O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə5/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

I Bo’lim
Individlar ekologiyasi


§1. Biosfera. Organizmlar va muhitning o’zaro ta’sir etish qonuniyatlari.
Reja:
1. Yer sayyorasida tirik organizmlarning tarqalish chegaralari.
2. Tirik organizmlarning asosiy guruhlari. O’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar.
3. Hayvonlarning turlar miqdori va ularning tiplar bo’yicha taqsimlanishi.
4. Yashash muhiti va undagi omillar. Abiotik, biotik va antropogen omillar.

1. Biosfera. Yer sayyorasining tashqi qismlari (atmosfera, gidrosfera, litosfera) da tarqalgan va uning dastlabki holatini o’zgartirgan tirik organizmlar yashovchi qobig’i biosfera deyiladi. Biosfera havo qobig’inining pastki troposfera qismini, deyarli butun gidrosferani va litosferaning ustki qismini o’z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda Yerda hayotning paydo bo’lganiga qariyb 2-2,5 mlrd yil bo’lgan deb hisoblashadi. Yerning suv va quruqlik qismlari o’z organizmlariga ega bo’lsa, faqat havoda hayot kechiruvchi hamda litosfera va gidrosfera bilan bog’lanmagan organizmlar umuman yo’q. Lekin shunday bo’lsa ham ayrim tirik organizmlarning vakillari havoda ma’lum vaqt davomida aktiv yoki passiv holda hayot kechirishi mumkin. Lekin ular oqibatda yer betiga yoki suvga oziqlanish uchun (dam olish va hokazolar) tushishga majburdir.


Biosferaning eng ustki chegarasi 10-15 km balandlikdan iborat. Bunday balandda tirik organizmlarning ayrim vakillari, jumladan, bakteriyalar, zamburug’ sporalari, bir hujayrali hayvonlarning spora va sistalari topilgan. Aslida biosferaning maksimal eng yuqori chegarasi ozon qatlami hisoblanib, u tirik organizmlarga salbiy ta’sir etuvchi ultrabinafsha va kosmik nurlardan himoya qiladi. Ozon qatlami okean sathidan 20-50 km balandda joylashgan.
Quruqlikda yashovchi organizmlar Yer sathidan havoga 50-100 m.dan balandga ko’tarilmaydi. Lekin ushbu balandlikdan yana yuqori ko’tarilgan sari organizmlar soni keskin kamaya boradi va 1 km dan so’ng ular deyarli uchramaydi. Shunday bo’lsa ham ayrim qushlarning ko’chib o’tishi 1000-3000 m balandlikda, ayrim hasharotlar shamol bilan 4-5 km balandga, Markaziy Osiyoning 4-5 km balandlikka ega bo’lgan tog’ cho’qqilarida anchagina turdagi o’simlik va hayvonlarni uchratish mumkin. Shuningdek, 8,2 km balandlikka ega bo’lgan Everest tog’ cho’qqisida Alp zog’chasi uchragan.
Litosferaning 2-3 km chuqurligida joylashgan neft konlaridagi suvda mikroorganizmlar topilgan. Ko’p yillik daraxtlarning ildiz sistemasi 8-10 m. chuqurlikka yetib boradi. Ayrim kemiruvchilar (yumronqoziq va sug’ur)ning inlari 6-7 m. chuqurlikkacha tushib boradi. Termitlarniki 5-6 m, tuproq nematodalari 8 metrgacha tushib boradi. Lekin aksariyat organizmlarning turlari, asosan 1 m. gacha chuqurlikda joylashgan. Tirik organizmlarning ayrim turlari gidrosferaning maksimal chuqurligida (11 km) yashashga moslashgan. Masalan, pogonoforalar bunga misol bo’ladi. Ushbu hayvonlar 1951-56 yillarda tinch okeanining Tuskaror pastligida tashkil qilingan ekspedisiya (Zenkevich) tufayli topilgan.
Gidrosferaning ancha chuqur qatlamlarida ko’pincha o’limtikxo’r, chirindixo’r (detritofag) va yirtqich organizmlar uchraydi.
Suv o’simliklari va fitofag suv hayvonlarining aksariyati, asosan, 300-500 metr chuqurlikkacha tushib boradi. Lekin ayrim kuchli sho’rlangan (23-32% li tuzli) suv havzalarida organizmlar uchramaydi. Masalan, Armanistondagi tuz ko’li (32% tuz) suvida tirik organizmlar yashamaydi. Shuningdek, vodorod sulfid (H2S), karbonat angidrid (SO2) va boshqa zaharli moddalar bilan zaharlangan suvlarda ham tirik organizmlar (Microspira bakteriyasidan tashqari) deyarli uchramaydi. Shuni alohida qayd qilish kerakki, tirik organizmlarning asosiy ko’pchiligi uchta qatlam, ya’ni atmosfera, gidrosfera va litosferalar bir-biriga tegib turadigan joyda uchraydi.
Hozirgi kunda tirik organizmlarni uch olamga, ya’ni hayvonlar, o’simliklar va mikroorganizmlarga bo’lib o’rganish qabul qilingan. Ushbu organizmlar turli-tumanliligi bilan ajralib turadi. Masalan, hozirgi taxminiy hisoblarga ko’ra hayvonlarning ikki milionga yaqin turi mavjud bo’lib, ular bir hujayrali va ko’p hujayralilar kichik olamlariga ajratiladi. Bir hujayrali hayvonlarga Sarkomastigoforalar (20 ming tur), Sporalilar (4000 tur), Miksosporidiyalar (1000 tur) Mikrosporidiyalar (1000 tur), Infuzoriyalar (8000 tur) mansub bo’lsa, ko’p hujayralilarga esa G’ovaktanlilar (bulutsimonlar) (5000 tur), Kovakichlilar (bo’shliqichlilar) (9000 tur), Chuvalchanglar (55000 tur), Yumshoqtanlilar (mollyuskalar) (150000 tur), Bo’g’imoyoqlilar (1300000 tur), Ninatanlilar (6000 tur), Xordalilar (40000 tur) kiradi.
Ushbu ro’yxatga yana turlari nisbatan kam bo’lgan hayvonlarni, jumladan, Xartumboshlilar, Onixoforalar, Paypaslagichlilar, Pogonoforalar, Yarimxordalilarni ham kiritish lozim. Umuman olganda, tilga olingan barcha hayvonlar Yerda doimo bo’lib turadigan moddalar va energiya almashinuvi jarayonida faol ishtirok etishadi va ma’lum bir guruh va tipga kiruvchi turlarning moddalar va energiya almashinuvi zanjirida o’z o’rniga egadir.
Biosferada tarqalgan tirik organizmlar Yer sayyorasi og’irligining 0,01% ni tashkil etsa ham ular atmosferada kislorod zahirasini saqlab turadi va tirik organizmlarning asosini tashkil etuvchi uglerod, azot va boshqa mikroelementlar bilan ta’minlab turadi.



Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin