22
madaniyatshunOslik asOslaRi
vorislik jarayonining roli katta ekanligini ko‘rsatish lozim. Bu jarayon madaniyat
rivojlanishidagi keyingi
bosqich xususiyatlarini, ko‘lamini asosli ravishda
belgilab beradi. Qadimgi, o‘rta asrlar, yangi
davr madaniyati yutuqlari
bo‘lmaganda va kishilar ularni ijobiy o‘zlashtirmaganda edi, madaniyat
rivojlanishining hozirgi darajasi ham yuzaga kelmagan bo‘lur edi. haqiqatan
ham,
Gippokrat, Ibn Sinoning tibbiy qarashlari, Aflotun, Arastu, Forobiy,
Gegel, Feyerbaxning falsafiy ta’limotlari, Pifagor, Xorazmiy, Beruniy, Ulug‘bek,
Brunoning tabiiy-ilmiy izlanishlari, Suqrot, Xayyom, F. Petrarka, Navoiy ning
o‘ziga xos, takrorlanmas gumanistik g‘oyalarisiz bu sohalardagi hozirgi zamon
yutuqlarini tasavvur ham qilish mumkin emas.
Ikkinchidan, turli madaniyat shakllarining o‘zaro ta’siri
ham umuman
madaniyat rivojlanishiga keskin ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan,
fanda erishilgan yutuqlar madaniyatning boshqa sohalarining rivojlanishini
tezlashtirishga xizmat qiladi. O‘rta asrlarda madaniyatning tarkibiy qismi
bo‘lgan dinning madaniyatning boshqa jabhalariga ko‘rsatgan ta’siri ham
fikrimizga dalil bo‘la oladi. Bu davrda, bir tomondan, din dunyoviy bilimlar,
qarashlar rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, o‘ziga xos
takrorlanmas diniy-falsafiy qarashlar, adabiyot va san’at asarlari yuzaga keldi.
Madaniyat rivojlanishi har bir tarixiy davrda, bosqichda hal qilinishi lozim
bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, texnik muammolardan tashqarida, ularning
ta’sirisiz sodir bo‘lishi mumkin emas. Madaniyat rivojlanishiga ta’sir qiladigan
tashqi omillar masalasiga kelganda, avvalo, jamiyat iqtisodiyotining, xalq
moddiy farovonligining, turmush darajasining roli katta ekanligini ta’kidlash
lozim.
Dastlab iqtisodiyotning rivojlanishi va aqliy mehnatning jismoniy
mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida ma’naviy
madaniyatning kamol
topganligini alohida ta’kidlamoq lozim. Bu ajralish umuman madaniyatning
shiddatli rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Jamiyat iqtisodiyotidagi
yuksalishlar hamma vaqt madaniyat taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar
yaratadiki, buni quyidagilarda yaqqol ko‘rish mumkin:
Birinchidan, bu rivojlanish ishlab chiqarish taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan
yangi obyektiv bilimlar rivojlanishini taqozo qiladi va unga turtki beradi.
Ikkinchidan, iqtisodiy yuksalishlar madaniyat, uning rivojlanishiga g‘amxo‘rlik
qilishning moddiy-moliyaviy asoslarini kengaytiradi. Iqtisodiy inqirozlar esa,
madaniyat rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi: madaniy dasturlarning qisqarishiga,
ilm-fan, adabiyot va san’atning ahvoli og‘irlashishiga olib keladi.
1
I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari
va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O‘zbekiston», 1997, 140-b.