O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi navoiy innovatsiyalar instituti



Yüklə 492,21 Kb.
səhifə3/6
tarix09.06.2023
ölçüsü492,21 Kb.
#127457
1   2   3   4   5   6
merkantilizm

DASTLABKI VA KEYINGI MERKANTILIZMNING O‘ZIGA XOSLIGI


Dastlabki merkantilizm buyuk geografik kashfiyotlardan oldin paydo bo‘ldi va XVI asrning o‘rtalarigacha faol amal qilib keldi98. Uning asosiy vakillari Uilyam Stafford (15541612) (Angliya), Gaskar Skaruffi (1519–1584) (Italiya) va boshqalar hisoblanadi. Dastlabki merkantilizm «pul balansi» siyosatini olibborgan. Bu siyosat pul muomalasini, tashqi savdoni ma’muriy yo‘l bilan qattiq tartibga solish asosida mamlakatning pul boyligini ko‘paytirishga qaratilgan (mamlakat puli qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha boy hisoblangan). Dastlabki merkantilizm oltin va kumushni boylikningmutlaq shakli deb qaradi va uni chetdanolibkelishyo‘lini qidirdi. Dastlabki merkantilistlar tashqi savdoda ijobiy saldoga erishish uchun quyidagilar maqsadga muvofiq hisobladilar:
– eksport qilinadigan tovarlarga maksimum yuqori baho o‘rnatishni;
– tovarlar importini har tomonlama cheklashni;
mamlakatdan oltin va kumushning oqib chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikni.
Dastlabki merkantilizm davrida hukumat xorijiy savdogarlarni ularning pulini mahalliy pulga almashtirish va ko‘proq tovar sotib olishga qiziqtirish maqsadida ataylab chaqalarni buzib, ularning qiymatini pasaytirish bilan shug‘ullangan. Keyinchalik tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi, tashqi savdoning kengayishi merkantlistlarning boylik muammosiga bo‘lgan qarashini o‘zgartirishga majbur etdi.
Keyingi merkantilizm XVI asrning ikkinchi yarmidan XVII asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. (Uning asosiy vakillaridan biri ingliz Tomas Man hisoblanadi.) Bu davrgakelib milliy sanoat va savdoni rivojlanishining davlat tomonidan rag‘batlantirilishi sababli, mamlakatlar o‘rtasida savdo aloqalari keng va muntazam rivojlana boshladi. Dastlabki merkantilistlarning «pul balansi» o‘rniga keyingi merkantilistlarning «savdo balansi» nazariyasi kelib chiqdi. «Savdo balansi» nazariyasi (yoki yetuk merkantilizm) Angliyada keng tarqala boshladi. Mazkur konsepsiya vakillari dastlabki merkantilistlarni mamlakatdan tashqariga pul chiqarishni man etgani, importni haddan tashqari cheklagani uchun tanqid qildi. Ularning fikricha, hukumatning tashqi iqtisodiy siyosatdagi asosiy vazifasi – mamlakatda imkoni boricha ko‘proq pul mablag‘larini jamg‘arish emas, balki aktivsavdo balansiga erishishdir
(eksportning importdan ustun bo‘lishi). Eksport va import o‘rtasidagi farq (ijobiy saldo) mamlakat boyligining o‘sishidir. Demak, realboylik bu – «o‘lik pullar» yig‘indisi emas, balki yangi pullarni, ya’ni pul kapitalini vujudga keltiruvchi pullardir.
Merkantilistlar fikriga ko‘ra, savdoning muqobil balansiga erishish uchun davlat eksportni rag‘batlantirib importni ta’riflar, kvotalar, subsidiya va soliqlar orqali ishga solishi kerak. Mahsulot ichki iqtisodiyotda hukumat aralashuvi orqali rag‘batlantirilishi va xorijiy savdo orqali boshqarilishi lozim.
Xorijdan manufaktura tovarlarni keltirilishi arzon xomashyolar importni, ularni tovar eksporti uchun ishlatilishi kabilar himoya majburiyatlari hisoblangan.
Merkantilistlar savdo balansi mohiyati va tabiat o‘rtasidagi nomutanosibliklar haqida fikr yuritishgan. Shunisi aniqki, ko‘pgina merkantilistlar davlat boyligi tovar, iste’mol yoki ishlab chiqarishda emas, balki qimmatbaho metallarga egaligida deb fikr yuritishgan, Qimmatbaho metallarning ishlab chiqarishi savdo balansini o‘rnatadi degan fikrni o‘rtaga tashlaydi.Ularning qarashlariga ko‘ra xalqlarbilan savdoning umumiy balansi muhimahamiyat kasb etadi. Ya’ni Angliya va Hindiston savdo balansi bir-biriga mos kelmasligi mumkin, biroq Hindistonda import qilingan arzon xomashyolardan Angliyada eksport qilinadigan tovarlar manufakturasi uchunfoydalanilishi mumkin. Shunday masalalardan biri qimmatbaho metallar yoki eksport bilan bog‘liq, ilk merkatilistlar qimmatbaho toshlar eksporti qat’iyan taqiqlanishi kerakligini tavsiya qilishgan. Keyinchalik yozuvchilar agar yombi eksport tovarlari uchun xomashyo sotib olish maqsadida ishlatilsa, u savdo balansi uchun o‘rinli bo‘lishi mumkin degan farazni taklif etishgan.
Shulardan kelib chiqqan holda, keyingi merkantilizm vakillari aktiv savdo balansiga erishish uchun qator tavsiyalarni ilgari surdilar: – tashqi bozorlarni nisbatan arzon tovarlar sotish yo‘li bilan egallash hamda bir mamlakat tovarini olib, boshqalariga uni qimmatiga sotish;
– mamlakatda faqat aktiv savdo balansini saqlab turgan holda, tovarlar importiga ruxsat etish (zeb-ziynat buyumlaridan tashqari);
– qulay savdo ishlarini amalga oshirish uchun oltin vakumushni chetga chiqarish, pirovard natijada mamlakatda ularning massasini ko‘paytirish.
Pulning tovarli mohiyatini tan olsada, uning qimmatini keyingi merkantilistlar ilgarigidek oltin va kumushning tabiiy xususiyatidandeb qaradilar. Ammo aynan ular metallistik nazariyadan pulning miqdoriy nazariyasiga va monometallizm tizimiga o‘tishga sabab bo‘lgan. Agar dastlabki merkantilistlar pulning jamg‘arish funksiyasini asosiy deb bilgan bo‘lsalar, keyingi rivojlangan merkantilistlar – muomala funksiyasini asosiy hisobladilar. Keyingi merkantilistlarning ishonchiga ko‘ra, pulning qimmati uning miqdoriga nisbatan teskari bog‘liqlikda, tovarlar bahosi darajasi esa pul miqdoriga to‘g‘ri mutanosiblikda bo‘ladi. Ular, pul taklifining ko‘payishi unga bo‘lgan talabni oshirgach, savdoni rag‘batlantiradi, deb bir tomonlama hisobladilar.
Dastlabki merkantilistlar Yevropaga, ayniqsa Ispaniyaga yangi dunyodan oqib kelgan yirik miqdordagi qimmatbaho metallar mohiyatigae’tibor qaratgan.Biroqkeyingimerkantilistlarbuqarashlarni inobatga olishmadi va iqtisodiyotda pulning o‘rni haqida tahliliy g‘oyalarini rivojlantira olishdi. Pul miqdori va narxlarning umumiy bosqichi o‘rtasidagi aloqa 1569-yilda fransuz olimi Jiyn Bodin
tomonidan taqdim etilgan. U XVI asr davomida G‘arbiy Yevropada narxlarning umumiy bosqichini yuksaltirish uchun 5 ta sabab taklif etdi, asosiy – yangi dunyo kashfiyoti bo‘lgan kumush va oltin miqdorining o‘sishi deb hisoblangan. 1660–1776-yillar davomida bozor iqtisodi boshqaruvi haqidagi tahliliy fikrlar ko‘paydi.
Merkantilistlar adabiyotining (markaziy) asosiy xususiyati real faktorlardan ko‘ra pulga oid faktorlar iqtisodiy faoliyat va uning rivojining asosiy belgilari ekaniga ishonishdilar. Ularning ta’kidlashlaricha, mablag‘ adekvatligi tashqi va ichki savdoningo‘sishida zaruriy omildir. Pul miqdorining o‘zgarishi real mahsulotishlab chiqarishdagi o‘zgarishlarni boshqaradi, Adam Smit hamda klassik iqtisodchilar o‘rtasidagi munozarada aytilgan fikrlarga ko‘ra, iqtisodiy faoliyat bosqichi va o‘sish sur’ati real faktorlar: mehnat miqdori, tabiiy resurslar, kapital, tovar va tashkiliy struktura bilan chambarchas bog‘liq.



Yüklə 492,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin