O‘zbekistOn Respublikasi Oliy


MUSTAhKAMLASh UchUN SAVOLLAR



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

MUSTAhKAMLASh UchUN SAVOLLAR
1. Madaniyatshunoslik nimadan bahs yuritadi?


14
madaniyatshunOslik asOslaRi
2. Madaniyatshunoslik ilmida qanday usullardan foydalaniladi?
3. Madaniyatshunoslikning falsafa, sotsiologiya, adabiyotshunoslik va boshqa 
ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqasi qanday?
4. Madaniyat nazariyasi tarixi nimani o‘rgatadi?
5. Madaniyat tarixi nimadan bahs yuritadi?
6. Madaniyatshunoslik qanday funksiyalarni bajaradi?
NAZORAT IShI UchUN MAVZULAR
• Madaniyat nazariyasi — madaniyatshunoslikning tarkibiy qismi.
• Madaniyat falsafasining mazmuni va mohiyati.
• Markaziy Osiyo mutafakkirlarining madaniyat to‘g‘risidagi qarashlari.
• Madaniyatshunoslik va uning ijtimoiy-gumanitar bilimlar tizimida tutgan 
o‘rni.
Birinchi bob. MADANIYATNING IJTIMOIY MOhIYATI

I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, siyosat, mafkura. — T.: «O‘zbekiston», 1993, 
47-bet


15
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
MADANIYAT TUShUNchASI, UNING MAZMUNI, RIVOJLANISh OMILLARII 
VA FUNKSIYALARI
Madaniyat murakkab va serqirra tarixiy hodisa bo‘lib, yuqorida aytilganidek, 
har bir fan o‘ziga xos tarzda madaniyat tushunchasini yaratadi. Shu tufayli 
hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda uning 250 dan ortiq ta’rifi uchraydi.
Ko‘pgina xalqlarda madaniyat tushunchasi o‘rnida lotin tilidan qabul 
qilingan cultura atamasi ishlatiladi. Cultura deganda dastlab tabiat 
obyektlarining inson mehnat faoliyatining natijasida o‘zgarishi, boshqacha 
qilib aytganda, parvarish qilish, ishlov berish, dehqonchilik bilan shug‘ullanish 
tushunilgan. Bu atamani yuqoridagi ma’noda ishlatish hozir ham uchraydi. 
Masalan, rus tilida «agrokultura» so‘zida ana shunday mazmun ifodalanadi. 
Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, lotincha atamani qabul qilgan xalqlarda ham 
keyingi vaqtlarda bu tushunchaga kengroq mazmun berilib, ma’rifatlilik, 
bilimlilik, tarbiya ko‘rganlik ma’nolarida qo‘llanila boshlangan.
Ijtimoiy-falsafiy tafakkurning keyingi bosqichlarida madaniyatni deyarli 
barcha xalqlarda, garchi turli shakllarda bo‘lsa-da, mohiyat e’tibori bilan aynan 
ma’naviy faoliyat sohasi sifatida tushunish ustuvor bo‘lib keldi. Faqat XIX asr 
o‘rtalaridagina madaniyat tushunchasi kengroq ma’noda, ya’ni inson faoliyati 
natijasida yuzaga kelgan barcha narsalarga nisbatan ishlatila boshlandi. Bunday 
holatda madaniyat tushunchasi inson tomonidan yaratilgan, bokira tabiat 
ustiga qurilgan «ikkinchi tabiat» ma’nosini kasb etadi. Ayni paytda, ushbu 
qarash madaniyatni inson faoliyatining ma’lum bir sohasi bilan bog‘lab qo‘yish 
kerak emas, chunki inson, uning faoliyati, insonlararo munosabat bor joyda 
madaniyat ham mavjud, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Lekin madaniyatni «inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan barcha 
narsalar» deb tushunish ham yetarli va to‘liq emas. Nega? Birinchidan
bunday yondashuv uni insondan tashqarida mavjud qandaydir hodisa sifatida 
tushunishga olib keladi. Ikkinchidan, madaniyat va jamiyat tushunchalarining 
nisbati oydinlashmaydi.
Madaniyat va jamiyat tushunchalarining farqi madaniyatni «inson 
tomonidan yaratilgan qadriyatlar majmui» deb tushunilganda ochiq ko‘rinadi. 
haqiqatan ham madaniyat insoniy mazmun va ma’no bilan sug‘orilgan moddiy 
va ma’naviy qadriyatlar dunyosidir. Biroq madaniyatni faqat qadriyatlar majmui 
sifatida tushunish ham to‘g‘ri va to‘liq emas. Birinchidan, bunda yuqoridagi 
kabi madaniyat tayyor natijalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi, madaniyatning 
yaratilish jarayoni, uning rivojlanishi e’tibordan chetda qoladi. Ikkinchidan, 
u yoki bu hodisani ijobiy yoki salbiy deb qabul qilish tarixan belgilangan 
davrning, jamiyatning, ijtimoiy guruhlarning hukmron bo‘lgan hayotiy 


16
madaniyatshunOslik asOslaRi
prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi.
Madaniyatga turlicha qarashlarning mohiyati to‘g‘risida keyingi sahifalarda 
atroflicha to‘xtab o‘tilishini nazarda tutib, unga quyidagicha ta’rif berish bilan 
chegaralanish mumkin, deb hisoblaymiz: Madaniyat insonning faoliyati 
jarayoni, uning natijasida yaratilgan ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, o‘z navbatida 
shaxsning shakllanishi va kamol topishida muhim omil hisoblangan ijtimoiy 
hodisadir.
Madaniyat tushunchasida hayotning biologik shakllaridan farqli o‘laroq, 
inson faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir qatorda bu faoliyatning 
tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichlaridagi, ma’lum bir tarixiy davrdagi, 
milliy va etnik rivojlanishdagi sifatiy o‘ziga xoslik ham o‘z ifodasini topadi. 
Masalan, biz «qadimgi davr madaniyati», «o‘zbek madaniyati» kabi 
tushunchalarni yuqoridagi ma’nolarda ishlatamiz. Ayni paytda, «mehnat 
madaniyati», «muomala madaniyati», «nutq madaniyati», «siyosiy madaniyat», 
«ekologik madaniyat», «axloqiy madaniyat» kabi iboralarni ham qo‘llaymizki, 
bunday hollarda madaniyat kishilarning ongi, xulqi va faoliyatining o‘ziga 
xosligini ifodalagan bo‘ladi. Bunga «shaxs madaniyati», «yoshlar madaniyati» 
kabi tushunchalar ham misol bo‘la oladi.
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish 
rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviyga bo‘lish inson faoliyatining 
ikki asosiy sohasi, ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish bilan 
bevosita bog‘liqdir. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini 
va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari 
ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyatga uy-joy, 
kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’mol vositalari deb ataladigan hodisalar 
ham kiradi. Bularsiz ma’lum bir xalq madaniyati, uning tarixiy taraqqiyotning 
turli bosqichlaridagi o‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas. 
Iste’mol vositalarini o‘rganish ijtimoiy rivojlanishning ma’lum bir bosqichida 
turgan inson nimalarni iste’mol qilayotganligi to‘g‘risidagina emas, balki 
qanday iste’mol qilishi, uning ehtiyojlari qanchalik boy va taraqqiy etganligi 
haqida ham ma’lumot beradi. Albatta, moddiy madaniyatni faqat ishlab 
chiqarish va iste’mol vositalariga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas. Chunki moddiy 
madaniyat yuqoridagi vositalarni yaratish va foydalanish sohasidagi faoliyat 
usulini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Aynan shunday faoliyat jarayonida 
insonning bilimi, tajribasi, kasb malakasi moddiy madaniyatning tarkibiy 
qismiga aylanadigan jismiy ko‘rinishga kiradi.
Ma’naviy madaniyat esa ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish, ijtimoiy 
ong shakllarini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha sohalarini 
qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli shakllari: har 
xil tasavvurlar va g‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlar, ilmiy bilimlar va san’at 
asarlari, axloqiy va huquqiy me’yorlar, falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya, 


17

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin