Dastavval «nutq» tushunchasiga murojaat qilamiz.
Nutqqa nisbatan ilmiy tadqiqot
ob'yekti sifatidagi umumiy yondashuvlarni
tahlil qilish psixik rivojlanishning barcha jihatlarini tushunish uchun o‘rganilishi
favqulodda muhim bo‘lgan ushbu hodisaning o‘ta murakkabligi va ko‘p qirraliligi
haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. «Nutq o‘ziga xos faoliyat sifatida boshqa
faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida
markaziy o‘rinni egallaydi…» (A.N.Leontyev).
Tilni turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash
orqali nutqning ilmiy o‘rganish ob'yekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish
mumkin.
N u t q
- bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev).
Sub'yektning
nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til
va nutqni o‘z ichiga oladi.
N u t q -
bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o‘zaro muayyan
hamkorligi
sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxs
mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq
ijtimoiy mulki hodisasidir.
Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq
semantikasi
masalasi
birinchi
o‘ringa
qo‘yilishi
(T.N.Ushakova,
A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo‘yicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib
borayotganligi haqida so‘z yuritish imkonini beradi.
Nutqiy faoliyat mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologik tadqiqotlar
fanning qiziqarli va istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Birinchi bo‘lib ushbu
muammoni N.I.Jitkin ko‘tarib chiqqan. Uning qayd etishicha, «nutq mexanizmi - bu
jonli, moslashuvchan va doimo takomillashib boradigan mexanizmdir».
Nutqiy faoliyat mexanizmlarini tahlil qilishda olimlar bir tomondan,
N.I.Jitkin konsepsiyasiga, ikkinchi tomondan, mexanizmlarni nutqiy faoliyat
bosqichlari bilan taqqoslagan holda insoning nutqiy xulq-atvoriga nisbatan faoliyat
nuqtai-nazaridan yondashishga oid asosiy qoidalarga asoslanadilar.
So‘nggi o‘n yillikda lingvistlar, psixologlar tomonidan «til qobiliyati»
muammosi qizg‘in muhokama qilinmoqda, bunda til qobiliyati deganda «til tizimini
o‘zlashtirishda ko‘nikma va mahoratlarni tezlik bilan shakllantirishga yordam
beradigan individual xususiyatlar» tushuniladi (F.De Sossyur, L.V.Sherba, J.Grin,
M.K.Kabardov, V.I.Markova va boshq.).
Nutqni psixologik tadqiq qilishning istiqbolli vazifasi sifatida inson nutqiy
qobiliyatining konseptual modelini qurish psixologik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi
(T.N.Ushakova). Modelda quyidagi hodisalar o‘z izohini topishi lozim: nutq
yordamida mulohaza qilingan fikrni uzatish (ya'ni, nutqiy semantika muammosi),
bunda grammatik qoidalardan foydalanish (ya'ni, tilni ishga tushirish), akustik
kanalni ishga tushirish, muloqot va ijtimoiy aloqa sifatida nutqni qo‘llash, ushbu
barcha operatsiyalarni miya harakatlari bilan muvofiqlashtirgan holda bayon qilish
imkoniyatining mavjudligi.
Nutqni tushunish borasida yuqorida bayon qilingan fikrlar va tavsiflardan
kelib chiqqan holda
«
Nutqni rivojlantirish» tushunchasiga murojaat qilamiz.
«Nutqni rivojlantirish - bu oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tishdan iborat
bo‘lgan o‘zgarish; miqdoriy o‘zgarishlarning asta-sekin yig‘ilishi sifat
o‘zgarishlarining yuz berishiga olib keladigan jarayondir».
Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar
maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta'lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin
tutadi. Ushbu ishning m a q s a d i quyidagilardan iborat: - bolalarga nutqiy
muloqotning muhim shakli - og‘zaki nutqni adabiy til me'yorlariga muvofiq holda
egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish.
Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi
Bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;
Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;
Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish;
Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish;
Ravon nutqni rivojlantirish;
Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash;
Savod o‘rganishga tayyorlash.
Nutq va muloqot masalalarini, maktabgacha davrdagi bolalikning barcha
yosh bosqichlarida ushbu yo‘nalishdagi pedagogik ishlardan ko‘zda tutilgan
vazifalarni batafsil ko‘rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |