Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda
psixologo-lingvistik asoslash zamonaviy pedagogik
tadqiqotlarga xos jihatlar
hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an'analari ruhida bajarilgan ushbu
tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega bo‘ladi, bola nutqining ob'yektiv
qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin va O.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan
holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni uchta yo‘nalishga ajratish
mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, gra
mmatik darajalarini shakllantirish), funksional (kommunikativ
faoliyatda tilni
egallash ko‘nikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy
anglashni shakllantirish).
«Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini
tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish
sohasida ishlash
uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib
chiqaradi.
Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu «u yaxlit bir
tizim sifatida mavjud bo‘lgan ko‘plab tashqi va ichki munosabatlar» (B.F.Lomov)
hodisasini o‘rganishda namoyon bo‘ladi. Nutq-til tizimi ko‘plab
aloqalarga
kirishadi, jumladan, ma'noni so‘zga aylantiradigan
hamda inson ongi va his-
hayajonlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa
(ya'ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar
chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashtiruvchi qurilma), muloqot va
ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar.
Dostları ilə paylaş: