O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim vazirligi navoiy innovatsiyalar instituti



Yüklə 492,21 Kb.
səhifə4/6
tarix09.06.2023
ölçüsü492,21 Kb.
#127457
1   2   3   4   5   6
merkantilizm

TURLI MAMLAKATLARDA MERKANTILIZM TA’LIMOTINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Har bir davlatda merkantilizm o‘ziga xos usulda namoyon bo‘ldi. Iqtisodiy rivojlanish darajasi, mamlakatdagi siyosiy vaziyat, turli alqlarning milliy-psixologik xususiyatlari uning o‘ziga xos tomonlarini keltirib chiqardi.


Merkantilizm Ispaniya,Italiya, Angliya va Fransiyada ancha keng tarzda rivojlandi.
Masalan, Ispaniyada boylik qimmatli metall, pul bilan bir narsa deb qaralgan. Shu bois, Ispaniyada XVII asrning boshigacha mamlakatdan oltin va kumushni olib chiqish (o‘lim jazosi tahlikasi ostida) taqiqlangan. Ispan bimetall monetar nazariyasining yetuk himoyachisi Marian XVII asrning 20-yillarida qimmatli toshlardan iborat xorijiy monetalarga ayirboshlanadigan tovarlarni chetga chiqarishdan boshqa, barcha har qanday tashqi savdoni man etish talabini ilgari surdi.
Bunday qattiq chora-tadbirlar mamlakat hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro savdoda chetga chiqib qolgan Ispaniya iqtisodiy rivojlanishda ancha orqada qolib ketdi.
Merkantilizm iqtisodiy ta’limot va davlat siyosati sifatida Fransiyada ancha rivoj topdi. Fransiyada merkantilizm vakillaridan biri, mashhur «Siyosiy iqtisod traktati» (1615) asarining muallifi Antuan Monkreten (15761621) hisoblanadi. U davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvini – jamg‘armani ko‘paytirishning, mamlakat xo‘jaligini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy omili sifatida qaradi. A.Monkreten pul boyligini ko‘paytirish yo‘llarini qidirdi, o‘z takliflarini qirol Lyudovik XIII ga tavsiya etdi. U manufakturani rivojlantirish, hunarmandchilik maktablari tashkil etish, mahsulotlar sifatini yaxshilash, o‘z mamlakati savdogarlariga tashqi savdoda monopol huquq berish, mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar savdosini kengaytirish bilan Fransiya bozoridan xorijiy savdogarlarni siqib chiqarishni taklif qildi. A.Monkreten xorijiy savdogarlarnimamlakat boyligini so‘rib oluvchi nasosga taqqoslaydi. A.Monkreten dasturi Fransiya tashqi savdosini kengaytirishni ko‘zda tutadi, u nisbatan monetarizm g‘oyasini, shuningdek, savdo balansi konsepsiyasini aks ettiradi.
Fransiyadagi amaliy merkantilizmning eng yorqin vakili Jan Batist Kolber (1619–1683 y.) hisoblanadi. U frantsuz qiroli Lyudovik XIV saroyida moliya superintendanti (vaziri) vazifasida ishlagan va faol proteksionistik siyosatni olib borgan. Keyinchalik J.B.Kolber olib borgan iqtisodiy siyosat va fransuz merkantilizmi kolbertizm deb atala boshladi. J.B.Kolberning asosiy g‘oyalari va ularning hayotga tatbiq etilishi quyidagicha tavsiflanadi:
Jan Batist Kolber (1619–1683 y.)
1) Fransiya tashqi savdosini faollashtirishga har tomonlama ta’sir ko‘rsatdi;
2) tashqi bozorga tovar ishlab chiqarishni hisobga olgan holda manufaktura sanoatini rivojlantirishga imkoniyat yaratib berdi;
3) proteksionistik tariflardan keng foydalangach, Fransiya bojxona siyosatini tartibga solish bilan faol shug‘ullandi;
4) manufaktura sanoati rivojlanishiga alohida e’tibor bergan holda, qishloq xo‘jaligining ancha orqada qolib ketishini keltirib chiqardi, ayniqsa, mamlakatdan don olib chiqishni noto‘g‘ri man etishi va mamlakatga erkin don olib kirishga ruxsat berishi natijasida dehqonchilikning qashshoqlashuviga olib keldi.
Angliya merkantilizmining ancha yirik vakili Uilyam Staffordning (11541612.) hayot faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar juda kam. Uning faqat boy savdogar oilasidan kelib chiqqanligi va “Bizning vatandoshlarning ba’zi bir shikoyatlarining qisqacha bayoni” asarini yozganligi ma’lum. Unda U.Stafford merkantilizm uchun xarakterli bo‘lgan quyidagi g‘oyalarni ilgari surgan:
1) muomalada buzilgan pullar emas, Uilyam Stafford (1154–1612 y.) balki to‘la qimmatli pullar bo‘lishi kerak,
chunki faqat ular tashqi tovar aylanmasida yaroqli hisoblanadi;
2) chetga xomashyo chiqarishni man etishni taklif etadi (keyin undan tayyor mahsulot ishlab chiqarilib yuqori bahoda Angliyaga qaytib kelmasin);
3) katta miqdordagi pulning chetga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qimmatli xorijiy tovarlarni (zeb-ziynat buyumlari) iste’mol qilishni man etishni talab qilib chiqdi;
4) Angliyada ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni mamlakatga olib kirishni to‘liq man etishni tavsiya etdi.

Yüklə 492,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin