4-rasm. Asosiy guruh bemorlarida OA shakllari variatsiyasi
Oxirgi guruh bemorlarining son jihatidan kam bolganligini hisobga olgan holda statistik urg‘u berilmadi, klinik-instrumental ma’lumotlar klinik kuzatish sifatida keltirildi.
Birlamchi tashrifdan so‘ng, asosiy guruhdagi barcha bemorlarga ikkita asosiy qismdan iborat kompleks terapiya buyurildi. Birinchidan, mavjud AKR-2012 tavsiyalariga asoslanib, ularga quyidagi terapevtik usullardan foydalanish buyrildi [47]:
qo‘l mushaklarini kuchaytirishga qaratilgan jismoniy terapiya, shu jumladan kuniga 10-15 daqiqagacha ekspander bilan mashqlar. Jismoniy mashqlar rejasi bemorlarga namuna sifatida qog‘ozda taqdim etildi, agar kerak bo‘lsa, bemorlar mashqlarning to‘g‘riligi berilgan tartib boyicha tekshirib boorish imkoniyati yaratildi.
mahalliy issiq muolajalar - har 3 oyda bir marta 10-12 kun oralig‘ida 15-20 daqiqa davomida qo‘llarga parafinli terapiyasi.
kapsaitsin asosida malhamlardan mahalliy foydalanish (faol modda - dimetil sulfoksid 0,05% eritma) kuniga 2 marta - 14 kungacha; keyin - diklofenak bilan gel 1% - kuniga 2 marta - 14 kun. Keyinchalik, og‘riq sindromi kuchayganda (malhamlar 2 hafta oralig‘ida almashtirilgan) ro‘yxatga olingan topikal dori-darmonlarni qo‘llash tavsiya etilgan.
VASH byicha 40 balldan ortiq og‘riqlar uchun - steroid bo‘lmagan yallig‘lanishga qarshi dori vositalari per os - meloksikam 2 hafta davomida kuniga 7,5 mg, keyinchalik og‘riq darajasiga qarab tavsiya etildi.
Bunga qoshimcha, bemorlar bilan kasallikning kechish tabiati, rivojlanish mexanizmlari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlari haqida ma'rifiy suhbat o‘tkazildi va vaqt o‘tishi bilan simptomlarning o‘zgarishi ehtimoli haqida ma'lumot berildi. Suhbatning o‘rtacha davomiyligi 20-25 daqiqa; uning davomida kasallikning etiologiyasi va patogenezi masalalariga qisqacha to‘xtalib o‘tildi va batafsilroq - asosiy klinik ko‘rinishlar, kursning xususiyatlari, bemorlarni tashxislash va davolash tashkil qildi. Qo‘l bo‘g‘imlarining tashqi deformatsiyasining paydo bo‘lishi va rivojlanishining sabablariga alohida e'tibor qaratildi. Suhbat tasvirlimateriallardan foydalangan holda ayollar uchun tushunarli tilda olib borildi.
Ishning yakuniy bosqichida ayollar birinchi tashrifdan boshlab 3 va 6 oydan keyin ikkinchi ko‘rikga faol taklif qilindi. 3 oydan so‘ng, bemorlar ko‘rigi va dinamikada davolash sxemasiga qoshimcha qilish yoki o‘zgartirish kiritish va za’rur bo‘lganda savollarga javob berish bilan o‘tkazildi. 6 oydan so‘ng bemorlar Salomatlikni baholash anketasi (HAQ) va hayot sifatini baholash sorovnomasi asosida qayta ko‘rikdan otqazildi.
Dostları ilə paylaş: |