O’zbekiston respublikasi oliy talim vazirligi samarqand veterinariya medisinasi instituti tabiiy va ilmiy fanlar kafedrasi



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/64
tarix19.05.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#58685
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64
biofiz usl 2018 maruz am

Lyuminissensiya deb modda atom va malekulalarning yuqori energetik 
sathdan quyi sathga o’tishida moddaning shulalanishiga, ya’ni ko’rinadigan 
yorug’lik chiqarishga aytiladi. Modda atom va malekulalari avvaldan uyg’otiladi. 
Ana shu uyg’atuvchi olingandan so’ng lyuminissensiya modda tibiatiga qarab bir 
necha sekunddan bir necha sutkalargacha davom etishi mumkin. 
Lyuminissensiyaning davom etish muddatiga qarab 2 turga bo’linadi. 
1. Florussensiya- shulalanish vaqti kichik. 
2. Fosforissensiya shulalanish vaqti katta . 
Lyuminissensiyani issiqlik nurlanishi va boshqa tur nurlanishlardan farqlash 
uchun unga yana quyidagi ta’rif berish mumkin.
Lyuminissensiya - bu moddaning berilgan temperaturada issiqlik 
nurlanishidan ortiqcha bo’lgan va chekli davom etadigan shulalanishidir. 


66 
Lyuminissensiyalanish qobiliyatiga ega bo`lgan moddalar lyuminiforlar 
deyiladi. 
Lyuminissensiyani uygotish usullariga qarab bir necha turlarga bo’linadi: 
1. Fotolyuminissensiya – ko’rinadigan va ultrabinafsha nurlar bilan
uygotiladi. Masalan: soat siferblati va strelkalari. 
2. Rentgenolyuminissensiya – rengen nurlari bilan uyg’otiladi. Masalan:
rentgen apparati ekranidagi tasvir. 
3. Radiolyuminissensiya – radiaktiv nurlanish uyg’otadi. Masalan:
sstinsillyasion schyetchik ekranida kuzatish mukin. 
4. Katodolyuminissensiya – elektron dastali uyg’otadi. Masalan: 
ossilograflar, televizor, radiolakator ekranlarida kuzatiladi. 
5. Elektrolyuminissensiya – elektr maydon uyg’otadi. Masalan : gaz 
razryadi trubkalarida kuzatiladi. 
6. Ximolyuminissensiya – kimiyaviy prosesslar uygotadi, Masalan: oq 
fosforning, chiriyotgan yogochning, hashorotlar, dengiz hayvonlari va
bakteriyalarining shulalanishi.
Lyuminissensiya spektori lyuminissensiyalanuvchi moddaning tabiatiga va 
lyuminissensiya turiga bog’liq. Yuqorida ko’rib o’tilgan lyuminissensiyalardan
fotolyuminissensiya amalda ko’proq ahamiyatga ega, shu sababli uni mufassalroq 
qarab chiqamiz. Lyuminissensiya spektori va uning maksimumi uyg’otishda
foydalanilgan spektorga nisbatan uzunroq to’lqinlar tamonga birmuncha siljigan 
bo’ladi. Bunga Stoks qoidasi deyiladi. Buni kvant nazariyasiga asosan 
tushuntirish mumkin. Yutilayotgan h


kvant energiyasining bir qismi boshqa
energiyaga aylanadi. Masalan issiqlik energiyasiga . Shuning uchun 
lyuminissensiya energiyasi h


h

0
bo’ladi. Bunda 

0

0 yoki




Ba’zida antistaks lyuminissensiya ham bo`ladi. Bunday hol avval
uyg’ongan molekulada bo’ladi. Bu holda lyuminissensiya kvantiga yutilgan 
foton energiyasining bir qismidan tashqari yana malekulaning uyg’onish
energiyasi kiradi. Demak h


h

0
va 




Suyuq va qattiq lyuminaforlarning muhim xususiyati, ularning 
lyuminissensiya spektorining yorug’lik to’lqinlarining uzunligiga bog’liq 
bo’lmasligidan iborat. Shu tufayli fotolyuminissensiya spektoriga qarab suyuq va 
qattiq lyuminaforlarning tabiati to’g’risida fikr yuritish mumkin. 
Atom yoki malekula ketma-ket oraliq nurlanishlardan asosiy holga o’tadi. 
Texnikada lyuminissent lampalar, shisha nay ichi yupqa lyuminifor qatlam bilan 
qoplangan. Ichiga simob va organik bug’lari solinadi. Bosim 10
-2
mm.sm.ust - 3 
mm.sm.us. Ultrabinafsha nurlar ham paydo bo’lib ular lyuminiaforda 
ko’rinadigan holga o’tadi. FIK yuqori, ish muddati 10000 soat. O’simliklar 
o’sishiga issiqxonada yordam beradi.
Lyuminissent analiz – bunda ultrabinafsha nurlar bilan uyg’otilgan 
fotolyuminesensiya spektoriga qarab modda tarkibi aniqlanadi. Bu juda sezgir usul 
10
-10
g. moddani aniqlash mumkin, qishloq xo’jalik mahsulotlarining buzila 
boshlanish etapini aniqlash mumkin. Farmakologik mahsulotlarni sartirovka 
qilish va kasalliklarni diagnostika qilishda qo’llaniladi. Maxsus mikroskoplar


67 
yordamida obyektlarning lyuminisent analizi olib boriladi. Bu mikroskoplarda
yorug’lik manbai sifatida yuqori bosimli simob lampalari va 2 ta svetofiltrlar
ishlatiladi. Bulardan bittasi kondensar oldida joylashtiriladi va u lyuminissensiya 
uyg’otuvchi nurni ajratadi. 
Fotolyuminissensiya yordamida mashinalar detallari va boshqa buyumlar 
sirtidagi yoriqlarni ham payqash mumkin.. 
Fotolyuminissensiyada 
lyuminissensiyalanuvchi 
moddaning 
atomlari 
mutlaqo tartibsiz nurlaydi. Ular har xil vaqtda nurlaydi, chastotalari va fazalar
ayirmasi turlicha bo’ladi, yo’nalishlar ham har xil. Ammo keyingi vaqtlarda bir xil 
yo’nalishli yorug’likning ingichka dastasini hosil qiluvchi monoxromatik nur 
hosil qiluvchi qurilmalar paydo bo’ldi. Bularga optik kvant generatorlar deyiladi. 
«Lazer» degan nom quyidagi inglizcha so’zlarning birinchi harflaridan 
tuzilgan. Light Amplification by Stymylated Emission of Radiotion. Majburiy
nurlantirish yo`li bilan yorug’likni kuchaytirish. Ishlatiladigan modda turiga qarab
qattik, suyuq va gaz lazerlari mavjud. Lazerlarni N.G. Basov, L. Proxorov, 
U.Tauns yaratdi. Lazer ishlay boshlashi uchun uning ishchi moddasidagi ko’p
atomlarninng metostabil holatlarga o’tishi kerak. Unda atom nisbatan uzoq vaqt 
yashaydi (10
-8
). Buning uchun ishchi moddaga maxsus manbadan yetarlicha katta
elektromagnit energiya beriladi, metastabil holdan barcha atomlar deyarli bir 
vaqtda normal holatga o’tadi. Shu masalani to’laroq qarab chiqaylik. Kvant 
o’tishlar 2 ga bo’lanadi. 
Agar bu o’tish ichki bo’lib o’z-o’zidan quyi holatga o’tsa, bunday o’tishga 
sponton o’tish deyiladi. Bu vaqt bo’yicha tasodifiy va xaotikdir. Oddiy yorug’lik
manbalari sponton nur chiqaradi.
Agar o’tish majburiy bo’lib foton bilan uyg’ongan zarracha ta’sirlanishi 
natijasida hosil bo’lsa majburiy ( indusirlangan) o’tish deyiladi. Majburiy o’tish 
paytida 2 ta faton tarqaladi: birlamchi va ikkilamchi fotanlar. Majburiy o’tishlar 
soni birlamchi fotonlar intensivligi va energetik sohalarning to’laligicha bog’liq. 
Zarrachalarning energetik sathlar bo’yicha taqsimlanishi Bolsman 
qonuniga bo’ysunadi. Elektromagnit to’lqinlarning kuchayishini kuzatish uchun
hech bo’lmaganda ikki energetik holat uchun Balsman taqsimotiga teskari holat
yuzaga keltirish shart ( inversiya naselennost). Bu holat Bolsman taqsimotidan 
farmal T 

0K uchun hosil qilinishi mumkin. Shuning uchun bu holatga manfiy
temperaturali holat deyiladi. n = n

e
(mgh / kT)
Bunday moddada yorug’lik tarqalsa uning intensivligi oshadi, ya’ni yutilish kam 
bo’ladi. Bu degani Buger qonunida (I = I
0

–x l
). X

0 ya’ni yutish koeffisiyenti 
manfiy inversiya neselyonnost holati maxsus uyg’otiladi (elektr yoki yorug’lik 
bilan). O’z - o’zidan manfiy temperaturali holat ko’p vaqt tura olmaydi. Bu 
OKGlar ishlash prinsipidir. Birinchi SVCh diapazonda (lazer) 1955 yilda yaratildi. 
1960 yil Rubin kristalida lazer yaratildi. Shu yili geliy - neon lazeri yaratildi, 
nurlovchi bo’lib neon atomi xizmat qiladi. Geliy atomi esa yordamchi. Elektr
razryadi vaqti neon atomlarining bir qismi asosiy 1 holatdan 3 holatgan o’tadi, 
neon uchun 3 holatda yashash davri kam va tezda u 1 yoki 2 holatga o’tadi. 
Inversiya naselyonnst hosil qilish uchun 3 holatda yashash davrini oshirish zarur. 


68 
Geliy atomi esa xuddi shu vazifani bajaradi. Geliyning birinchi uyg’ongan holati 
neonning 3 holatiga to’g’ri keladi. Agar uyg’ongan geliy uyg’onmagan neon 
bilan to’qnashsa energiya berish jarayoni bo’ladi. 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin