O’zbekiston respublikasi oliy ta'lim,fan va innovatsiyalar vazirligi farg`ona davlat universiteti


Innovatsion menejmentdagi konsepsiyalar va yondashishlarning tasnifi1



Yüklə 68,27 Kb.
səhifə2/3
tarix02.06.2023
ölçüsü68,27 Kb.
#123517
1   2   3
Innovatsion faoliyatning tashkiliy shakllari innavatsion menejmentning metodologiyasi

Innovatsion menejmentdagi konsepsiyalar va yondashishlarning tasnifi1



Asosiy, bazaviy yondashishlar va konsepsiyalar

Ularni amalga oshirish shakllari va natijalar

Klassik maktab

1.Mehnat taisimoti tamoyillari.
2.Maqsad va rahbarlikning umumiyligi.
3.Hokimiyat va javobgarlik.
4.Markazlashtirish va markazlashtirmaslikning nisbati.
5.Menejmentning vertikal zanjiri.

1.Intizom.
2.Tartib.
3.Adolat va mukofot.
4.Samaradorlik.
5.Kompaniyaning asosiy maqsadiga bo‘ysunish



Hulqiy maktab

1.E’tibor markazida insoniy resurs.
2.Tashkilotni shaxslararo munosabatlarning o‘ziga xosligini hisobga olish bilan shakllantiish.
3.Xodimlar hulqini ehtiyojlar, manfaatlar,boyliklar orqali tartibga solish.
4.Xodimlarni unvovchi sabablar



1.Xodimlar salohiyatidan samaraliroq foydalanish.
2.Unumdorlikni oshirish.
3.Xodimning qanoatlanganligini oshirish.
4.Mukofotlashlar va rag‘batlantirishlarning egiluvchan tizimi.

Ilmiy maktab

1.Menejmentning faoliyati va vazifalarining tahlilidan foydalanish.
2.Xodimlarni tanlash, o‘qitish va joy-joyiga qo‘yish.



1.Muvofiq faoliyat yuritish uchun sharoitlar yaratish.
2.Mehnat unumdorligini ko‘paytirish.



Jarayonli yondashish

1.Menejmentni jarayon sifatida tushunish.
2.Jarayonga ta’sir ko‘rsatish omillarining tahlili.
3.Boshqaruv jarayoni o‘zaro bog‘liq vazifalar tizimi sifatida.
4.Muvofiqlashtiruvchi farmoyish beruvchi va nazorat qiluvchi vazifalarning roli.



1.Boshqaruvning egiluvchanlik, uzliksizlik va intensivlik.
2.Boshqaruv vazifalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
3.Boshqaruv usullarining o‘zaro bog‘liqligi va bir birlarini taqazo qilishi.
4.Boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish.

Tizimli yondashish

1.Menejmentni murakkab ierarxik sotsial-iqtisodiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik tizim sifatida ko‘rib chiqish.
2.Tizimning tashqi va ichki muhitining tahlili.
3.Tizimni boshqaruvchi, boshqariladigan ta’minlovchi va xizmat ko‘rsatuvchi tizimchalarga bo‘lish.
4.Tizimdan ilmiy-texnik va “insoniy” tashkil qiluvchilarni ajratish
5.To‘g‘ridan to‘g‘ri, teskari aloqalar, o‘zaro hamkorlik va bir birlarini taqazo qilish samaralarini hisobga olish.
6.Kutishlar nazariyasini qo‘llash.



1.Ta’sir qilish yo‘llari va usullarining mantiqiyligi, menejer vazifalarining muvofiqligi.
2.Tahlil asosida sintetik va asoslangan qarorlarni qo‘llash.
3.Boshqaruv qarorlarining samaradorligi, ularning natijaviyligini oshirish.
4.Texnik, sotsial-psixologik, ekonometrik, ergonomik va boshqa usullari qo‘llanma.
5.Tashkilotning talablari va maqsadlariga epchillik, moslashuvchanlik va uyg‘unlik.
6.Ishdan chuqur qanoatlashish va o‘zini o‘zi aks ettiriish o‘zini o‘zi amalga oshirishga erishish.

YAshash davrli yondashish

1.Tashkilotning yashash davrini sotsial organizm sifatida ko‘rib chiqish.
2.YAshash davrlari bosqichlarini o‘rganish.
3.Rivojlanishning keskin nuqtalarini belgilash.
4.YAshash davrlari asosida bashoratlash va rejalashtirish.
5.O‘tish tendensiyalarini aniqlash.



1.Aniq rejalashtirish, muvofiqlashtirish va rahbarlik.
2.Menejerning xabardorligi va omilkorligini oshirish.
3.Aniqroq va muvofiqroq qarorlar qabul qilish.
4.Samarali strategiyani ishlab chiqish ehtimoli.
5.Firmaning rivojlanishini o‘sishini bashoratlash va har tomonlama rivojlanish va yangi bozorlarga bostirib kirish yo‘llarini topish.

Miqdoriy matematik yondashishlar

1.Ekonometrik modellarini qo‘llash.
2.Ishlab chiqarish vazifalari apparatini qo‘llash.
3. “Xarajatlar-samaradorlik” usuli bo‘yicha ko‘plik regressiyasi (orqaga qaytish) usullarini qo‘llash.
4.Stoxatik (ehtimolli) modellarni qo‘llash.

1. Boshqaruv qarorlarining yuqori aniqligi, samaradorligi va sifati.
2. Firma rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini tanlash.
3.Ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblarining aniqligi.
4. Natijalarning noaniqligini bartaraf qilish, xatarlarni pasaytirish.

Loyihali yondashish

1.Innovatsion loyiha turidagi yangiliklarni ishlab chiqish, tadbiq etish va tijoratlashtirishni tashkil qilish.
2.Loyihani biznes-rejalashtirish
3.Loyihaning tahlili.

4.Loyihani baholash.


5.Innovatsion loyihani moliyalashtirilishini tashkil qilish.

1.Strategik rejalashtirishning alohida turi, kerakli ishlab chiqarish-texnik va marketing tadbirlarini tanlash.
2.YAngilik, uning iste’mol va qiymatiy ko‘rsatkichlarini tadqiqot qilish bo‘yicha ko‘p qadamli tadbirlar. Resursli, texnologik va moliyaviy imkoniyatlarni tadqiqot qilish.
3.Balansli hisobot va pul oqimlarini harakatlanishi asosida texnik-iqtisodiy, rejaviy, tijorat, ekologik va moliyaviy o‘tkazish.
4.Loyihaning moliyaviy barqarorligi va tijorat samaradorligini baholash. O‘zini o‘zi oqlash muddati, daromadlik indeksi, sof diskontlashtirilgan daromad va rentabellikning ichki me’yorini hisoblash, xatarlarni hisobga olish.
5.Moliyalashtirishga ehtiyojni belgilash, manbalarni qidirib topish va loyiha ostidagi pul oqimlarini tashkil qilish.

Marketingli yondashish

1.Innovatsion firmani marketing strategiyasiga qaratish.

2.Innovatsion marketingning aniq strategiyalari: raqobat afzalligi startegiyasi, importni o‘rni bosish, xarajatlardagi etakchilik, yangi bozorlarga bostirib kirish va h.k.ishlab chiqish.


3.YAngilikni bozorga kirib borishi strategiyasini ishlab chiqish.

4.Operativ taktik innovatsion marketing. Marketingning turini tanlash.


5.Marketingning xarajatlari va daromadlarini bashoratlash va rejalashtirish.



1.Firma, uning tizimchalari va xodimlari faoliyatining bo‘lajak iste’molchining so‘rovlarini hisobga olish bilan yangiliklarni tijoratlashtirishga yo‘naltirish.
2.Bozorning nomlanish tadqiqoti. Bozor holatining tahlili va bashorati. Bozor sig‘imi, tuzilishi va segmantlarga bo‘linishining tadqiqoti. Talab, raqiblar hulqi, raqobat turlari va shakllarining tadqiqoti va bashorati.
3.YAngilikni bozorga kirishining maqsadini belgilash, varianti va vaqtini tanlash. YAngilikni joylashtirish tadbirlari va bosqichlarini ishlab chiqish.
4.YAngilikni bozorga kirib borishining aniq tadbirlarini ishlab chiqish. Marketinning kreativ, konversion, rahbatlantiruvchi va boshqa turlari tadbirlari. Sotish kanallarini shakllantirish. Reklama kompaniyasi, ko‘rgazmalar, prezentatsiyalar, sinovli va to‘g‘ridan to‘g‘ri sotishlar, servisli va kafolatli xizmat ko‘rsatish va h.k. tashkil qilish.
5.YAngilikni sotishlar hajmining tahlili va bashorati, marketing daromadlarini baholash. Daromadlar bo‘yicha narxli egiluvchianlikni belgilash. Raqiblarning narx siyosatini o‘rganish. Innovatsiyalarning narx siyosatini ishlab chiqish. Marketing xarajatlarining tahlili. YAngilikni bozor tomon harakatlantirish xarajatlarini shakllantirish.

2–jadvaldan kelib chiqishiga, innovatsion menejmentga har xil konsepsiyalar va yondashishlarning ahamiyati teng emas. Tizimli, marketingli, yashash davrli va loyihaviy yondashishlar strategik va ham operativ innovatsion menejmentda eng katta o‘rinni egallaydilar. Ular innovatsion boshqaruvning alohida turini shakllantiradilar. Sotsial-psixologik va miqdoriy ekonometrik usullar boshqaruv qarorlarini tahlil qilish, bashoratlash va ishlab chiqishda qo‘llaniladilar.


Jadvalda tizimga keltirilgan ma’lumotlar innovatsion menejmentning quyidagi eng xarakterli alomatlarini ajratishga imkon beradi:

  • murakkab ierarxik aralish ilmiy-texnik va sotsial-iqtisodiy tizimlar innovatsion menejmentning ob’ekti bo‘ladilar;

  • innovatsion menejmentning maqsadga erishish haqidagi har xil tasavvurlarga ega turli tuman innovatsion tizimlardan iborat;

  • innovatsion jarayonlar ehtimoli xarakterga egalar va o‘zining mohiyati bo‘yicha kuchsiz determinatsiyalangan (asoslangan)lar;

  • innovatsion jarayonlar ijodiy xarakterga ega;

  • innovatsion tizimlarda innovatsion soha xodim-innovator markaziy sub’ekt bo‘ladi;

  • novator va innovatsion menejerning innovatsion faoliyat sub’ektlari sifatidagi shaxsini ta’sir ko‘rsatishning eng yangi usullarini qo‘llashni talab qiluvchi murakkab sotsial tizim sifatida ko‘rib chiqish kerak;

  • innovatsion faoliyatning natijaviyligini oshirish uchun egiluvchan, moslashuvchi ma’naviy-ahloqiy va shaxsiy yondashishlardan foydalanish kerak.

Innovatsion menejmentda batafsil tahlil va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish tizimli yondashishda to‘liqroq ochiladi. Tizimli tahlilning markaziy tushunchasi tizimdan, ya’ni bir birlari va atrof muhit bilan o‘zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va elementlarning murakkab ichki qurilishi, katta soniga ega ob’ektdan iborat.
Innovatsion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish asosiy dalil bo‘ladi. tashqi muhit bilan yaqin o‘zaro hamkorlikda bo‘la turib, u tashqi muhit tomonidan ham to‘g‘ridan to‘g‘ri va ham vositali ko‘p sonli ta’sirlarga duch keladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning elementlar ham muhit omilariga o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Tashkilot tizim sifatida tizimning o‘zi va uning tashqi va ichki muhiti elementlari tomonidan harakatlanuvchi kuchlar, o‘zaro hamkorliklar, o‘zaro ta’sirlar va o‘zaro kirib borishlarning murakkab ansamblidan iboratdir. Tizim va uning tashqi muhiti chizmali ravishda 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Tashqi muhit tashkilotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va vositali ta’sir ko‘rsatadi. Davlat va qonunchilik idoralari, institutlar, kasaba uyushmalar, ilmiy va innovatsion tashkilotlar, ishlab chiqarish omillari bozorlari, sarmoyadorlar, raqiblar, etkazib beruvchilar, ist’emolchilar, kasbiy vositachilar va h.k. to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish muhitining muhim elementlari bo‘ladilar.
Xalqaro sotsial-madaniy va iqtisodiy muhit, siyosiy, ekologik omillar, fan va texnikaning holati, hamda jamiyatni qadriyatli yo‘naltirilishi va uning innovatsion g‘oyalarga moyilligi vositali ta’sir ko‘rsatish muhitining tarkibiy qismlari bo‘ladilar

Qonunlar va davlat idoralari


Ташкилот
Resurslar va sarmoyalarni


etkazib beruvchilar.
Raqiblar.
institutlar.
Iste’molchilar
Vositali ta’sir ko‘rsatish
muhiti.

To‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish muhiti:



  • Xalqaro hodisalar

  • Ilmiy-texnik omillar

  • Siyosiy omillar

  • Sotsial omillar

  • Iqtisodiyotning holati

Firmaning ichki muhiti omillariga, masalan, ilmiy-texnik salohiyat, ruhiy holat, infratuzilma, xodimlar malakasining darajasi va h.k. kiradi.
Tizimning elementlari mustaqil va sifatli bo‘linmaydigan birlikdir. Bir birlari va atrof muhit bilan o‘zaro hamkorlikni ular moddiy, energetik va axborotli muhit bilan ta’riflaydilar. Belgilangan yaxlitlik va maqsadga yo‘naltirilganlikka ega o‘zaro hamkorlik qiluvchi elementlarning masofaviy – vaqtli agregatlari (yig‘indilari) vazifaviy tizimchalarda ajratadilar. Tizimni tizimchalarga bo‘linishi tizimning ierarxiyasini ochishga va uning har xil darajada batafsil tekshirishligini ko‘rib chiqishga imkon beradi.
Tizimning murakkabligi ierarxiya darajalarining soni, tizimda aylanib yuruvchi axborotlarning hajmi, hamda uning tuzilishining murakkabligi, elementlarning soni va aloqalari bilan belgilanadi. Aloqalarning yig‘indisi tizimning tuzilmasini tashkil qiladi. Har bir tizim qo‘yilgan maqsadga erishishga qaratilgan faoliyat yuritish algoritmiga ega.
Tizimni tizimning kiruvchi boshqaruvchilari, to‘lqinlanuvchi, o‘zgaruvchanlari va chiquvchi parametrlari o‘rtasidagi aloqani aks ettiruvchi model yordamida shakllantiradilar. Katta va murakkab tizimlar va kichik tizimlarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ulardan ham miqdoriy va ham sifatiy nisbatlarda farq qiladilar.
Katta va murakkab ierarxik tizimlarga quyidagilar xos:

  • umumiy maqsadlarning mavjudligi (belgilanish);

  • yaxlitlik va tugallanganlik;

  • bajarilayotgan vazifalarning katta miqdorlari va katta soni;

  • vazifalarning ko‘p jihatliligi va turli tumanliligi;

  • hulqning murakkabliligi va undovchi sabablarning ko‘p jihatliligi;

  • musobaqaluvchi, raqobatlashuvchi va har tomonga yo‘naltirilganligi tendensiyalarining mavjudligi.

Tizimni ichida sodir bo‘layotgan katta tizimlar kabi noaniqlik va axborotlarning ehtimol bo‘lgan to‘liq emasligi xos bo‘lgan, qarama-qarshi yo‘nalishdagi jarayonlar uning samaradorligini pasaytirish mumkin.
Innovatsion tizimning 2-rasmda berilgan murakkab, ko‘p bosqichli, ko‘p kompozitsiyali tizimini ko‘rib chiqamiz. Kirish, chiqish va tashqi muhit tizimning tashqi muhiti bo‘ladi. Tizimning kiruvchi parametrlari – bu moddiy, energetik, axborot va kognitiv (ilmiy bilimlar) oqimlaridir. CHiquvchi parametrlar yangi jarayonlar, mahsulotlar, xizmatlar, foyda, xodimlarning yangi bilimlari, ishlab chiqarishni o‘sishi, yangi segmentlar va yangi bozorlarni o‘zlashtirilishi, sotsial javobgarlik, xodimlarning qanoatlantirilganligidan iboratdir.
Innovatsion menejmentning ichki mikromuhiti – firmaning tashkiliy, texnologik, sotsial – psixologik va texnik – iqtisodiy muhitidan iboratdir.
Murakkab, katta tizim tizimchalarning yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ta’minlovchi, ilmiy, boshqaruvchi va boshqariladigan ko‘pbosqichli, murakkab tizimchalardan tashkil topadi. O‘z navbatida boshqaruvchi tizimga kichik tizimchalardan tashkil topadi, ular o‘rtasida uchta asosiy bosqichlarga ega ierarxik tuzilma ko‘rinishidagi tobelik mavjud. Bunda ierarxiyaning pastroq bosqichiga tegishli bo‘lgan va birgalikda harakat qiluvchi tizim ierarxiyaning keyingi yuqori bosqichiga tegishli bo‘lgan tizimchaning barcha vazifalarini bajaradi. Innovatsion menejmentning boshqaruvchi tizimchasini ko‘rib chiqamiz. Tashkilotning ierarxik murakkab, katta tizim sifatidagi kirishlari va chiqishlari 3 – rasmda tasvirlangan.



Yüklə 68,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin