26
madaniyatshunOslik asOslaRi
munosabatlarga kirishib borayotgan, demokratik o‘zgarishlarni
boshdan
kechirayotgan respublikamiz uchun ayniqsa muhimdir. Chunki demokratiya,
so‘z erkinligi bayrog‘i ostida ko‘pgina davlatlarda, ayniqsa, g‘arb mamlakatlarida
chuqur ildiz otgan faxsh, zo‘ravonlik, giyohvandlikni targ‘ib qiluvchi san’at,
adabiyot, kino asarlari, teleko‘rsatuvlarning kirib kelishiga aslo yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi. Milliy qadriyatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan bunday
«asarlar» ning kirib kelishi jamiyatimizning ma’naviy negiziga katta zarba
etkazadi. Bunda yoshlarimizning milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asoslari
bilan qurollanishi muhim ahamiyatga egadir.
Madaniyat,
bir tomondan, kishilar o‘rtasidagi bevosita va bilvosita
muloqotni tartibga solsa, boshqa tomondan, muloqotning o‘zi madaniy hodisa
sifatida baholanadi va biz bunday hollarda «muloqot madaniyati» degan
tushunchani ishlatamiz.
Kishilar o‘rtasidagi muloqot turli vositalar yordamida amalga oshiriladi.
har bir millatning o‘z tili bor. Ayni paytda, har bir millat muloqotning rang-
barangligi, mazmundorligini ta’minlaydigan o‘ziga xos imo-ishoralar, raqs,
musiqa, xulq-odob me’yorlari «tiliga» ham ega. «Shashmaqom»ni, «Munojot»ni,
«Tanovar»ni tinglab, tomosha qilib jafokash xalqimiz tarixi, his-tuyg‘ulari,
kechinmalari, dardi, orzu-umidlarini
dil-dildan his qilamiz, xalqimizning
axloq-odob tamoyillariga quloq tutar ekanmiz, undagi noziklik, insoniy mehr-
muhabbat, hurmat va ulug‘vorlikni qalbdan sezamiz.
Milliy tarix va psixologiyani aks ettiruvchi milliy tillar bilan bir qatorda
hamma uchun barobar va tushunarli bo‘lgan, millatlararo muloqotda va ilm-fan
yutuqlarining tez tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan internatsional til — fan
tili, uning tushunchalari va formulalari tili ham borligini unutmaslik kerak. Ayni
paytda, XX asr elektron hisoblash mashinalarining «al-gol», «beysik», «fortran»
kabi tillari ham yaratildi.
Internet va kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi roli tez o‘sib borayotgan
hozirgi davrda bu «til» axborotlarning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta
ahamiyat kasb etmoqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini
ko‘rsatmoqda.
Madaniyat nafaqat kishilar o‘rtasidagi muloqotning amalga oshishiga
yordam beradi, balki kishilarning faoliyatini va ular o‘rtasidagi munosabatlarni
tartibga solishga ham xizmat qiladi. Bunda madaniya t ning tartibga solish
(regulyativ) funksiyasi namoyon bo‘ladi. Mada niyatning
tartibga solish
funksiyasi kishilarning jamiyatdagi sharoitlarga muvaffaqiyatli ko‘nikishi uchun
xizmat qiladigan turli me’yorlarda namoyon bo‘ladi. Axloqiy, estetik, diniy,
siyosiy, huquqiy me’yorlar ana shular jumlasidandir. Madaniyatni tartibga
solish vazifasi maro simlar, urf-odatlarda yorqin ko‘rinadi. Albatta, har qanday
madaniyat me’yori kishining ichki e’tiqodiga aylangan paytdagina uning