Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
din kabilar ana shunday faoliyat natijasidir. Bularning barchasi o‘z-o‘zidan
paydo bo‘lmaydi, balki tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida turgan
va o‘zaro munosabatlarga kirishgan kishilar tomonidan yaratiladi. Bundan
ko‘rinib turibdiki, ma’naviy madaniyat ma’naviy faoliyat natijasi sifatida kelib
chiqayotgan hodisalarnigina emas, balki ularning yaratilishi jarayonida kishilar
o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni ifodalash uchun ham xizmat
qiladi.
Moddiy va ma’naviy madaniyatga mansub ash’yolar, hodisalarning turli
maqsadlarga xizmat qilishi, demakki, ularning vazifalari, funksiya laridagi farqlar
yuqoridagi misollardan ham ko‘rinib turibdi. Lekin bu farqlar nisbiy bo‘lib,
ularni aslo mutlaqlashtirib bo‘lmaydi.
Birinchidan, unisi ham, bunisi ham madaniyat ekanligini unutmaslik
kerak. Ikkinchidan, inson faoliyatining mahsuli bo‘lgan ko‘pgina hodisalar
ham aqliy, ma’naviy, ham jismoniy mehnatning natijasi sifatida yuzaga keladi.
Boshqacha aytganda, moddiy madaniyat insonning ma’lum bir g‘oyalari,
bilimlari, maqsadlarining namoyon bo‘lishidir. Ayni paytda, har qanday
ma’naviy madaniyat mahsuli ham obyektiv lashuvi, o‘zining moddiy ifodasini
(yozuv, nutq, rasm, haykal kabilarda) topmog‘i lozim. Bunday obyektivlashuv
jismoniy harakatni, kuch-quvvatni talab qiladi. Ba’zi hollarda, masalan,
haykaltaroshlik san’atidagi kabi, bunday jismoniy harakat anchayin katta o‘rin
tutishi mumkin.
har bir avlod madaniy rivojlanishni bo‘sh joydan emas, balki ajdodlari
yaratgan qadriyatlarni o‘zlashtirishdan boshlaydi. Boshqa tomondan, bu
o‘zlashtirish o‘ziga xos bir «xomashyo», yangi qadriyatlar yaratish, madaniyatni
yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida tayanch vazifasini o‘taydi. Agar mana shu
ikki jarayon bo‘lmas ekan, madaniyatning rivojlanishi haqida gap ham bo‘lishi
mumkin emas. Ikki jarayon — eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi obyektiv zaruriy
bog‘liqlik vorislik deb ataladi.
Madaniyatda vorislik haqida gap ketganda, taraqqiyotga xizmat qiladigan
(progressiv) va rivojlanishga to‘siq bo‘ladigan (reaksion) vorislikni bir-biridan
farqlash lozim. Shuni ham unutmaslik kerakki, ma’lum bir davrdagina ijtimoiy
taraqqiyotga xizmat qilib, keyingi davrda jamiyat taraqqiyotiga zid bo‘lgan
hodisalar ham uchraydi. Shuningdek, madaniyatda (ijobiy-pozitiv va salbiy-
negativ) vorislik ham kuzatiladi.
Madaniyat o‘z rivojlanishining har bir bosqichida davr natijalariga
tayanadi. Agar madaniyat rivojlanishining keyingi bosqichlarida oldingi
davr natijalari saqlanib qolsa, bunday vorislik ijobiy vorislik deyiladi. Oldingi
davr natijalariga tayanish faqat ijobiy natijalarnigina saqlab qolish degani
emas. Madaniyat tarixida ko‘p asrlar davomida to‘g‘ri deb hisoblanib kelinib,
keyin noto‘g‘riligi tasdiqlangan hodisalar ham ma’lum. Masalan, qadimgi
2— Zakaz 23
18
madaniyatshunOslik asOslaRi
yunon olimi Demokritning «atomlar olamning eng mayda, bo‘linmas, oxirgi
g‘ishtchalaridir» degan qarashlarini olib ko‘raylik. XX asr bo‘sag‘asida ilm-fan
rivojlanishi bilan atomlar eng so‘nggi g‘ishtchalar emasligi, balki ular o‘z
navbatida yanada murakkkabroq tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Lekin bu
Demokrit qarashlari ilm-fan, kengroq aytganda, madaniyat rivojlanishida hech
qanday rol o‘ynamadi, deyishga asos bo‘la oladimi? Aslo! Chunki atomlarning
mavjudligi, ularning «olamning oxirgi g‘ishtchalari» ekanligi haqidagi fikr bu
«g‘ishtcha»larni topishga va, ayni paytda, ularning «oxirgi» marra emasligini
isbotlashga olib keldi. Bulardan shunday xulosa kelib chiqadiki, noto‘g‘ri
tasavvurlarni tanqidiy o‘zlashtirish, to‘g‘ri langan holda qabul qilish madaniy
rivojlanishning muhim xususiyatidir.
Madaniyat rivojlanishidagi vorislik oldin erishilgan natijalarni saqlab
qolish va ijodiy rivojlantirishning dialektik birligi sifatida yuzaga chiqadi. Ana
shu jarayon natijasi o‘laroq madaniyatning barqaror, konservativ elementlari
yuzaga keladiki, odatda ularni ifodalashda an’analarning roli beqiyosdir.
Madaniy an’analar tufayli kishilarning tajribasi to‘planib, avloddan-avlodga
o‘tib boradi.
Madaniy an’analar kishilar birligining muayyanligini, o‘zligini saqlab qolish
imkonini beradi. An’analarsiz madaniyat bo‘lishi mumkin emas. Madaniy
an’analar deganda, ko‘pincha marosimlar va urf-odatlarni tushunishadi.
Bu unchalik to‘g‘ri emas. Birinchidan, kishilik jamiyati rivojlanishi davomida
yuzaga kelgan har qanday marosim, urf-odat ham uzoq yashamasligi,
demakki, an’anaga aylanmasligi ham mumkin. Ikkinchidan, madaniy an’analar
tushunchasi marosimlar, urf-odatlar kabi hodisalarni ham o‘z ichiga olgan
holda ularga nisbatan kengroq mazmun kasb etadi. Chunki madaniy an’analar
ulardan tashqari avloddan-avlodga o‘tib, tarixan qaror topgan va ijtimoiy
ongning tarkibiy qismiga aylangan g‘oyalar va bilimlar, qadriyatlar, qarashlar
va tasav vurlar, xulq va did me’yorlari kabi jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, madaniyatning har bir sohasida an’ana
o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish, fan, san’at
sohalaridagi an’analar o‘zining takrorlanmas jihatlari bilan bir-biridan ajralib
turadi.
Agar madaniyat faqat o‘tmish natijalarini o‘zlashtirish va takrorlashdan
nariga o‘tmaganda edi, madaniy rivojlanish haqida gap bo‘lishi mumkin emas
edi. har bir avlod o‘zidan oldingi natijalarga tayanib, ularni ijodiy rivojlantiradi,
boyitadi, yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘ta radi.
Madaniy merosga nisbatan mensimasdan qarash chuqur salbiy oqibatlarga,
fojiaviy hollarga sabab bo‘lishi, muhim madaniy yutuqlarning yo‘qolishiga olib
kelishi mumkin. Boshqa tomondan, an’analarga ko‘r-ko‘rona sajda qilish esa
madaniyatda turg‘unlikni keltirib chiqaradi.
|