O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

9.3-rasm. GES ishlashi struktura 
sxemasi: T
–turbina, 
N
–nazorat va 
boshqarish qurilmasi; 
U
–tishli 
uzatish; 
G
-generator.


215 
(aylanuvchi) mexanik energiyaga o’zgartirish oson.
Gidro elektr stanstiyalar jihozlari etarli darajada puxta ishlab 
chiqarilgan bo’lib, nisbatan oddiy va ishonchlidir. GES lar elektr 
energiya ishlab chiqarishi jarayonida (issiqlik elektr stanstiyalaridan 
farqli 
ravishda) 
hech 
qanday 
issiqlik 
(yonish 
jarayonlari) 
bo’lmaganligi sababli, jihozlarini ishlatish muddatlari davomli bo’lib, 
ishdan chiqish vaziyatlari juda kam uchraydi. GES larni ishlatish 
muddati - 50 yildan ko’proqdir. Yurtimizda gidroenergetika gurkirab 
rivojlanishining birinchi davri - XX asr 20-50 yillarida - qurilgan 
stanstiyalar hali-hanuz ishlab turibdi.
GES larning barcha ishchi jarayonlarini markaziy boshqarish 
punkti orqali masofadan boshqarish va nazorat qilish imkoni 
bo’lganligi sababli, bevosita ish joyida texnik personalning kichik 
guruhi bo’lishi etarlidir. Hozirgi kunda kichik va katta quvvatli (1 kVt 
dan birnecha yuz mVt li) gidro elektr stanstiyalarni ekspluatastiya 
qilish bo’yicha katta tajribalar mujassamlangan.
Barcha iste’molchi yuklanishlari (quvvatlari) yig’indisining sutka 
soatlariga bog’liqligini ko’rsatuvchi grafik 9.4 rasmda ko’rsatilgan. 
Barcha elektr energetika tizimlari singari, O’zbekiston energetika 
tizimida ham iste’molchi quvvati o’zgarib turishining maksimal va 
minimal qiymatlari mavjud ekan. Energetika tizimining yuklanish 
grafigi (qisqacha: sutkali yuklanish grafigi) dan shuni ko’rish 
mumkinki, sutka davomida istemolchi olayotgan umumiy quvvat 
bilan energiya ishlab chiqaruvchi barcha elektr stanstiyalar umumiy 
quvvatlari doimo teng bo’lishini ta’minlash uchun, GES lar energiya 
ko’proq zarur bo’lgan sutkaning ma’lum vaqtlarida ishga tushirilishi 
va qolgan vaqtlarda tarmoqdan uzilishi kerak ekan [4]. Albatta, GES 
larning yuklanish grafigini tezkorlikda «tekislash» imkoniyatlari 
issiqlik elektr stanstiyalariga nisbatan katta samaraga ega.
9.4-rasmda: 
R
baz 
– tungi quvvat pasayuvi (proval) yoki barcha 
stanstiyalar beto’xtov ishlashi lozim bo’lgan generatorlari quvvati 
yig’indisi; 
P
min
– istemolchi yuklanishining kunduzgi pasayuvi; 
P
max
– 
yuklanishning kechqurungi maksimumi; 
P’
max
– yuklanishning 
ertalabgi maksimumi; 
P’
var
=
 
(
P
max
-
R
baz
) – zahiradagi generatorlar 
maksimal quvvati; 
P
var
= (
P’
max
-
R
baz
) – zahira generatorlarining 
minimal quvvati.


216 
Ushbu rasmdan 
shuni 
anglash 
mumkinki, 
iste’molchini 
uzluksiz 
elektr 
energiya 
bilan 
ta’minlash uchun 
elektr 
stanstiyalarda 
doimiy 
zahira 
generatorlari 
bo’lishi shart va 
bu 
zahira 
har 
onda 
ishga 
tushirishga shay bo’lishini ta’minlash shart. Elektr energetika 
tizimlarida bunday zahiralar sifatida, aksariyat, gidro elektr stanstiya 
generatoridan foydalaniladi. Chunki issiqlik elektr stanstiyasidagi 
(IES) generatorni ishga tushirish, GES lar generatorini ishga 
tushirishga nisbatan vaqt bo’yicha ancha muddat talab etadi.
Biroq, bizning hududda GES lar vegitastion rejimda ishlashi 
zarur, chunki sug’orishga mo’ljallangan to’g’onlar suvini har onda 
chiqarib yuborish, qishloq xo’jaligiga negativ ta’sir ko’rsatadi. Shu 
sababli, zahira generatorlari IES larida bo’lishi zarurligi qabul 
qilingan. IES da generator zahirasining ikki rejimlari mavjud. 
Birinchisi - «sovuq zahira», ya’ni IES qozonxona va turbinasi ishga 
tushirishga tayyor, ammo o’txona yoqimagan va turbina generator 
valini aylantirmayapti. Ularni ishga tushirish uchun birnecha soatlar 
ketadi. Ikkinchisi - «issiq zahira» bo’lib, IES qozonxonasi ishga 
tushirilgan 
va 
turbina 
generator 
valini 
nominal 
tezlikda 
aylantirayotgan bo’ladi. Tarmoq quvvatini oshirish zarur bo’lgan 
ondayoq, generator chulg’amlari ishga tushirilib, tarmoqqa elektr 
energiya uzatila boshlaydi.
Demak, sutka davomida bir xil tezlikda oqadigan tog’ zonasi 
daryolarida o’rnatilgan kichik GES lar yuklanish grafigining baza
rejimida ishlatilgani ko’proq samara berishi ayon.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin