MUSTAhKAMLASh UchUN SAVOLLAR
1. Madaniyatshunoslik nimadan bahs yuritadi?
14
madaniyatshunOslik asOslaRi
2. Madaniyatshunoslik ilmida qanday usullardan foydalaniladi?
3. Madaniyatshunoslikning falsafa, sotsiologiya, adabiyotshunoslik va boshqa
ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqasi qanday?
4. Madaniyat nazariyasi tarixi nimani o‘rgatadi?
5. Madaniyat tarixi nimadan bahs yuritadi?
6. Madaniyatshunoslik qanday funksiyalarni bajaradi?
NAZORAT IShI UchUN MAVZULAR
• Madaniyat nazariyasi — madaniyatshunoslikning tarkibiy qismi.
• Madaniyat falsafasining mazmuni va mohiyati.
• Markaziy Osiyo mutafakkirlarining madaniyat to‘g‘risidagi qarashlari.
• Madaniyatshunoslik va uning ijtimoiy-gumanitar bilimlar tizimida tutgan
o‘rni.
Birinchi bob. MADANIYATNING IJTIMOIY MOhIYATI
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, siyosat, mafkura. — T.: «O‘zbekiston», 1993,
47-bet
15
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
MADANIYAT TUShUNchASI, UNING MAZMUNI, RIVOJLANISh OMILLARII
VA FUNKSIYALARI
Madaniyat murakkab va serqirra tarixiy hodisa bo‘lib, yuqorida aytilganidek,
har bir fan o‘ziga xos tarzda madaniyat tushunchasini yaratadi. Shu tufayli
hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda uning 250 dan ortiq ta’rifi uchraydi.
Ko‘pgina xalqlarda madaniyat tushunchasi o‘rnida lotin tilidan qabul
qilingan cultura atamasi ishlatiladi. Cultura deganda dastlab tabiat
obyektlarining inson mehnat faoliyatining natijasida o‘zgarishi, boshqacha
qilib aytganda, parvarish qilish, ishlov berish, dehqonchilik bilan shug‘ullanish
tushunilgan. Bu atamani yuqoridagi ma’noda ishlatish hozir ham uchraydi.
Masalan, rus tilida «agrokultura» so‘zida ana shunday mazmun ifodalanadi.
Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, lotincha atamani qabul qilgan xalqlarda ham
keyingi vaqtlarda bu tushunchaga kengroq mazmun berilib, ma’rifatlilik,
bilimlilik, tarbiya ko‘rganlik ma’nolarida qo‘llanila boshlangan.
Ijtimoiy-falsafiy tafakkurning keyingi bosqichlarida madaniyatni deyarli
barcha xalqlarda, garchi turli shakllarda bo‘lsa-da, mohiyat e’tibori bilan aynan
ma’naviy faoliyat sohasi sifatida tushunish ustuvor bo‘lib keldi. Faqat XIX asr
o‘rtalaridagina madaniyat tushunchasi kengroq ma’noda, ya’ni inson faoliyati
natijasida yuzaga kelgan barcha narsalarga nisbatan ishlatila boshlandi. Bunday
holatda madaniyat tushunchasi inson tomonidan yaratilgan, bokira tabiat
ustiga qurilgan «ikkinchi tabiat» ma’nosini kasb etadi. Ayni paytda, ushbu
qarash madaniyatni inson faoliyatining ma’lum bir sohasi bilan bog‘lab qo‘yish
kerak emas, chunki inson, uning faoliyati, insonlararo munosabat bor joyda
madaniyat ham mavjud, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Lekin madaniyatni «inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan barcha
narsalar» deb tushunish ham yetarli va to‘liq emas. Nega? Birinchidan,
bunday yondashuv uni insondan tashqarida mavjud qandaydir hodisa sifatida
tushunishga olib keladi. Ikkinchidan, madaniyat va jamiyat tushunchalarining
nisbati oydinlashmaydi.
Madaniyat va jamiyat tushunchalarining farqi madaniyatni «inson
tomonidan yaratilgan qadriyatlar majmui» deb tushunilganda ochiq ko‘rinadi.
haqiqatan ham madaniyat insoniy mazmun va ma’no bilan sug‘orilgan moddiy
va ma’naviy qadriyatlar dunyosidir. Biroq madaniyatni faqat qadriyatlar majmui
sifatida tushunish ham to‘g‘ri va to‘liq emas. Birinchidan, bunda yuqoridagi
kabi madaniyat tayyor natijalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi, madaniyatning
yaratilish jarayoni, uning rivojlanishi e’tibordan chetda qoladi. Ikkinchidan,
u yoki bu hodisani ijobiy yoki salbiy deb qabul qilish tarixan belgilangan
davrning, jamiyatning, ijtimoiy guruhlarning hukmron bo‘lgan hayotiy
16
madaniyatshunOslik asOslaRi
prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi.
Madaniyatga turlicha qarashlarning mohiyati to‘g‘risida keyingi sahifalarda
atroflicha to‘xtab o‘tilishini nazarda tutib, unga quyidagicha ta’rif berish bilan
chegaralanish mumkin, deb hisoblaymiz: Madaniyat insonning faoliyati
jarayoni, uning natijasida yaratilgan ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, o‘z navbatida
shaxsning shakllanishi va kamol topishida muhim omil hisoblangan ijtimoiy
hodisadir.
Madaniyat tushunchasida hayotning biologik shakllaridan farqli o‘laroq,
inson faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir qatorda bu faoliyatning
tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichlaridagi, ma’lum bir tarixiy davrdagi,
milliy va etnik rivojlanishdagi sifatiy o‘ziga xoslik ham o‘z ifodasini topadi.
Masalan, biz «qadimgi davr madaniyati», «o‘zbek madaniyati» kabi
tushunchalarni yuqoridagi ma’nolarda ishlatamiz. Ayni paytda, «mehnat
madaniyati», «muomala madaniyati», «nutq madaniyati», «siyosiy madaniyat»,
«ekologik madaniyat», «axloqiy madaniyat» kabi iboralarni ham qo‘llaymizki,
bunday hollarda madaniyat kishilarning ongi, xulqi va faoliyatining o‘ziga
xosligini ifodalagan bo‘ladi. Bunga «shaxs madaniyati», «yoshlar madaniyati»
kabi tushunchalar ham misol bo‘la oladi.
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish
rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviyga bo‘lish inson faoliyatining
ikki asosiy sohasi, ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish bilan
bevosita bog‘liqdir. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini
va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari
ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyatga uy-joy,
kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’mol vositalari deb ataladigan hodisalar
ham kiradi. Bularsiz ma’lum bir xalq madaniyati, uning tarixiy taraqqiyotning
turli bosqichlaridagi o‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas.
Iste’mol vositalarini o‘rganish ijtimoiy rivojlanishning ma’lum bir bosqichida
turgan inson nimalarni iste’mol qilayotganligi to‘g‘risidagina emas, balki
qanday iste’mol qilishi, uning ehtiyojlari qanchalik boy va taraqqiy etganligi
haqida ham ma’lumot beradi. Albatta, moddiy madaniyatni faqat ishlab
chiqarish va iste’mol vositalariga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas. Chunki moddiy
madaniyat yuqoridagi vositalarni yaratish va foydalanish sohasidagi faoliyat
usulini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Aynan shunday faoliyat jarayonida
insonning bilimi, tajribasi, kasb malakasi moddiy madaniyatning tarkibiy
qismiga aylanadigan jismiy ko‘rinishga kiradi.
Ma’naviy madaniyat esa ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish, ijtimoiy
ong shakllarini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha sohalarini
qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli shakllari: har
xil tasavvurlar va g‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlar, ilmiy bilimlar va san’at
asarlari, axloqiy va huquqiy me’yorlar, falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya,
|