Rasm-1. Qol panjasi bog‘imlari OA bemorlarda klimakterik sindrom kechish og‘irligi va gormonal davo qabul qilish
OA bilan kasallangan bemorlar ayolar ortasida og‘riqli va deformatsiyalangan bog‘imlar soni ikkinchi guruhga nisbatad sezilarli farqlanish kuzatildi. Shuni ta’kidlash lozimki, taqqoslash guruhidagi 10 ta ayolda qol panjasi bog‘imlari deformatsiyasi ho‘latlari kuzatildi: bunda 7 ta holatda jarohatdan keyingi deformatsiyalar, 1 ta holatda tug‘ma deformatsiya va 2 holatda proksimal falangalar-aro bog‘imlardagi sinovial kistalar aniqlandi (jadval 2.2).
Jadval 2.2
Qol panjasi bog‘imlari OA bemorlarning klinik xarakteristikasi
(mediana 25% va 75% pertsentil)
Ko‘rsatkich
|
Bemorlar
|
Asosiy guruh,
n=90
|
Taqqoslash guruhi, n=45
|
Р
|
Og‘riqli bog‘imlar soni
|
1 (0; 4)
|
0 (0; 0)
|
0,002
|
Deformatsiyalangan bog‘imlar soni
|
8(4; 11)
|
0(0; 1)
|
<0,001
|
VASH boyicha og‘riq darajasi
|
46 (30; 57)
|
0(0; 12)
|
<0,001
|
ECHT mm/soat
|
19(10; 27)
|
17 (8; 23)
|
0,68
|
SRO mg/l
|
8(4; 12)
|
6(3; И)
|
0,57
|
VASH bo‘yicha (mm) og‘riq darajasi asosiy guruhda taqqoslash guruhiga nisbatan sezilarli darajada yuqori natijalarni ko‘rsatdi. Shuni ta'kidlash kerakki, taqqoslash guruhidagi og‘riqlar subklinik tendinoz (masalan, kompyuterda uzoq vaqt ishlaganda), bo‘yin yoki elkada og‘riq, karpal tunnel sindromi yoki bilak sinishi tarixi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot davomida, tekshirishga olingan bemorlar orasida yondosh kasalliklar uchrashi quydagi ko‘rinishga ega boldi (rasm -2). Bunda asosan ayollar yurak-qon tomir kasalliklari, oshqozon-ichak tizimi kasalliklaridan eng ko‘p aziyat chekishi, arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi, surunkali pankreatit va xoletsistit eng ko‘p qayd etildi.
Dostları ilə paylaş: |