Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Madaniyat rivojlanishiga siyosatning ta’siri kattadir va u, ayniqsa, XX asrda
buyuk ahamiyat kasb etdi.
Siyosatning madaniyatga ta’siri ham ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Masalan, «millatlarning yaqin kelajakda qo‘shilib ketishi» to‘g‘risidagi g‘oyalarga
asoslangan holda siyosat yuritilishi sobiq SSSRda ko‘pgina xalqlarning madaniy
o‘zligini yo‘qotish darajasiga keltirib qo‘ydi. Yoki boshqa bir misolni olaylik.
Genetika, kibernetika kabi fanlar rivojlani shiga noto‘g‘ri siyosiy baho berilishi
natijasida sobiq SSSRda bu fanlarning taraqqiyoti bir necha o‘n yilga orqaga
surib yuborildi.
hozirgi paytda texnik vositalar madaniyat rivojlanishiga shiddatli ta’sir
qila boshladi. Shundan kelib chiqqan holda madaniyat yutuqlarini yashin
tezligida ommalashtirish, tarqata olish imkoniyatini yaratgan, yer yuzining turli
burchaklarida dunyoga kelayotgan madaniyat namunalarini millionlarning
ma’naviy ozig‘iga aylantirayotgan ommaviy axborot vositalaridan — gazeta,
jurnallar, radio, televideniye, video-texnika, kino kabi hodisalarning roli bu
jarayonda ortib bormoqda.
Madaniyatning o‘zi serqirra bo‘lganidek, u bajaradigan funksiyalar ham xilma-
xildir. Birinchi navbatda, madaniyatning bilish funksiyasini alohida ko‘rsatish
lozim. har bir ijtimoiy guruh, millat, jamiyat madaniyatida tevarak olamni
bilish natijalari aks etadi. Odatda, ma’lum bir davr madaniyatini shu davrda
olamni anglash, bilish darajasidan kelib chiqqan holda baholaymiz. Olamni
bilish natijalari aksariyat hollarda sof madaniyat chegarasini yorib chiqib, keng
ma’nodagi tarixiy jarayonning tarkibiy qismiga, jamiyat taraqqiyotining muhim
omiliga aylanib ketadi. Masalan, kosmik uchish apparatlarining yaratilish
jarayonini olaylik. Kosmik uchish vositalarini yaratish, koinotga parvoz qilish
insoniyatning azaliy orzusi edi. Nihoyat, kosmik uchish apparatlari yaratildi,
inson koinotga parvoz qildi ham. Kosmonavtikaning keyingi rivojlanishi
shunga olib keldiki, endi u jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, hatto harbiy
jarayonlarning kechishiga faol ta’sir qiladigan bo‘lib qoldi. Shu tariqa, loyihalar
va chizmalardagina bo‘lgan kosmik apparatlarning haqiqatan paydo bo‘lishi
uni fan, demakki, madaniyatga xos bo‘lgan hodisadan ijtimoiy taraqqiyotga
ta’sir ko‘rsatuvchi omilga aylantirib yubordi.
Kosmonavtikaning muhim iqtisodiy omilga aylanganligi, bir tomondan,
uni doimiy takomillashtirish ulkan moliyaviy resurslarni jalb qilishni talab qila
boshlaganligida ko‘rinsa, boshqa tomondan, uning iqtisodiyot rivojlanishiga
katta apparatlar yordamida gaz, neft va boshqa yerosti qazilma boyliklarini,
dengiz va okeanlardagi baliq zahiralarini topish, hisobga olish, dunyoning
turli chekkalari bilan bir zumda kosmik aloqa o‘rnatish imkoniyatlari paydo
bo‘lganligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Vaqt kosmonavtikaning jamiyat iqtisodiy
rivojlanishiga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlari tobora kengayib borayotganligini
ko‘rsatmoqda.
24
madaniyatshunOslik asOslaRi
Kosmonavtika taraqqiyoti ayni paytda harbiy qurol-aslahalar
takomillashuviga ham keskin ta’sir qildi, ommaviy qirg‘in qurollarini hatto
kosmosga olib chiqish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Kosmonav tikaning
muhim iqtisodiy va harbiy omilga aylanganligi uni xalqaro munosabatlar,
muzokaralarning muhim va doimiy obyektiga aylantirdi. Kosmosdan faqat
tinch maqsadlarda va umuminsoniy taraqqiyot yo‘lida foydalanish masalasi
kun sayin dolzarb masala bo‘lib bormoqda.
Tevarak olam sirlarini tushunishga intilish natijasida paydo bo‘lgan bilimlar
tizimi insoniyat rivojlanishining muhim omiliga aylanib ketganligi to‘g‘risidagi
bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
Madaniyat nafaqat tevarak olamni, balki insonni o‘rab turgan ijtimoiy
voqelikni bilishga intilish natijasi hamdir. Shu jihatdan olganda, madaniyat —
inson, millat, jamiyatning o‘z-o‘zini anglashidir. Chunki madaniyatda ijtimoiy
birliklarning ehtiyojlari va manfaatlari, o‘ziga xosliklari, jahon tarixida tutgan
o‘rni, turli ijtimoiy tuzumlarga bo‘lgan munosabati o‘z ifodasini topadi.
Albatta, u yoki bu hodisa sof madaniyat doirasi, chegarasidan chiqib tarixiy
taraqqiyotning elementiga aylanishi uchun ma’lum bir shart-sharoit mavjud
bo‘lishi kerak. Ya’ni, birinchidan, jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga
kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo‘lishi, ikkinchidan, uni tekshirib
ko‘rish, tasdiqlash yoki inkor etish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarga, ya’ni
— qurollar, vositalar, moddiy-moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi lozim. Aks
holda u hech qachon tarixiy rivojlanish elementiga aylanmay, ma’lum bir
madaniy-ma’rifiy hodisa sifatida qolib ketaverishi ham mumkin. Masalan, buyuk
bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning «g‘arbiy yarim sharda quruqlik bor»
degan fikrining taqdiri ana shunday yakun topdi. Jamiyatning bunday fikrlarni
qabul qilishga tayyor emasligi tufayli o‘sha paytda bu g‘oya o‘zining haqiqiy
bahosini topmadi. Oradan bir necha asr o‘tgandan so‘ng g‘arbiy yarim sharda
quruqlik — materik borligi isbotlanib, keyinchalik bu materik Amerika nomi
bilan yuritila boshlandi.
Bu hodisa insoniyatning o‘zi yashab turgan ona-zamin to‘g‘risidagi
tasavvurlarining butunlay o‘zgarishiga olib keldi. Ayni paytda, g‘arbiy yarim
sharning «o‘zlashtirilishi», garchand ziddiyatli kechgan bo‘lsa-da, uni yagona
insoniyat taraqqiyotining tarkibiy qismiga aylantirdi.
Madaniyatning bilish funksiyasi bilan axborot (informativ) funksiyasi uzviy
bog‘liqdir. Madaniyatning axborot funksiyasining mazmuni to‘plangan ijtimoiy
tajriba, bilim, malakani uzatishda ko‘rinadi. Bu tajriba, bilim rivoyatlar, aqidalar,
fan, adabiyot, san’at asarlari orqali yangi avlod tomonidan qabul qilib olinadi,
o‘zlashtiriladi. Bunday uzatish «vertikal», ya’ni o‘tmish avlodlardan yangi
avlodlarga va, «gorizontal», ya’ni ayni bir tarixiy davrda, kishilardan kishilarga,
bir xalqdan ikkinchi xalqqa uzatish ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.
|