O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/64
tarix19.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#58685
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
biofiz usl 2018 maruz am

Anfibiyalarda gaz almashinish nafaqat o’pka orqali, balkim ularda tananing 
hamma sirti katta rol o’ynaydi. Shu sababli ular terisi ko’plab tomirlar bilan 
taminlangan bo’lib, ular orqali kislorod qonga diffuziyalanadi. Ko’plab baliqlar 
uchun jabra asosiy va yakkayu – yagona nafas olish organidir. Diffuziyalanish 
qobilyati jabra sirtining yuzasi bilan aniqlanadi. Aniqlanishicha tunes yoki 
makrelga o’xshash o’ta aktiv baliqlarning jabrasi katta, sekin harakatlanuvchi igna 
qorinli qurbaqa baliqlarda jabrasi kichik bo’ladi. 
Ko’plab zaryadlanmagan moddalarning hujayra menbranasi orqali o’tishi 
diffuziya qonuniga bo’ysunadi. Lipid suyuqlikda diffuziyalanuvchi sferik 
zarrachalar uchun diffuziya koeffisenti Stoks – Eynshteyn formulasidan aniqlanadi 
(lipid – yog’ yoki yog’simon modda) 
D
Tnr
kT
6

(2.26) 
Suvdagi mayda molekulalar uchun D-10
-9
m
2
/s- 
Biologik menbrana orqali moddalarning diffuziyalanishini o’rganish, 
moddaning kirish qobiliyati bilan ularning lipidlarda erishi orasidagi bog’lanish 
borligi aniqlandi. Uzoq vaqtlar davomida molekulalar menbranalarning lipid 
qismidan ularda eruvchanlik qobiliyati tufayli o’tadi deb kelindi. Ammo kichik 
gidrofil molekulalar menbranadagi tirqishlar orqali o’tishi mumkin ekan. 
Biologik parda orqali turli xil birikmalar o’rtasida, uncha katta bo’lmagan 
amainakislota molekulalari va monosaxaridlar ko’plab hujayra pardalari orqali 
oddiy diffuziya yo’li bilan o’ta olmaydi. Fiziologik sharoitlarda ba’zi moddalar 
(suv, siydik) xujayraga tirqishlar orqali erkin diffuziya tufayli o’tadi. Ichakda 
yog’larning yutilishi kuchli lipofilligi tufayli ro’y beradi. Hujayrada erkin 


23 
diffuziyaning tezlashuvi ko’chish sirtining oshishi hisobiga bo’ladi. Masalan: 
ingichka ichak epitelesi ko’plab qatlamlardan tashkil topgan bo’lib, ular sitoplazma 
pardasi sirtida kichik tuklar hosil qiladi. Organizmda diffuziyalanuvchi moddalar 
konsentrasiyasining gradiyenti bo’lishi asosan qon va limfo orqali olib o’tilgan 
moddalarning chiqarilishi tufayli yuz beradi. Masalan: 100g. miya moddasi 1 
minutda 10ml kislorod yutadi, bu esa yurakga nisbatan 10 marta ko’p. 
Endi tirak organizmlarda issiqlik almashinishi jarayonlarini qaraymiz. 
Parrandalar va sut emizuvchilar atrof muhit harorati o’zgarsa ham tana haroratini 
doimiy saqlab turadi. Buning uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: issiqlik 
yo’qotish, issiqlik mahsuldorligiga teng bo’lishi kerak. Hayvon ichida yuzaga 
kelgan issiqlik teriga qisman to’qimalar orqali atrof muhitga chiqariladi. Issiqlik 
almashinish jarayoniga quyidagi tashqi faktorlar ta’sir ko’rsatadi: havo harorati, 
konveksiya, nurlanish va boshqalar. Havo uchun issiqlik o’tkazish koeffisenti 
0,024 Vt/m.K. Yog’ to’qimasi uchun 0,025, metall uchun 40-400 Vt/m.K. Tevarak 
atrof muhit haroratining ko’tarilishi, ya’ni havo va tana haroratlari orasidagi 
farqning kamayishi, issiqlik o’tkazuvchanlikning oshuvini talab qiladi. Aksincha, 
havoning ancha past harorati issiqlik o’tkazuvchanlikni ma’lum chegarada 
o’zgartirishi mumkin. Buning uchun tana sirtiga qonning oqib kelishini o’zgartirish 
yoki tashqariga qaraganda tana qismlarining sirtini oshirish bilan (qo’l – 
oyoqlarning jun bilan qoplangan qismini ochish) teriga qonning oqib kelishini 
cheklash tananing ichki qismidan issiqlikning yuzaga chiqishini chegaralaydi. 
Junni va patni o’stirish issiqlik himoyani kuchaytiradi. Tanani g`ujum qilish uning 
ochiq qismi sirtini kamaytiradi va shu bilan issiqlik yo’qotishni kamaytiradi. Havo 
isiganda tovuqlar, kaftarlar qanotini yoyishadi. Ammo bular ham ma’lum darajada 
samara beradi. Harorat ma’lum qiymatdan past bo’lganda hayvonlar o’z 
temperaturasini issiqlik mahsuldorligini oshirishi tufayli saqlab turadi. Tirik 
organizmdagi to’qimalar issiqlik o’tkazuvchanligi turlichadir. Bu esa 
organizmning issiqlik rejimi uchun muhimdir. Muskul to’qimasining ancha katta 
issiqlik o’tkazuvchanlikka ega bo’lishi (0,5 Vt/m.K) issiqlik tezda ichki 
organlardan tashqi organlarga o’tkazilishiga yordam beradi. Masalan: tashqi muhit 
sovuq bulganda yog’ qatlami issiqlikning chiqib ketishiga to’sqinlik qiladi. Shu 
sababli sovuq yurtlarda yashovchi hayvonlar ancha katta teri osti yog’ qatlamiga 
ega. Masalan: pingvinning yog’ qatlami 10-15 kg ga teng bo’lib, uning o’zining 
og’irligi 30-35 kg. Xuddi shunday jun qatlami qalinligi ham katta rol o’ynaydi. 
Bizga ma’lumki, agarda sovuqda qaltirasak, u holda issiqlik 
mahsuldorligimiz oshadi, chunki himoyalovchi mexanizm yetishmaydi. Katta 
jonivorlar ancha qulay sharoitda bo’ladi. Birinchidan, ularning tana sirti hajmiga 
nisbatan kichik bo’lsa, ikkinchidan, ularning juni ancha qalin bo’ladi. Shu sababli 
tana o’lchami kamayishi bilan issiqlik o’tkazuvchanlik issiqlik mahsuldorligiga 
qaraganda tez kamayadi. Natijada katta hayvonlar past haroratlarga chidamliroq 
bo’ladi.
Molxonalarda tashqi temperatura – 25
o
C bo’lganda ichkarida harorat 10
o
C, 
namlik maksimal 85%, minemal 40% bo’lishi kerak. Agar harorat pasaysa va 
namlik oshsa, u holda sigirlar suti 30-40%, semirish darajasi 40-50% gacha 


24 
kamayadi. Qish vaqtida havo almashtirilib turilishi kerak. 100 kg massaga 17 m
3

soat bo’lishi kerak. Shamol tezligi uncha katta bo’lmasligi kerak, ya’ni 0,5 m/s dan 
1 m/s gacha, tovuqxonalarda esa 1 kg og’irlik uchun 0,7 m
3
/soat havo almashtirish 
zarur. Sur’atda suv to’ldirilgan menzurkada konveksiya ko’rsatilgan. 
Konveksion oqimni ifodalovchi chizma 
Konveksiya atmosfera va okeanda issiqlik almashinishida muhim mexanizm 
hisoblanadi.
Termodinamika jismlarning mikroskopik tuzilishini hisobga olmagan holda 
ular orasida energiya almashinuvi mumkin bo’lgan sistemalarni qarab chiquvchi 
fizika bo’limidir. Termodinomik sistemaning holati asosan bosim, hajm, 
temperatura kabi parametrlar bilan aniqlanadi. Shu sababli umumiy holda 

0
)
(

PVT
f
(2.27) sistemaning holat tenglamasi deyiladi. Sistemaning bir holatdan 
ikkinchi holatga o’tishiga termodinamik jarayon deyiladi. Energiya bir jismdan 
ikkinchi jismga 2 xil usulda o’tadi: ish bajargan va issiqlik almashganda. Ish 
jarayonida uzatilgan energiya o’lchami ish bo’lganidek, issiqlik almashishi 
jarayonida uzatilgan energiya o’lchami issiqlik miqdori (yoki issiqlik) bo’ladi. 
T.Agarda termodinamik sistema tashqi muhit bilan modda almashinuviga 
(energiya va impuls) ega bo’lsa, bunday sistemaga ochiq termodinamik sistema 
deyiladi. 
T.Agar termodinamik sistema tashqi muhit bilan modda almashmasa, bunday 
sistemaga yopiq termodinamik sistema deyiladi. 
T.Agar sistemaga kelgan energiya va sarf bo’lgan energiya o’zaro teng bo’lsa, 
bu holga issiqlik muvozanati holati deyiladi. Har bir oziq ovqatning kalloriyaligi 
mavjud: Masalan: oqsil 24,3 Mj/kg, uglevodlar 17,6 Mj/kg, yog’lar 38,9 Mj/kg. 
Anashular hisobida organizmda issiqlik muvozanati saqlanadi. Masalan: Odam 
organizmi issiqlik muvozanatini keltiramiz. 
Issiqlik kelishi 
Q (kJ)
Issiqlik sarfi
Q (kJ) 
Oqsil(56,8 g)
993 
Issiqlik chiqishi 
5757 
Yog’lar(140 g) 
5476 
Gaz chiqarish 
180 
Ugievodlar(79.9) 
1404 
nafas chiqarish
758 
tanadan bug’lanish
951 
turli tuzatishlar
46 
Jami
7873 
Jami
7788 


25 
Biologik sistemalar ochiq sistemaga kiradi, chunki tashqi muhitdan qabul 
qilingan mahsulot hisobiga organizm rivojlanadi va yashaydi, ya’ni modda 
almashinuvi doimo yuz berib turadi. Umuman tirik organizm stasionar holatda 
bo’lmaydigan rivojlanuvchi sistemadir. Ammo odatda kichik vaqt oralig’ida 
biologik sistemalar holatini stasionar holat deb olish mumkin. Stasionar holatda 
bo’lganda sistemaning turli qismlaridagi parametrlarning qiymatlari odatda bir 
biridan farq qiladi: odam tanasining turli qismlari temperaturasi, biologik 
menbrananinng turli qismlaridagi diffuziyalanuvchi molekulalar konsentrasiyasi va 
hokozolar. Shunday qilib, sistema ayrim parametrlarining gradiyenti doimiy tutib 
turiladi shu sababli ximiyaviy reaksiyalar o’zgarmas tezlik bilan o’tishi mumkin.
Har qanday real termodinamik sistema ochiq sistemadir lekin ma’lum vaqt 
oralig’ida ideal model yopiq sistema deb olish mumkin. Yopiq sistemaning 
atrofidagi jismlar bilan o’zaro ta’sirini batafsilroq qarab chiqamiz. Issiqlik 
jarayonlari uchun energiyaning saqlanish qonuni termodinamikaning birinchi 
qonuni kabi ta’riflanadi. T.Sistemaga berilgan issiqlik miqdori sistemaning ichki 
energiyasini o’zgarishiga va sistema bajaradigan ishga ketadi. 
A
U
Q



(2.28) 
Biz sistemaning ichki energiyasi deganda uni tashkil etuvchi zarrachalarning 
kinetik va potensial energiyalari yig’indisini tushunamiz 
R
C
Cp
V



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin