O’zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy amaliy tadqiqot markazi boshqaruv xodimlarining umumiy soni 24 kishidan iborat bo’lishi kerak.
“Oila” markazi oila institutini rivojlantirish sohasida amalga oshiriladigan fundamental , amaliy va innavatsion loyilarni ekspertizadan o’tkazishda ishtirok etadi . Tadqiqot natijalar amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlaydi .
“Oila “ markazining rasmiy nomi
!) Davlat tilida nomi to’liq __ O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OILA” ilmiy – amaliy tadqiqot markasi , qisqartmasi – “OILA”
“OILa” markazini qayta tashkil qilish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oilaning jamiyat ta-raqqiyotidaga, ma’naviy barkamol va jismonan sog‘lom avlodni tarbi-yalashdagi katta ahamiyatini hisobga olib, oilaga daxldor boy hamda chuqur mazmunli milliy an’analarni asrash maqsadida 1998-yil 2-fev-ralda «Oila» Respublika ilmiy-amaliy markazini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qildi.Markaz O‘zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida Toshkent Davlat universiteti va Toshkent Davlat pedagogika univer-sitetining oila muammolarini o‘rganish bo‘yicha laboratoriyalari negi-zida tuzilgan.
«Oila» markazining faoliyati quyidagi asosiy yo‘nalishlar bilan bel-gilangan:
– boy milliy an’analarni, milliy qadriyatlar asoslarini, ajdodlari-mizning oila va jamiyat, oila va mahalla bilan bog‘liq merosini o‘rga-nish hamda tarqatish;
– umuminsoniy qadriyatlarning milliy oilaviy tarbiyadagi rolini oshirish va ularning oilada uyg‘unlashuvini ta’minlash;
– oilaning pedagogik, psixologik, ijtimoiy-psixologik, etnopeda-gogik, etnopsixologik muammolarini o‘rganish, shuningdek, ularni ri-vojlantirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni tayyorlash;
– oilaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini, uning demografik xususi-yatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etish;
– oila, ayollar va bolalarning ijtimoiy-iqtisodiy maqomini aks ettiruv-chi statistika axborotini to‘plash va umumlashtirish;
– oilani rejalashtirishni, uning sog‘lig‘i tibbiy-biologik asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish, uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etish;
– yoshlarni oila hayotiga tayyorlashni yaxshilash uchun nikoh saroy-lari va salomatlik markazlari huzurida maxsus o‘quv-tarbiya kurslari tash-kil etish;
– oilaning huquqiy bilimlarini tubdan oshirish va uni muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy faoliyat olib borish;
– bolaning oiladagi qonuniy huquqlari va manfaatlarini muhofaza qi-lish, ota-onalarning bolalar sog‘lig‘ini mustahkamlash va ularni maktabga tayyorlash mas’uliyatini oshirishdagi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy tavsiyalar ishlab chiqish;
– ma’naviyat, madaniyat va maorifni yanada rivojlantirish orqali oi-lada uyg‘un kamol topgan avlodni tarbiyalashning samarali, maqbul usullarini ishlab chiqish.