O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti


-rasm. Energetika tizimi sutkali yuklanish grafigi



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 9.4-rasm. Energetika tizimi sutkali yuklanish grafigi 


217 
9.3. Kichik GES lar turlari 
Kichik GES larning yuqorida keltirilgan afzalliklaridan tashqari 
yana bir bir yaxshi xususiyati – ularni ham baza rejimida, ham zahira 
rejimida ishlatish mumkin ekanligidir.
Gidro elektr stanstiyalar ishlab chiqarayotgan quvvati miqdoriga 
ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
-
quvvatli GES lar - o’rnatilgan quvvati 25 MVt va undan katta;
-
o’rta quvvatli - 25 MVt gacha; - kichik GES lar - 5 MVt gacha.
GES larning quvvatlari suv bosimi va generatorning f.i.k. ga 
bevosita bog’liq. Tabiat qonunlariga muvofiq, yil fasillari o’zgarishi 
va boshqa bir qator omillarga ko’ra, suvning sathi doimo o’zgarib 
turishi sababli, gidro elektr stanstiya quvvati sifatida quvvatning stiklli 
qiymati qabul qilingan. Masalan, gidro elektr stanstiyaning yillik, 
oylik, haftalik yoki sutkali ishlash stikllari qabul qilingan.
Hozirgi kunga kelib kichik gidro elektr stanstiyalarning barcha 
mamlakatlar uchun mos bo’lgan ta’rifi yo’q. O’zbekistonda 
mikroelektr stanstiyalar sirasiga o’rnatilgan quvvati 30 MVt dan kam 
bo’lgan GES lari kiradi. Rossiyada kichik GES lar qatoriga quvvati 
0,2 MVt dan 5 MVt gacha bo’lgan mini-GES lar va quvvati 0,2 MVt 
gacha bo’lgan mikro-GES lar [9] kirsa, bir yilda (1982) ishlab 
chiqargan elektr energiyasining 99% ni [1] GES lar yordamida olgan 
Norvegiyada kichik gidroenergetika quyidagi toifalarga bo’linadi: 
mikro-GES - 0,1 MVt gacha; mini-GES lar 0,1 -1,0 MVT. Jahon 
banki kichik gidro elektr stanstiyalar toifasiga quvvati 10 MVt dan 
kam bo’lgan stanstiyalar kiritadi. Bugungi kunda gidro energetikani 
quyidagicha toifalashga keng e’tibor berilmoqda: 1,0 MVt gacha 
mikro-GES lar; 1,0 MVt dan 10 MVt gacha quvvatga ega bo’lgan 
stanstiyalar kichik GES lar [1].
Tog’liklarda joylashgan sharqiy qo’shni davlatlardagidan farqli 
ravida, O’zbekiston hududida, katta daryolar nisbatan tekis erlarda 
oqib o’tadi. Shu sababli, ularda katta quvvatli GES lar qurish 
imkoniyati kam. Biroq, o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki [1], 
davlatimiz hududining gidro energetik potenstiali 4 GVt dan yuqori 
ekan. Bu esa bizning hududda na faqat o’rta quvvatli GES larni 
qurish, montaj qilish va ishlatish mumkin ekan, balki kichik (mini-) va 
mikroGESlardan ham foydalanishning keng imkoniyatlari mavjud 
ekanligini bildiradi. Bunga misol sifatida davlatimizda kelajak ikki yil 
mobaynida kichik GES lar qurilishini rejalashtirilishini keltirish 


218 
mumkin. Davlatimizning bunday katta gidroenergetik potenstiali 
tog’li viloyatlarning kichik daryolarida minglab mini- va mikro-
GESlarni o’rnatish imkoniyatini beradi. O’zbekiston olimlari 
tomonidan yaratilgan arzon va amaldagi elektr tarmog’iga ulashning 
oson usulini qo’llab ishlatiladigan mini- va mikro-GESlarni xalq 
xo’jaligi va tadbirkorlarning korxonalarida ishlab chiqarilishni va 
sotishni yo’lga qo’yish taklif etildi.
Ushbu masalaning mohiyati shundaki, hozirgi kungacha mini- va 
mikro-GES lar, aksariyat, avtonom rejimda ishlash uchun 
mo’ljallangan bo’lib, taklif etilayotgan qurilmalar esa, zarur bo’lganda 
avtonom rejimda ishlatilishi mumkin, GES egasida elektr energiyaga 
bo’lgan ehtiyoj kamayishi bilan uni oson yo’l bilan tarmoqqa ulash 
mumkin. Natijada xususiy tadbirkorlar mini- va mikro-GES larni sotib 
olib, o’z xususiy korxonalarida o’rnatib, elektr energiyasiga bo’lgan 
o’z ehtiyojlarini qondiradilar, qolgan elektr energiyani esa tarmoqqa 
uzatib, elektr energiyani taqsimlovchi korxonalarga sotishni yo’lga 
qo’yish ishlari yuqori samara berishi aniq.
Kichik GES lar to’g’onli va tez oqar suvlarda to’g’onsiz usulida 
qurilishi (o’rnatilishi) mumkin.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin