O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi fan va innovatsiyalar vazirligi



Yüklə 0,5 Mb.
səhifə3/24
tarix07.01.2024
ölçüsü0,5 Mb.
#203115
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
AYGUL DISSERTATSIYA (2)

TADQIQOTNING MAQSADI:
Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari osteartrozining turli xil variantlarining diagnostikasi va kechish xususiyatlarini o‘rganish, bemorlarning hayot sifatini baholash.
TADQIQOTNING VAZIFALARI:
1. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari osteartrozining klinik kechish xususiyatlarini uning variantiga qarab o‘rganish
2. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari osteartrozining har xil turlarining rentgenologik va ultratovush belgilarini tahlil qilish
3. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari osteartrozli bemorlarning hayot sifatini baholash
TADQIQOT MATERIALLARI VA USULLARI:
I. Klinik tekshirish
1. Shikoyatlar yig‘ish
2. Anamnez yig‘ish
3. Obyektiv tekshirish
II. Laboratoriya va instrumental tekshirish usullari:
1. Umumiy qon tahlili
2. Umumiy siydik tahlili
3. Yallig‘lanishning o‘tkir fazasi ko‘rsatkichlari
4. Qonning biokimyoviy tekshiruvi
5. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari rentgenografiyasi
6. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari ultratovush tekshiruvi
7. Hayot sifatini o‘rganishda shu ko‘rsatkichni baholashda foydalanilgan so‘rovnoma – Short Form Medical Outcomes Study (SF-36)


ILMIY ISH YANGILIGI
Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA ning turli xil variantlarining klinik va instrumental xususiyatlari o‘rganilgan. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA bo‘lgan bemorlarning hayot sifati baholangan.
ISHNING AMALIY AHAMIYATI
OA klinik ko‘rinishi, rentgenologik, ultratovush tekshiruvi natijalari har xilligi, kechishining o‘ziga xosligi hayot sifatiga ta’siriga ko‘ra turli xil variantlarining bo‘lishi, shu kasalligi bor bemorlarning yakka tartibdagi davo olib borishi lozimligini hisobga olgan holda bemorlar orasida differensial diagnostika o‘tkazish zaruriyatini tug‘diradi. Standart rentgenografiyadan qolishmaydigan qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA ni tashxislashdagi ultratovush tekshiruvlari bu usulning diagnostik ahamiyatini va mezonlarini ishlab chiqish va ularning klinik amaliyotda qo‘llanilish zaruriyatini tasdiqlaydi. Qo‘l panjasi bo‘g‘imlari OA i bor bemorlarda hayot sifatini sezilarli pasayishi, bemorlarda estetik diskomfortning bo‘lishi shu guruh bemorlarda hayot sifatiga baho berish, estetik diskamfortni aniqlash usullarini ishlab chiqish va ularni klinik amaliyotda qo‘llash va korreksiyalash usullarini ishlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi.



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin