Z ig'irnamolar qabilasi — Linalcs
Qabila daraxt, buta yoki o't o'simliklardan iborat. Barglari navbat bilan yoki qarama-qarshi joylashgan, oddiy va ko'pincha butun, mayda yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari (aniq) ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf yoki dcyarli aktinomorf. Kosachabarglari sal tutashgan. Chanchisi ko'pincha 1 yoki 2 doirada, ba'zan 3 yoki 4 doirada joylashgan. Tugunchasi ustki. Mcvalari asosan ko'sakcha. Zig'irnamolar qabilasiga 6 ta oila kiradi.
Zig'irdoshlar oilasi — Linaceae
B u oilaga asosan o't o'simliklar, yarimbuta va butalar kiradi. Ular ayniqsa, mo'tadil va subtropik iqlimli hududlarda tarqalgan. Barglari oddiy, bandsiz, navbat bilan yoki qarama-qarshi joylashgan, yonbargchali yoki yonbargchasiz. Gullari ikki jinsli, aktinomorf. Kosacha va gultojibarglari (4)-5 ta. Urug'chisi 5 tadan. Tugunchasi ustki. Gul formulasi: Ca5 Co5 A5 G(5) . Mevasi ko'sakcha. Bu oilaga 6 turkum va 250 taga yaqin tur kiradi. O'rta Osiyoda 1 turkumga oid 9 turi, O'zbekistonda esa bitta turkumga mansub 5 turi tarqalgan.
Z ig'ir (Linum) turkumi. Turkumga bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklar kiradi. Poyasi shoxlangan, nashtarsimon barglar bilan qalin qoplangan. Gullari aktinomorf, havorang, sariq, ba'zan pushti. Kosachasi va gultojibargi 5 tadan. Changchisi 5 ta. Urug'chisi 5 ta. Mcvasi ko'sakcha.
O'rta Osiyoda 9 turi, O'zbckistonda 5 turi o'sadi. Yovvoyi zig'ir — ko'p yillik o't. Bo'yi 30—70 sm. Barglari qalami-nashtarsimon yoki dcyarli qalami, bandsiz, uzunligi 10—35 mm, cni 1—3 mm. To'pguli shingil. Gullari to'q havorang. Mcvasi — ko'sakcha.
Z ig’ir (Linum) — zig’irdoshlarga mansub bir yillik va ko’p yillik o’simliklar turkumi, tola va moy olish uchun ekiladigan ekin. Mo’ʼtadil va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Yer yuzida 230 dan ortiq turi mavjud. Tolasi va moyi uchun ekiladigan madaniy 3. (L.usitatissimum) turi xo’jalik ahamiyatiga ega. 3. qadimdan Shim. Ispaniya, Xitoy, Misr, Rossiyada maʼlum bo’lgan. Moyli 3. Argentina, AQSH, Kanada, Xitoy, Hindiston, Misr, qisman O’rta Osiyoda ekiladi. Jahon bo’yicha umumiy 3. maydonlari 3,4 mln.ga dan ortiq, urug’i bo’yicha yalpi hosili 2,9 mln. t (1999). Tolali 3., asosan, Rossiyaning Yevropa qismi, Ukraina, Polsha, Ruminiya, Fransiya, Chexiya, Slovakiyada ekiladi (jahon miqyosida tolali 3. maydonlari umumiy ekin maydonining 1/4 qismini tashkil etadi). Tolali zig’ir tola olish uchun ekiladigan bir yillik o’simlik. Poyasi ingichka, silliq, tik usadi, och yashil rangli, bo’yi 60—120 sm. O’simlik yetilganda poyasi sarg’ishyashil rangli. Bargi oddiy, bandsiz, navbatmanavbat joylashadi, rangi yashil. Gul to’plami poyaning uchida joylashadi, zangori rangda, o’zidan changlanadi. Gullash davri 6—10 kun davom etadi. Mevasi ko’sakcha, uz. 6,1—8,3 mm, eni 5,7—6,8 mm, 5 uyali, odatda, uyada 10 ta urug’ bo’ladi. Urug’i yassi, silliq, seryog’ (42—49%), 1000 ta urug’ining vazni 2,8—8,7 g . Tolali 3. harorati mo’tadil, bahor va yozda teztez yomg’ir yog’ib turadigan mintaqada ekiladi. Urug’i 5° issiqda unib chiqadi. Maysasi —3—5° sovuqqa chidaydi. Maysalanish davrida muqobil harorat 9—12°, qolgan davrlar uchun 16—18°. Harorat 22° dan yuqori bulsa tolali zig’irning o’sishiga salbiy taʼsir qiladi, poya ko’p shoxlanadi, tola sifati pasayadi. Vegetatsiya davri 75—90 kun, yetilishi uchun 1100—1500° samarali harorat talab qilinadi. Tolali zig’ir uzun kunlik o’simlik. Kun yorug’ bo’lsa shoxlanishi ko’payadi, ammo soya joylarda poyasi yotib qoladi.
Moyli zig’ir issiqlikka talabchan, urug’i 12° da unib chiqadi. Gullash — yetilishi davrida harorat 20—22° bo’lgani maʼqul. Foydali harorat yig’indisi 1600—1800° talab qilinadi. Vegetatsiya davri 150 kungacha borishi mumkin. Bo’yi 40—70 sm. Urug’ida 52% gacha moy bor. Moyli zig’ir unumdor va begona o’tlardan toza yerlarga ekiladi, sho’rlangan, og’ir tuproqlar yaramaydi.
Z .dan yuqori sifatli tola va moy olinadi. Tolasi pishiq, mustahkam, egiluvchan. 3. tolasidan kiyimlik gazlamalar (batist), brezent, paxta va kimyoviy tolaga qo’shib dekorativ gazlamalar, arqonlar ishlab chiqariladi. Oziqovqatda, lokbo’yoq sanoatida, tabobatda qo’llanadi. Kunjarasi chorvachilikda sifatli ozuqa hisoblanadi. Tola hosili 0,4—1,6 t/ga (poyadan chiqishi 10—15%), urug’ hosili 2,5—21 s/ga. Bir ekilgan dalaga zig’ir 5—7 yildan keyin ekiladi, yaxshi utmishdosh — beda, no’xat, poliz ekinlari, shudgor qilishdan oldin dalaga har ga hisobiga 8—15 t go’ng , 20—45 kg N, 40—60 kg R2O5, 40—60 kg K2O solinadi. Azotli o’g’it ekishdan oldin, o’suv davrida (20—30 kg/ga) beriladi. Urug’lik kasalliklarga qarshi ekishdan oldin dorilanadi.
3. erta bahorda yoppasiga qatorlab ekiladi. Lalmi yerlarda har gektarga 20—22 kg (moyli 3. 50—60 kg/ga), tog’li mintaqalarda 25—30 kg (yoki 4—6 mln. dona urug’) sarflanadi. 3—5 sm chuqurlikda seyalkalarda ekiladi.
O’zbekistonda juda qadimdan lalmi yerlarda faqat moyli 3. ekib kelingan (tolali 3. ekilmaydi), 3. moyi qadrlangan. Hoz. davrda Baxmal 1056, Baxmal 2, Buxoro 32 va b. navlari ekiladi.
Dostları ilə paylaş: |