O’zbеkistоn rеspublikasi оliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi buхоrо davlat univеrsitеti



Yüklə 5,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/160
tarix14.08.2023
ölçüsü5,44 Mb.
#139358
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari

 
9.10-rasm. Suv bosimi


227 
Yopiq turdagi suv o’tkazgichlardagi ishqalanish yo’qotishlari 
uchun quyidagilar qabul qilinadi:
1.
Po’lat quvur uchun 0,885 (
a
), 1,8 (
n
), 1,17 (
m
);
2.
Beton quvur uchun 0,917 (
a
), 2,0 (
n
), 1,25 (
m
).
Berk tundagi suv o’tkazgichlarda ishqalanish yo’qotishlari uchun 
Darsi-Veysbax tenglamasini qo’llash tavsiya etiladi:


2
hishkal 

4

2

, m,
(9.6) 
bunda 
R
– gidravlik radius, m; 
V
– suv oqimining o’rtacha tezligi, 
m/s; 

– koeffistienti (gidrogeologik jadvallarda keltirilgan, suv 
keltirgich yuzasining notekisliga va Reynolds doimiysiga bog’liq 
bo’lgan o’lchov birligisiz qiymat).
Suv keltirgichdagi qo’shimcha va hududiy quvvat yo’qotishlari 
quyidagi ifoda yordamida aniqlanadi:


h
Kushimcha 

2

,
m.
(9.7) 
Koeffistient 
X
ning qiymatlari gidravlik qarshiliklar (egilish, 
torayishlar va h.k. lardagi yo’qotishlar) bo’yicha ma’lumotnomalarda 
keltirilgan. gidroagregat quvvatini aniqlash va gidro elektr 
stanstiyalarni loyihalashda hududning iqlimiy xususiyatlari va gidro 
energetik resurslar sohasidagi qonunchiligini o’rganish darkor. 
Masalan, bosimli quvur o’tkazgich tizimlarini qo’llaganda, elektr 
energiya ishlab chiqarish imkoniyati faqat irmoq ochilgan holatda 
mavjud, shu sababli, baland tog’li hududlarda suv muzlashi davrining 
boshlang’ich va tugash sanalari haqida ma’lumot bo’lishi shart. 
Dunyoning ko’pgina davlatlarida daryo o’zanlaridan foydalanish 
masalalarini qat’iy boshqarib boriladi. Daryo o’zanlari yoki 
qirg’oqlaridagi har qanday o’zgartirishlar, u qaysi davlat yoki xususiy 
shaxs hududiga qarashli bo’lishidan qat’iy nazar, butun daryo bo’ylab 
suvning sifati, sathi va tirik jonzotning yashash muhitiga katta ta’sir 
o’tkazishi mumkin. Shu sababli, mikro-GES qurish joyini tanlashda 
mavjud minimal suv oqimining ko’pi bilan 10% dan foydalanishga 
harakat qilish kerak.
Gidroagregatning 
turi va quvvatini tanlashda ko’pgina 
kompaniyalar mutaxassislari energiya manbaini ishlatish bo’yicha 
to’liq ma’lumotlardan foydalanishni maslahat berishadi. Ma’lumotlar 
gidroenergetik kadastrdan (daryoning o’rtacha sathi, suv oqimining 
yozgi o’rtacha sarfi, suv oqimining yozgi o’rtacha tezligi) yoki 
ma’lum suv bosimini aniqlash (shovun) va sarflash (to’g’onlar) 


228 
usullardan foydalanib qo’lda bajarilgan o’lchovlar asosida aniqlanishi 
mumkin.
Qo’lda bajarilgan o’lchovlar usuli doimi o’lchov xatoliklariga ega 
va, aksariyat, quvvati 10 kVt dan katta bo’lmagan mikro-GES lar 
uchun joy tanlashda ishlatiladi.

Yüklə 5,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   160




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin