O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi navoiy innovatsiyalar instituti



Yüklə 492,21 Kb.
səhifə1/6
tarix09.06.2023
ölçüsü492,21 Kb.
#127457
  1   2   3   4   5   6
merkantilizm



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM VAZIRLIGI
NAVOIY INNOVATSIYALAR INSTITUTI
PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
1/2 guruh talabasi
Mo’minova Bonugulning
_______________________________________ fanidan
_______________________________________________________
____________________________________________
mavzusida tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI

Bajardi B.Mo’minova


Qabul qildi ________________

MAVZU MERKANTILIZM IQTISODIY TA’LIMOTININGMOHIYATI VA AHAMIYATI


REJA:



  1. MERKANTILIZM TUSHUNCHASI UNING MOHIYATI VA MAZMUNI

  2. DASTLABKI VA KEYINGI MERKANTILIZMNING O‘ZIGA XOSLIGI

  3. TURLI MAMLAKATLARDA MERKANTILIZM TA’LIMOTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

  4. MERKANTILIZMNING ZAMONAVIY TAHLILLARI

  5. XULOSA


MERKANTILIZM TUSHUNCHASI UNING MOHIYATI VA MAZMUNI

Yevropada 1600-yildan 1750-yilga qadar 150 yil iqtisodiy faoliyatning yuksalish davri sifatida xarakterlanadi. Feodalizm, o‘ziga xos iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, xususiy mulk xususiyatlari bilan savdo, shahar tashqarisidagi yer mulki va mamlakatlarning mustaqil davlat bo‘lib yuksalishiga uchun yo‘l ochib bermoqda edi. Bu davrga kelib feodal jamiyatning an’ana va urf-odatlari hamda cherkov ma’muriyati kishilar faoliyatini din bilan cheklamas edi. Bozor uchun ishlab chiqariladigan tovarlar tobora muhim ahamiyat kasb eta boshladi, bozorlarda joy, mehnat, kapital sotila boshladi. Bu holat sanoat inqilobining kelib chiqishiga asos bo‘ldi.


Bu davrda iqtisodiy mulohazalar individual, ro‘zg‘or, oila va ishlab chiqaruvchilar haqidagi g‘oyalardan yiroqlashib, iqtisodiy qonun va huquqlar o‘zaro bog‘langan tizim shaklidagi murakkabroq g‘oyalar ko‘rinishida rivojlana boshladi.
Merkantilizm atamasi 1500 va 1750-yillar oralig‘ida yaratilgan iqtisodiy adabiyotlar va amaliy takliflarga nisbatan ishlatiladi. Merkantilistlar adabiyoti G‘arbiy Yevropaning barcha rivojlanayotgan iqtisodiyotlarida bo‘lsa ham, uning asosiy g‘oyalari ingliz va fransuzlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Sxolastik iqtisodiy adabiyotlar o‘rta asr cherkov ruhoniylari tomonidan yozilgan bo‘lsa, merkantilizm iqtisodiy nazariyasi savdogar tadbirkorlar tomonidan yozilgan. Bu adabiyotlar iqtisodiy siyosatdagi masalalarga qaratilgan bo‘lib, odatda, savdogar tadbirkorlarni qiziqtirgan muammolarga bog‘liq bo‘lgan. Shu sababli ularning xulosalari haqqoniyligiga va alohida munozaralarning tahliliy ahamiyatiga ega. Faqatgina ayrim yozuvchilargina obyektiv tahlil muammolaridan xoli ravishda ish olib bora olishgan. Shunday bo‘lsada, merkantilistik davr davomida iqtisodiy adabiyot sifat va miqdor jihatidan yuksalishga erishdi. 1650-yildan 1750-yilgacha bo‘lgan davrdagi merkantilistlar adabiyoti muqarrar yuqori sifatga erisha oldi, va ushbu adabiyotlarda keltirilgan tahliliy tushunchalari tez orada tarqalib 1776-yilda Adam Smit muallifligidagi “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot” asariga asos bo‘lib xizmat qildi.

Yüklə 492,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin