O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI Tasdiqlayman Buxoro davlat universiteti rektori ________________O.X. Xamidov 2023 yil “___”__________
Bilim sohasi: 500 000 – Tabiiy fanlar, Matematika va statistika Ta’lim sohasi: 540 000-Matematika va statistika Ta’lim yo`nalishlari: 60540200 - Amaliy matematika
Fanni o`qitishdan maqsad – talabalarda kompyuter va kompyuter sistemalari ularning to`laqonli imkoniyatlari xaqida aniq tasavvurni shakllantirish; matematik paketlar tug’risida umumiy tushuncha hosil qilish; axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassis faoliyatida zarur bo`lgan matematik masalalarni yechish uchun dasturiy ta’minotdan samarali foydalana olish mahoratini hosil qilish; yangi informatsion texnologiyalarga suyangan holda zamonaviy dasturiy tizimlardan samarali foydalanishga va o’z kasbida qo`llashga ko`nikmalarni xosil qilishdan iborat.
Fanning vazifalari – nazariy bilimlar, amaliy ko`nikmalar matematik analiz, algebra, geometriya, matematik mantiq, diskret matematika va sonli usullar fanidagi funksiyalarni yaqinlashtirish, taqribiy differensiyalash va integrallash, algebraning sonli usullari, differensial tenglamalarni taqribiy yechish usullari yechish uchun kompyuterli matematik tizimlarni to`laqonli o`rgatish.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg`ulotlari)
II. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 1-Mavzu. Matematik tizimlar sinflari hamda ularning maqsad va vazifalari. Mathcad bilan tanishuv, formulalar. Algebraik hisoblashlar, operatorlar va funksiyalar Fanning predmeti va amaliy ahamiyati. Kompyuterli matematika. Zamonaviy matematik tizimlar: MathCAD, Maple, MatLab va Mathematica xaqida umumiy ma’lumotlar. Mathcad bilan tanishuv, formulalar. Algebraik hisoblashlar, operatorlar va funksiyalar
2-Mavzu: Mathcad bilan tanishuv. Foydalanuvchi interfeysi. Xujjatlar bilan ishlash. Fomulalarni kiritish va taxrirlash. O`zgaruvchilar na funksiyalar. Simvolli hisoblashlar
3-Mavzu: Mathcadda algebra masalalarini yechish. Chiziqli tenglamalar sistemasini yechish usullari. Matritsalar ustida amallar.
Simvolli algebra. Mantiqiy amalalar. Matritsaning xos son va xos vektorlarni topish.