O`zbekiston respublikasi oliy va o`ra maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti sirtqi bo`limi


Maktabgacha davrdagi kichik yosh (3 - 5 yosh)



Yüklə 348 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/11
tarix15.10.2023
ölçüsü348 Kb.
#155990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nutq rivojlantirish mustaqil ish

Maktabgacha davrdagi kichik yosh (3 - 5 yosh) 
Ikki yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan davr nutqiy rivojlanishdagi ahamiyatiga 
ko‘ra o‘ziga xosdir: ushbu davrda bola tilga, uning tovush va mazmun jihatlariga 
yuqori darajada beriluvchan bo‘ladi. Tilni boyitish muomalada va o‘z faoliyatida 
vujudga keladigan yangi vazifalar bilan rag‘batlantiriladi, va o‘z navbatida ularning 
yanada rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. 
Ushbu yoshda nutqning asosiy irsiy vazifasi - aloqa funksiyasi, ijtimoiy 
aloqalar va atrofdagilarga ta'siridan iborat. O‘yin faoliyatini rivojlantirish, 
predmetli-manipulyativ va individual syujetli-aks ettirish o‘yinlaridan birgalikda-
rolli, syujetli-rolli o‘yinga o‘tish munosabati bilan muloqotga yangi ehtiyoj paydo 
bo‘ladi, bu esa nutqiy faoliyatga qo‘shilishning yangi usullariga - fikr bildirishga - 
bola faoliyatiga oid vaziyat tuzilmasiga olib keladi. Fikr bildirishning yangi 
vazifaviy turlari: o‘z o‘yin faoliyatini sharhlovchi, sherik xulqini tartibga soluvchi, 
yakin harakatlarni rejalashtiruvchi va rollarni taqsimlovchi turlari paydo bo‘ladi. 
Bolalar jilmayish, kulgi, ifodali harakatlar, ko‘z urishtirishlar kabi 
kommunikatsiya vositalaridan foydalanadilar. Bunda nutq faoliyati odatda 
muvofiqlashtirilgan bo‘ladi. Bolalar bir-birining oldida ovoz chiqarib gapiradilar va 
ko‘pincha qo‘shnisining gapiga e'tibor bermaydilar. Tengdoshlar bilan dialogni 
rivojlantirish amaliy harakatlarni kelishib olish, sherik nutqiga mos tarzda javob 
berish va keyin esa fikrlarni kelishib olishda ifodalanadi. 


Maktabgacha davrdagi kichik yoshda vaziyatga asoslangan nutqning (faqat 
muayyan vaziyatga nisbatan tushunarli bo‘lgan) mutlaq hukmronligidan nutqning 
vaziyatli va matndan kelib chiquvchi (ko‘rgazmali vaziyatdan alohida 
tarzda)vositalarini mos tarzda qo‘llashga o‘tish ro‘y beradi. 
Ikki yoshga kelib fonematik tinglash qobiliyati yangi ko‘rinishda shakllanadi. 
Maktabgacha davrdagi kichik yoshda o‘z tovush talaffuzini eshitish va unga tuzatish 
kirita olish, so‘zdagi umumiy va turlicha tovushlarni ajrata olish (anglay olish) 
qobiliyati shakllanadi (3-4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan qatordagi bir xil tovushlarni 
eshita olish, berilgan tovushli 2-3 ta so‘zni tanlay olish, so‘zni berilgan tovushni 
ta'kidlab ko‘rsatgan holda talaffuz qilish, ajratib ko‘rsatilgan tovushni tinglash). 
Besh yoshga kelib esa tovush talaffuzini o‘zlashtirish asosan nihoyasiga yetadi. 
Talaffuzdagi faqat ayrim xatoliklar uchraydi: «sh»li so‘zlar har doim ham aniq 
aytilmaydi; «R» L bilan yoki L bilan; «L» esa L bilan almashtiriladi. 
Lug‘at atrof-muhitda o‘z yo‘lini to‘g‘ri topib olishning kengayishi tufayli 
boyib boradi. Bola yangi maishiy buyumlar, tabiat ob'yektlari, ijtimoiy hayot 
ko‘rinishlari bilan tanishadi va bir vaqtning o‘zida ularning nomlarini bilib oladi. 
Lug‘at nutqning turli qismlari nomlari (ot, fe'l, sifat), umumlashtiruvchi so‘zlar 
(o‘yinchoqlar, hayvonlar, sabzavotlar, mebellar va h.) va antonimlar (qarama-qarshi 
ma'noli so‘zlar) bilan to‘ldiriladi. 
Bola ko‘rgazmali vaziyatga qaramasdan so‘zlardan foydalanishni o‘rganadi. 
Buyumlar va hodisalar, ularning munosabati va aloqalari to‘g‘risida ko‘p sonli 
savollar 
beradi. 
Fe'llarning
faollashuvi katta ahamiyat kasb etadi. Fe'llardan foydalanish nutqqa sur'at baxsh 
etadi, bayoniy tusdagi qisqa matnlarning tug‘ilishi uchun sintaktik asos yaratadi. 
Nutqning grammatik qatorini shakllantirish lug‘atni rivojlantirish bilan uzviy 
bog‘liqdir. Bola har bir yangi so‘zni o‘zlashtirar ekan, uni to‘g‘ri o‘zgartirishni, 
gapdagi boshqa so‘zlarga moslashtirishni, ular o‘rtasida so‘z yasovchi 
qo‘shimchalar o‘rnatishni o‘rganadi (o‘rdak-o‘rdakcha, qant-qanddon). Oddiy gap 
tuzilmasi takomillashadi, turli toifadagi murakkab gaplar, bevosita va bilvosita 
nutqlar gaplar faol qo‘llaniladi. Bolalarni tilni tadqiq qilishning o‘ziga xos bolalar 
usulidan (tovushlar, qofiyalar, so‘z ijodkorligi o‘yinlari) foydalangan holda 
o‘rganadilar. So‘z bilan o‘ziga xos tarzda sinov o‘tkazish, tovush bilan o‘ynash, 


so‘z shakllarini «ushlab ko‘rish» bolalar tomonidan yasalgan, kattalar lug‘atida 
mavjud bo‘lmagan so‘zlar va shakllar sonining keskin oshishiga olib keladi. Bu 
qonuniy jarayon butun nutq rivojining borishi uchun o‘ta foydalidir. 
Nutqiy rivojlanishda individual farqlar doirasi keng. Ilk rivojlanish 
bosqichida bolalar kattalar bilan muloqotda tashabbuskor bo‘lib, ko‘p savollar 
beradilar (nima uchun, nega), tanish ertaklarni jon deb aytib beradilar, o‘yinlar 
to‘plami, suratlar bo‘yicha kichik hikoyalar to‘qiydilar, bilishga ishtiyoqmand 
ekanliklarini namoyish etadilar, quvnoq so‘zlar va qofiyalar o‘ylab topadilar. Ular 
tengdoshlari bilan birgalikdagi o‘yinlarda nutqni faol qo‘llaydilar. 
Nisbatan sust bolalar kattalar bilan muloqotda tashabbus ko‘rsatmaydilar, 
biroq ular kattalarning suratlarni ko‘rish, yangi o‘yinchoqlar bilan o‘ynash, uydagi 
ana shunday o‘yinchoqlar to‘g‘risidagi savollarga javob berish haqidagi takliflariga 
ishtiyoq bilan javob beradilar. Tengdoshlari bilan birgalikda o‘yinlarni yo‘lga 
qo‘yar ekanlar, bunday bolalar ko‘pincha muloqotning so‘zsiz vositalarini 
qo‘llaydilar. Ular pedagogni undash uchun tovushlar va so‘zlar bilan 
o‘ynaydilar(muammoli o‘yin vaziyatlarida). 

Yüklə 348 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin