53
o
- aylanish doimiysi (Grad/ mm). Optik aktiv moddalarga toza suyuqliklar
(M: skapidar), eritmalar (shakarning suvdagi eritmasi), bug’lar (komfora bug’lar)
kiradi. Bular uchun
= [
o
] c x l (4.20)
c – modda konsentrasiyasi.
Bu formula yordamida konsentrasiyani aniq o’lchash mumkin. Medisinada
polerimetrlar va saxorametrlar keng ishlatiladi. Siydikda shakar miqdorini, oziq-
ovqat sanoatida lavlagi, uzum, olma sharbatlarida shakar miqdorini aniqlashda
qo’llaniladi. Biologik obektlarni mikroskopda qarab ularning tuzilishini aniqlash
qiyin, shuning uchun ular polyarizasion mikroskop yordamida o’rganiladi. Bu
mikroskop oddiy mikroskopdan kondensor oldiga polyarizator, obyektiv va
okulyar orasiga analizator qo’yiladi. Bu holda obekt qutblangan nur bilan
yoritiladi. Agar P va A o’qlari o’zaro perpendikulyar bo’lsa, qorong’i stolchaga
izatrop modda qo’yib kuzatilsa ham qorong’i bo’ladi. Ammo anizatrop modda
qo’yilsa yorug’lik yuzaga kelib, to’qimalar, bakteriyalarni ko’rish mumkin.
Polyarizasion mikroskop yordamida suyak to’qimalarida hosil bo’ladigan
kuchlanishlarni kuzatish mumkin. (fotouprugost).
Sun’iy optik anizatropiya ikkilanib sinishi tabiiy moddalarda o’rinli. Ammo
optik anizatropiyani sun’iy yo’l bilan ham hosil qilish mumkin. Optik izatrop
moddalarni anizatrop qilishning 3 xil usuli mavjud.
1. Bir tomonlama siqilish va cho’zish (kubik kristallar, shisha va boshqa
moddalar.)
2. Elektr maydon yordamida [(Kerr effekti) (amorf jismlar, suyuqliklar,
gazlar.)]
3. Magnit maydoni yordamida (suyuqliklar, shisha, kolloidlar).
Bu ta’sirlar natijasida n
o
– n
e
= K
1
,b (deformasiya) optik yo’llar farqi hosil
bo’ladi.
n
o
– n
e
= K
2
E
2
(elektr maydoni), n
o
– n
e
= K
3
H
2
(magnit maydon).
b – normal kuchlanish. K
1
K
2
K
3
– koeffisentlar.
Elektr maydoni holini qaraymiz.
Dostları ilə paylaş: