid gormonlar, glyukokortikoid gormonlar kabi bir qator omillarga bog‘liqdir.
Umuman olganda, suyak to‘qimasi metabolizmi ikki asosiy regulyator mexanizm osteoblastgenez (kanonik signalli yul) va osteoklastogenez (RANKL/RANK/OPG) orqali amalga oshiriladi. Yosh kattalashishi bilan osteoblastogenez va osteklastogenez molekula - regulyatorlaridagi ekspressiya o‘zgarishlari va boshqa salbiy omillarning ta’siri natijasida suyak toqimasi chidamliligi kamayadi. Bu esa o‘z navbatida suyak massasi kamayishi, suyak mineral zichligi kamayishi, ichki mikroarxitektonikasi buzilishi, minimal travmalarda suyak sinishlari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi [5].
Osteoartroz o‘zining uzoq kechuvchi va rivojlanib boruvchi xarakterga ega ekanligi bilan malum. Kam hollarda osteoartroz bemor hayoti uchun xavfli holatlar keltirib chiqaradi, lekin o‘z navbatida shuni ta’kidlash lozimki ko‘p holatlarda ushbu kasallikka chalingan bemorlarda turli dajada nogironlik holatlari kelib chiqishi kuzatiladi.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin