Ilk yosh: 1-3
Ilk yoshdagi ijtimoiy rivojlanish vaziyati va uning genetik vazifasi. Bola
hayotining birinchi yili oxiriga kelib erishgan natijalari yangi ijtimoiy rivojlanish
vaziyatini qurishni talab qiladi. Bu bolaning katta odam bilan birgalikdagi
faoliyatiga oid vaziyatdir. Ushbu birgalikdagi faoliyat mazmuni - predmetlardan
foydalanishning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini o‘zlashtirishdan
iborat (bola qoshiq bilan ovqatlanishni, stakandan ichishni, rasm chizishni,
stulchaga o‘tirish va hokazolarni o‘rganadi).
Muloqot jadal rivojlanishda davom etadi, zero kattalar bilan bevosita
muloqotsiz premetli faoliyat mumkin emas. Predmetli faoliyat bilan bog‘liq
muloqot faqat emotsionalligicha qolmaydi, u nutqiy muloqotga aylanadi. Shunday
qilib, ilk yoshdagi bosh vazifa narsalardan foydalanishning insoniy usullarini
o‘zlashtirish va nutqni rivojlantirishdan iborat bo‘ladi.
Bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining ikkinchi yiliga kelib,
ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi) va dinamik xususiyatlarini, masofaviy
munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga ajratish va qismlardan butun
narsani yig‘ishni (piramida, matreshka kabi o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va
qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq, bola narsalar bilan qanchalik ko‘p
harakat qilmasin, u baribir ularni amalda qo‘llashning jamoatchilik tomonidan
ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat yeyiladi, bo‘tqa aralashtiriladi;
sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda
kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga
kattalar o‘rgatadilar.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z
faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy
vazifasi, ya'ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rin bosuvchi
narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq
nutqqacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli
narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o‘yinlarni («ku-ku», «shar
yumalatish» va boshq.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib
o‘tishga to‘g‘ri keladi.
Bola uchun katta yoshli odam - bitmas-tuganmas ijobiy emotsiyalar, qiziqarli
taassurotlar va borgan sayin so‘z muhim ahamiyatga ega bo‘lib boradigan o‘yinlar
manbai hisoblanadi. Kattalar bilan muloqotga kirishish, narsalar va o‘yinochqlarga
egalik qilishga intilarkan, bola ushbu maqsadlarga erishish uchun so‘zdan
foydalanish haqidagi chaqiriqqa javob beradi, ba'zida o‘zi tashabbus ko‘rsatib, fikr
bildiradi. Katta yoshli odam bola bilan dialogga kirishadi, bolaning bir so‘zli
fikrlarini grammatik jihatdan to‘liq shakllantirilgan iboraga aylanatirish orqali uning
«kamchiliklarini tuzatatadi» (Timur dadasining mashinasini ko‘rib qoldi: «Bi-bi,
dada». Ona: «Dadasining mashinasi. Ketdik, dadaga boramiz»).
Bola tilni faol o‘zlashtiradi. So‘z ortida turgan tasavvur yagona
o‘xshashlikdan («lyalya» - katta va kichik qo‘g‘irchoq) ko‘proq o‘xshatishlargacha,
keyinroq esa nisbatan aniq umumlashtirmalargacha («mol» so‘zidan sigir, qo‘y,
echki va ot-eshaklarni ifodalashda foydalanishdan boshlab keyinchalik «mol»
so‘zini faqat sigir va buzoqchalarga nisbatan qo‘llashgacha) rivojlanadi. Ayna bitta
so‘z yordamida ko‘p obrazli munosabatlar ifodalanadi («nanna» so‘zi bir vaqtning
o‘zida «bu non», «non so‘z zahirasi 30-40 ta so‘zni tashkil qiladi. Fikrlar asosan bir
tarkibli gaplardan iborat bo‘ladi. Bunda nonutqiy muloqot vositalari (ifodali harakat,
bevosita namoyish qilish, ko‘zlarning to‘qnashuvi, mimikalar, imo-ishoralar va
boshq.) hamon hukmron bo‘ladi. Bola maishiy vaziyatlar ma'nosini va ularda
qo‘llanilayotgan nutq mazmunini tushunib yetadi.
1 yoshu 6 oy - 2 yoshga kelib bolaning so‘z zahirasi 200-300 tagacha o‘sadi.
Uning fikrlari grammatik jihatdan rasmiylashtirilmagan ikki-uch tarkibli iboralardan
iborat bo‘ladi. Bola bilan katta yoshli odam bevosita muloqotga kirishgan vaziyatda
esa nutqiy muloqot yetakchi muloqot turiga aylanadi.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib nutq rivojlanishi ko‘proq keng qamrovli
vazifalar doirasida, eng avvalo katta yoshli yaqin qarindoshlari va bolalar bilan
munosabatga kirishish hamda ular bilan birgalikda harakat qilish (nutqning
kommunikativ vazifasi), atrof-olamni bilish (nutqning intellektual vazifasi) orqali
davom etadi. Bola nutqiy muloqotning asosiy shaklini - dialogik nutqni
o‘zlashtiradi. U tashabbus ko‘rsatib fikr bildirishni, savollar berishni, javob kutishni,
o‘zi ham savollarga javob berishni, atrofdagilarga iltimos va takliflar bilan murojaat
qilishni o‘rganadi.
Bola o‘z istak-xohishlari, hissiyotlari, fikrlarini ifodalash, kutilayotgan
natijalarga erishish uchun so‘zlardan foydalanadi. Biroq bola tomonidan
foydalanilayotgan so‘zlar fonetik jihatdan ancha nomukammal bo‘lib, u keng
qamrovli ma'nolarni anglatadi. So‘z va predmetli harakatlarni qo‘llash va ular bilan
mos ravishda harakat qilish orqali katta yoshli odam bola bilan o‘zaro bir-birini
tushunishni va uning tilini boyitishni yo‘lga qo‘yadi.
Bola tashabbus ko‘rsatish orqali muloqot sub'yekti, teng huquqli hamkor
sifatida chiqadi. O‘zini tushunishlariga intilish, o‘z istak-xohishlarining bajarilishiga
erishish bolani to‘g‘ri so‘zlashga majbur qiladi. Ushbu yoshda tengdoshlari bilan
muloqotga kirirish emotsional aloqa o‘rnatish va o‘z shaxsiga e'tiborni jalb qilishga
yordam beradi: bolalar bir-birlari bilan o‘ynash jarayonida o‘z harakatlarini nutq
bilan sharhlab boradilar, ammo hozircha ular bir-biriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuzlanib,
murojaat qilmaydilar.
Bola hayotining uchinchi yiliga kelib bolaning til muhitidagi faol
yo‘naltiruvchi faoliyati boshlanadi. Bu quvonchli kechinmalar ta'siri ostida vujudga
keladigan tovushlar bilan turli o‘yinlarda («shovqinli qo‘shiqlar») va oddiy so‘z
ijodkorligida («golf-molflar», «o‘yin-po‘yin» va boshq.) ko‘rinadi.
Qulay shart-sharoitlarda muloqotning uchinchi yiliga kelib bola kattalar bilan
muloqotda ko‘rgazmali-taassurotli vaziyatga tayanmagan holda o‘z tassurotlarini
nutqda ifodalay boshlaydi. Bolalar o‘zlari o‘qib chiqqan kitoblari, tinglagan
ertaklari va o‘zlarining ilgarigi tajribalari haqida («Mustaqillik» maydoniga,
hayvonot bog‘iga uyushtirilgan sayohat, Qorbobo sovg‘alari va boshqalar haqidagi
xotiralar) fikr bildira boshlaydilar.
Bola hayotining ikkinchi yilida nutqiy rivojlantirish v a z i f a l a r i : Nutqni
tushunish. Bolaga eng oddiy, uning o‘ziga tanish bo‘lgan maishiy vaziyatlar,
jarayonlar va o‘yin vaziyatlarini ochib beruvchi oson tushuniladigan so‘zlar va
oddiy iboralar zahirasini kengaytirish. Odamlar, xonadagi va undan tashqaridagi
narsalar, hayvonlar, o‘simliklar, uy-joylar va ularning vazifasini ifodalovchi so‘zlar
zahirasini asta-sekin kengaytirib borish.
Old ko‘makchilar va ravishlar yordamida ifoda qilinadigan vaziyatlarni
tushunishni (ikkinchi yarim yillikda), buyumlar sifati, ularning hajmi va rangini
belgilovchi so‘zlarni tushunishni shakllantirish.
Kattalarning mazmuniga ko‘ra bog‘langan 2-3 ta harakatdan iborat bo‘lgan
topshiriqlarini diqqat bilan tinglash, tushunish va bajarishni o‘rgatish («koptokni ol
va menga uzat»).
Faol nutq. Barcha rejimli vaziyat jarayonlarida ishonch bildirilgan his-
hayajonli muloqotni yo‘lga qo‘yish.
Bola imkoni bo‘lgan har qanday nutqiy ko‘rinishlar va vokallashuvlarning
paydo bo‘lishiga ko‘maklashish.
Imo-ishoralar va yuz ifodasi bilan bir qatorda istak-hohishlarni ifodalash va
atrofdagilar bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan
so‘zlardan foydalanishga; turli sabablar bilan kattalar va bolalarga murojaat qilish:
savol berishga; ko‘rganlarini bir nechta so‘zlarda hikoya qilib berishni o‘rganishga
(yil oxirida) undash.
Bolalarning kishilarni ularning yoshi va jinsiga mos holda belgilovchi
so‘zlardan, xonadagi va xonadan tashqaridagi buyumlardan, ayrim hayvonlardan va
o‘simliklardan, atrofdagi kishilar va hayvonlar harakatlaridan, notirik va tirik
ob'yektlardan, ayrim mehnat harakatlaridan foydalanishlari uchun tegishli holatni
vujudga keltirish.
Dostları ilə paylaş: |